Tahririyatimizga telefon qo‘ng‘irogi bo‘ldi. O‘zini Nodira deb tanishtirgan ayol kechinmalarini aytib berdi. O‘g‘lim 7 yoshda. Uning 3 yoshdan boshlab tomog‘i og‘rib, bo‘g‘ilib qolardi. Nafasi qisardi. Yo‘talardi. Ishonasizmi, olib bormagan shifoxonam, ko‘rsatmagan do‘xtirim qolmadi. Lekin muolajalar vaqtinchalik ta’sir qilar edi. Yilning 5-6 oyini shifoxonada o‘tkazardim. Uchragan shifokorlarim «o‘g‘ling shamollagan», deya eng kuchli antibiotiklar, hatto hormonlar buyurishardi. Shu vaqt davomida o‘g‘lim uchun ancha mablag‘ sarflab qo‘ydim. Ammo buning natijasi ko‘rinmasdi. Bir tanishimning maslahat bilan doktor [Salimov] klinikasiga keldim. Davolanishni boshlaganimizdan so‘ng bolamning ahvoli yaxshilandi. Va tushundimki, biz shu paytgacha noto‘g‘ri davolanganmiz. Sizlarga telefon qilishimdan maqsad doktor [Salimov] klinikasi va u yerda qo‘llanilayotgan davo usullari haqida maqola bersangizlar. Bu men kabi qiynalib, adashib yurganlarga asqotar, deb o‘ylayman.
Tibbiy xizmatga ehtiyoj tug‘ilsa, qaysi birini tanlardingiz – davlatnikimi yoki xususiy tibbiyot muassasasimi?
Tajribalardan va hamyonining ahvolidan kelib chiqib, bunga har kim har xil javob berishi mumkin. Sir emas, xususiy klinikalar mijozning «injikliklarini ko‘tarishga tayyor», albatta, ma’lum haq evaziga.
Tibbiyotda xususiy amaliyotning joriy etilishidan maqsad ham barcha sohalarda bo‘lgan kabi raqobatni rivojlantirish, xizmat sifatini oshirishdan iborat. Ammo bu sohada umumiy bo‘lgan shartlar ham mavjudki, ularga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishini boshimizdan o‘tkazdik. Xususiy tibbiyot klinikalariga litsenziya berish tartib-qoidalariga o‘zgarish kiritilib, yangi talablar qo‘yilgan bеjiz emas.
$$«[Doktor Salimov]» xususiy klinikasi$$ reklamaga muhtoj emas, allergiya kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan mamlakatimizdagi ko‘zga ko‘ringan muassasa. Bu yerdagi shart-sharoitlar, davolash uslublarigina emas, klinika rahbari oliy toifali allergolog, tibbiyot fanlari doktori, professor [Ergash Salimov]ning dovrugi ham bemorlarni bu yerga chorlaydi. Professorning mehnat faoliyati butunicha allergologiya sohasi bilan bog‘liq. Moskvada yetakchi institutlarda ilmiy izlanishlar olib borgan, Sog‘liqni saqlash vazirligida allergik hastaliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassis, bolalar allergologiya markazida rahbar bo‘lib ishlagan, igloterapevtlarning ICMART xalqaro assotsiatsiyasi, $$Rossiya$$ allergologlar va klinik immunologlar assotsiatsiyasining a’zosi. [Ergash Salimov] egimizga halat berib, klinika bo‘ylab sayohatga taklif etadi.
Birinchi e’tiborni tortgan holat – ish vaqti tugashiga oz qolganiga qaramay, muolaja xonalari va yo‘laklar mijozlar bilan to‘la edi.
Kun davomida shu ahvol, izoh beradi professor. Bemorlarni oldindan navbatga yozish asosida qabul qilamiz. Aks holda kutib qolishlari mumkin. Axir ular orasida uzoq viloyatlardan keladiganlar ham bor.
Muassasaga murojaat qilganlar eng avvalo qabulxonadagi oliy toifali allergolog shifokor suhbatida bo‘lishadi. Kasallik alomatlari o‘rganilgach, bemorni tekshiruv, tahlil, tashhis ishlari boshlanadi. Bu ishlar eng zamonaviy asbob-uskunalar vositasida bajariladi. Kasallikka sabab bo‘lgan allergenni aniqlashdan tortib, bu tur kasalliklar uchun bajariladigan qon tahlillarini klinikaning o‘zida amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Bu yerdagi o‘ziga xos bo‘yni sezayapsizmi, navbatdagi muolaja xonasi bilan tanishtirar ekan so‘raydi professor.
O‘n besh chog‘li turli yoshdagi davolanuvchilar o‘tirgan chog‘roqqina bu zaldagi buydevorlarga ilingan ikkita uskuna orqali taralayotgan ekan.
[Doktor Salimov] bu uskunalar Chjevsky qandillari ekanligini aytib, ularning ishlash prinsipini tushuntiradi. Tabiiy havoda «havo vitaminlari» ko‘p. Chjevsky bu vitaminlar manfiy aeroionlarning inson organizmiga samarali ta’sir qilishini aniqlagan. U kashf qilgan qandil esa «vitamin zavodi» hisoblanib, havoni manfiy aeroionlar bilan ta’minlaydi.
[Ergash Salimov] bilan klinika bo‘ylab sayohatimiz davomida, garchi uning o‘zi ta’kidlab aytmagan bo‘lsa-da, xususiy tibbiyot muassasasining talab darajasida ishlashini ta’minlovchi omillar haqida xulosa chiqarish imkoniga ega bo‘ldik. Bular yuqorida ta’riflangan shart-sharoitlar va bilimli mutaxassislar hamda klinikada yo‘lga qo‘yilgan o‘ziga xos davolash uslubidir.
Klinikada allergik kasalliklar dori-darmonsiz davolanadi. Bunda professor [Ergash Salimov]ning qator ixtirolaridan foydalaniladi. Jumladan, bolalarda allergik kasalliklarni, atopik dermatitni, pollinozlarni, bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarni dorisiz, maxsus allergen immun muolaja vositasida davolash usullari muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan.
Mutaxassislar bu usulning qator afzalliklariga ega ekanligini ta’kidlashadi. Xususan, bu usul zararsiz, asorat qoldirmasligi, arzon, qulay, oddiy, yuqori natijali, har qanday sharoitda qo‘llash imkoniyatlari mavjudligi, allergenni aniqlash vositalariga monelik qiladigan qimmatbaho gistaminga qarshi dori vositalari, hormonlar qo‘llanilmasligi tufayli ulardan kelib chiqadigan zararlarni yo‘qqa chiqarishi, allergen immun muolaja ta’sirini ikki-uch barobar oshirishi bilan ustun ekanligini ta’kidlaydilar.
Klinikada allergik hastaliklarning barcha ko‘rinishlarini dori-darmonsiz, iglorefleksoterapiya, aero-ionoterapiya va magnitoterapiya yordamida davolash orqali hayratlanarli natijalarga erishilgan, - deb yozadi Rossiya tibbiyot akademiyasi muallif a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor I. Balabolkin.
Olim va amaliyotchi shifokor sifatidagi ko‘p yillik izlanishlari, tajribasi natijasida [Ergash Salimov] «Allergik hastaliklar klinikasi va muolajasi» o‘quv qo‘llanmasini yaratdi.
[Ergash Salimov] bundan qariyb yarim asr ilgari, tibbiyot institutining bitiruvchi kurs talabasigi vaqtida ustoz, marhum [Yefim Poshkovskiy]ning gaplarini eslaydi: «Bolalar, shuni unutmangki, kelgusi tibbiyot allergiya tibbiyoti bo‘ladi», degan edi u. Uning bashorati to‘g‘ri chiqqanini isbotlashga hojat bo‘lmasa kerak. Bugungi kunda allergik kasalliklar ko‘payib bormoqda, uning og‘ir turlari uchrayapti. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida har to‘rt insondan bittasi allergik hastalikka chalingan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi XXI asrni allergiya asri, deb e’lon qildi.
Allergik kasalliklarning ko‘payishiga esa nafas olayotgan havomizning turli sabablari tufayli buzilib borishi, ichimlik suvining har xil chiqindi va kimyoviy vositalar orqali ifloslanishi, hosildorlikni oshirish maqsadida yerga kimyoviy ishlov berilishi, iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlarimizning tobora kimyoviylashayotgani va nihoyat kasalliklarni davolash uchun ko‘plab qo‘llanilayotgan dori-darmonlar kabi omillar sabab bo‘lmoqda, ularni to‘xtatib qolishning iloji yo‘q. Demak, allergolog mutaxassislarga talab oshib boraveradi.
Bolalar shifokori ham, terapevt ham, otorinolaringolog shifokor va teri kasalliklari bo‘yicha mutaxassis ham allergologiya asoslaridan xabardor bo‘lishi kerak, deydi [Ergash Salimov].
Bu xulosa klinikasida davolanayotgan bemorlarning «kasallik tarixi» tufayli tug‘ilganini ta’kidlaydi. Ayrim bemorlarga alomatlari o‘xshash bo‘lganligi sababli boshqa kasalliklarga qarshi davo choralar qo‘llangan. Boshqalari esa noto‘g‘ri muolaja tufayli yillar davomida allergiyaning biron turidan azob chekgan, dorilarga ko‘nikma hosil qilgan.
Qo‘rg‘ontepalik ^^Fayziniso Safarova^^ bu maskanni topib kelgunicha o‘g‘li allergik hastalikdan ancha azob chekkanini aytib beradi. Emlashdan keyin farzandimning tomog‘ida og‘riq, badanida toshmalar paydo bo‘ldi. Shifokorlar tavsiyasi bilan hormonlar qabul qilganimizdan keyin uning ahvoli biroz yaxshilangandek bo‘lar, ammo ma’lum fursatdan keyin kasallik alomatlari yana o‘zini ko‘rsata boshlardi. Televideniya orqali «[Doktor Salimov]» shifoxonasidagi muolaja uslublaridan xabar topdim. Qisqa vaqt ichida tekshiruvlar olib borilib tashhis qo‘yildi. Uchinchi kurs muolajalarni oldik, har bir bosqichdan keyin farzandimda ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, hozir uning ahvoli ancha yaxshi.
Mamlakatimizning turli hududlaridan kelib davolanayotgan bemorlarning har biri ana shunday iliq fikrlarni aytishi mumkin.
Ayni kunda barcha rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan maxsus allergen-immun muolaja bilan O‘zbekistonda professor [Salimov] tomonidan ishlab chiqilgan dorisiz davolash usullarining uyg‘unligidan iborat davolash kurslari tufayli ushbu maskanning mijozlari kun sayin oshib bormoqda. Qo‘llanilayotgan boshqa immun muolajalar besh yil davom etsa, [Ergash Salimov] uslubi bilan bu natijalarga uch yilda erishish mumkin. Yana bir gap: allergologlar tashhis uchun bemorlarga o‘simliklarning uyg‘onish davri bahorda murojaat qilishlarini tavsiya qilishadi, klinikada esa tashhisning o‘ziga xos uslubi tufayli bemorlar yil davomida qabul qilinadi.
Afsuski, davolanish maqsadida klinikaga murojaat qilayotganlarga ba’zan rad javobini berishga to‘g‘ri keladi – o‘rinlar chegaralangan. Professorning farzandi uning sohasini tanlagan, hozir birgalikda faoliyat yuritishyapti. Ammo sohaning bilimdoni o‘z maktabini yaratishni, izdoshlarining mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lishini juda-juda istaydi. Bu bilan bemorlarning uzoq viloyatlardan markazga kelib ovora bo‘lishlariga ham chek qo‘yish mumkin, deydi u.
Professor [Salimov] bilan suhbatlashish asnosida ko‘nglimdan quyidagilar o‘tdi.
Allergik kasalliklarning ko‘payib borayotganini hisobga olib, xulosa chiqaradigan bo‘lsak, mamlakatimizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari hamda Vrachlar malakasini oshirish institutidagi allergologiya kafedrasi va kurslari faoliyatini bugungi kun nuqtam nazaridan tahlil qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kerakka o‘xshaydi. Shuningdek, allergiyaga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, bu borada mutaxassis muammosini hal etish to‘g‘risida jiddiyroq o‘ylab ko‘rish zarurligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda.
Tibbiyotimiz fidoyisi professor [Salimov] yana bir xayrli ishni boshlagan. Allergik kasalliklarga tashhis qo‘yish va davolash uchun zarur bo‘lgan allergenlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun harakat qilayapti. Bu esa o‘zimizda mazkur mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish bilan birga, hatto uni issiq iqlimli mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatini ham yaratadi. Bunday sharoit esa yurtimizda bor, deydi u. Ayni kunda professor mutaxassislar bilan hamkorlikda dastlabki o‘rganishlarni olib borayapti.