🔍

Article

MAMLAKATIMIZNI MODERNIZATSIYA QILISH VA JAMIYATNI DEMOKRATLASHTIRISH JARAYONIDA. Siyosiy partiyalarning o‘rni mustahkamlanmoqda

By Mehribon Mametova, O‘zA muxbiri. • in 2014

Tadbir $$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi$$ tomonidan $$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, EXHT loyihalari koordinatori­ning O‘zbekistondagi ofisi va $$[K. Adenauer] nomidagi jamg‘arma$$ (GFR), «Milliy demokratiya instituti» (AQSH) nodavlat tashkilotining vakolatxonalari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda mamlakatimiz parlamenti quyi palatasi deputatlari, davlat tuzilmalari, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarning o‘tkazilishidan maqsad ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda siyosiy partiyalar rolini yanada kuchaytirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va jamiyatni demokratlashtirish jarayonida ularning ishtirokini kengaytirish hamda tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda mamlakatimizda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini yanada takomillashtirish, parlamentning huquq va vakolatlarini kengaytirishga doir amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, Vazirlar Mahkamasi mas’uliyatini kuchaytirish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazorati samaradorligini oshirish ko‘ppartiyali tizimning rivojlanish darajasiga bog‘liq ekani ta’kidlandi.

Zamonaviy dunyoda demokratiya aholi turli qatlamlarining ijtimoiy manfaatlarini ifoda etadigan ko‘plab siyosiy partiyalardir. Shu bois O‘zbekistonda Prezidentimiz [Islom Karimov]ning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy islohotlarning asosiy maqsadi ko‘ppartiyali tizimdek zamonaviy demokratiya institutini rivojlantirish hamda mustahkamlashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida», «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari aholi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etadigan partiyalar hamda jamoat birlashmalarini tashkil etish, erkin rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi.
Seminar qatnashchilari partiyalar O‘zbekistonda yaratilgan qonunchilik bazasiga tayanib, jamiyatdagi tub o‘zgarishlarning hal qiluvchi va samarali kuchiga aylanib borayotganini ta’kidladilar. O‘tgan davr mobaynida partiyalar muayyan amaliy tajriba to‘pladi va siyosiy nufuzga ega bo‘ldi.
– $$O‘zbekiston$$ qisqa vaqt ichida ko‘ppartiyali tizimni rivojlantirish yo‘lida muayyan yutuqlarga erishdi, – dedi [Tyuringiya] federal yeri sobiq bosh vaziri, [K. Adenauer] nomidagi jamg‘arma markaziy boshqaruvi a’zosi [Diter Altxaus] (GFR). Mamlakatingizda bir qancha siyosiy partiyalarning faoliyat ko‘rsatayotgani e’tiborga loyiqdir. Ularning har biri faol rivojlanib, o‘z a’zolari va tarafdorlari safini kengaytirmoqda, hokimiyat vakillik organlari ishlarida ishtirok etmoqda. Bu ko‘ppartiyali tizimni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning har tomonlama puxta o‘ylangani, siyosiy partiyalar faoliyatini ta’minlaydigan siyosiy-huquqiy choralar­ning nechog‘li to‘g‘riligi, ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgani, saylovchilar va aholi tomonidan e’tirof etilayotganining yorqin isbotidir.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishga doir ishlar xorijiy ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur konsepsiya O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirishning yangi bosqichini boshlab berdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlarning keng ko‘lamli dasturi kelajakdagi maqsadlar bilan bog‘liq shunchaki deklaratsiya emas, balki muayyan chora-tadbirlar tizimidir. Shu nuqtai nazardan, seminar qatnashchilari davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim mod-dalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)»gi qonun davlat boshqaruvi sohasidagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda katta ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Seminarda demokratlashtirish izchil va muntazam rivojlanadigan jarayon bo‘lib, xalq hokimiyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlament demokratiyasi institutlarida siyosiy partiyalar vakilligi uchun huquqiy maydonni kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, yangi konstitutsiyaviy normalar O‘zbekistonning qonun ustuvorligi, amaliy kuchga ega hokimiyat va kuchli fuqarolik jamiyati kabi an’anaviy ustunlarga tayanuvchi rivojlangan demokratik mamlakatlar safiga qo‘shilishdek asosiy strategik maqsadga bosqichma-bosqich erishishda muhim qadam ekani qayd etildi.
– O‘zbekistonda parlament tizimi jadal rivojlanmoqda, – dedi $$Jorj Vashington universiteti$$ning $$Elliot nomidagi xalqaro munosabatlar maktabi$$ professori [Shon Roberts] (AQSH). Bu mamlakatingiz zamonaviy parlament tizimini shakllantirishga naqadar jiddiy munosabatda bo‘layotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Jamiyatni erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar taraqqiyotga erishish va aholi turmush darajasini oshirishga yordam beradi, fuqarolarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Xorijiy ishtirokchilarning fikricha, O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyotning qisqa davrida parlamentarizmning boy tajribasi to‘plangan. Bu esa, o‘z navbatida, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, davlat mexanizmining samarali ishlashini ta’minlashga ko‘maklashmoqda. Bu borada amalga oshirilgan islohotlar boshqa ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘lishi mumkin.
Parlamentarizmni rivojlantirishdagi islohotlar milliy ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot xususiyatlari va xalqaro huquq standartlari inobatga olingan holda, O‘zbekiston xalqining tajribasi, boy tarixiy va madaniy merosi, qadriyatlari va an’analari asosida amalga oshirilmoqda, – dedi Yevropa xalqaro munosabatlar institutining geosiyosiy tadqiqotlar bo‘yicha direktori [Per-Emmanuyel Tomani] (Belgiya). Mamlakatingizda bunday kompleks yondashuv samarasida takomillashtirilgan hokimiyat vakillik organlari tizimi rivojlangan va demokratik davlatlardagi shunday tizimlardan nafaqat qolishmaydi, balki qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha ulardan ustun hamdir.
Faol muloqot ruhida o‘tgan muhokama yakunlariga ko‘ra, xalqaro seminar qatnashchilari O‘zbekistondagi demokratik islohotlar ijobiy samara berayotganligi haqida yakdil fikr bildirdi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining amalga oshirilishi hayotimizning barcha jabhalarini demokratlashtirishni davom ettirish va dunyoning ko‘plab davlatlari uchun mamlakatni demokratiya tamoyillari asosida samarali isloh etish va modernizatsiya qilishda namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi ta’kidlandi.

Total words

742

Unique words

472

Annotated anthroponyms

7

Toponyms

6

TTR

0.636

Hapax

340

Distribution

Top frequency chart

Dataset