Aholi daromadlari, turmush darajasini oshirishda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi muhim o‘rin tutadi. Bu tarmoqni kengaytirish katta sarmoya talab qilmaydi, sarflangan mablag‘ni qaytarish imkoniyati ham ancha keng. Soha rivoji iqtisodiyotni yuksaltirish, hududlar infratuzilmasini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Xalq deputatlari $$Toshkent viloyat$$ Kengashining yaqinda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. Viloyatda mazkur sohani rivojlantirishda muammolar ko‘zga tashlanayotgani, ayrim mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari tomonidan yetarlicha e’tibor berilmasligi oqibatida aloqa, transport, savdo va umumiy ovqatlanish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan qatlam, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash uchun mazkur sohani yanada rivojlantirish talab etiladi. Biz $$O‘zXDP Toshkent viloyat tashkilot$$lari hamda deputatlik guruhlari bu borada qanday ishlarni amalga oshirayotganini bilan qiziqdik.
[Sirojiddin A’ZAMOV], $$O‘zXDP Toshkent viloyat kengashi$$ raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari:
Xizmat ko‘rsatish va servisni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari tashkil etish O‘zXDP Saylovoldi dasturida muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shu bois soha rivojini ta’minlash, ayniqsa, qishloq aholisiga zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bizning elektoratimiz manfaatlariga xizmat qiladi.
Bugungi kunda viloyatda 13 700 dan ortiq xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchasi faoliyat yuritayapti. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi aholi jon boshiga hisoblaganida 1 million 500 ming so‘mni tashkil etgan.
Ammo xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezidentimiz ta’kidlaganidek, viloyatimizda kundan-kun talab oshib borayotgan maishiy va turizm xizmatlariga bo‘lgan munosabat bugungi kun talabiga javob bermaydi. O‘tgan yili viloyat bo‘yicha atigi 405 million so‘mlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan, xolos.
Partiyamiz dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlarimiz ushbu sohani rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Partiyamizning 2011–2014 yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturida $$Angren, Olmaliq va Chirchiq shaharlari$$da xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish hisobiga aholi bandligi darajasini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Partiya faollari va deputatlardan iborat ishchi guruhlari o‘tgan yili mazkur hududlarda sohani rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni tahlil qilishdi. Bu boradagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni yechish bo‘yicha takliflar sessiya muhokamasiga kiritildi.
[Baxtiyor YO‘LDOSHEV], $$O‘zXDP Angren shahar kengashi$$ raisi, xalq deputatlari shahar Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari:
$$Angren shahri$$da «Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish hisobiga aholi bandligi darajasini oshirish haqida»gi masala xalq deputatlari shahar Kengashining 2012 yil 16 may kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida muhokama etildi. Sohani rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari tashkil etish va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini barqaror ish o‘rinlari bilan ta’minlash, yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratishni soddalashtirish va ko‘paytirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.
Shaharda 900 dan ortiq xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Soha rivoji uchun tijorat banklari tomonidan 2,7 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilgan va 139 ta ish o‘rni tashkil etilgan. 2012 yilning birinchi yarmida 33 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, shu davrda 69 ta shoxobcha ochildi.
Shaharda 2012–2015 yillarda turizm sohasini rivojlantirish dasturi asosida yangi, zamonaviy mehmonxona va turizm komplekslarini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish belgilangan.
Bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hali juda ko‘p. Masalan, mehnatga layoqatli aholi qatorida imkoniyati cheklangan kishilarning servis sohasida bandligini oshirish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biridir. Jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, mehnatning biron-bir turi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan elektorat vakillari yo‘q deyasizmi? Partiyamiz o‘tgan yili bu masalaga alohida e’tibor qaratib, ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘plab kishilar qo‘llab-quvvatlandi, ularga yordam ko‘rsatildi. Biz ko‘lida kasb-hunari bor ana shunday kishilarni aniqlab, ular o‘z ishini boshlashi uchun ko‘maklashishni bu yil ham izchil davom ettirishimiz kerak…
^^Mavjuda ILYASOVA^^, xalq deputatlari $$Olmaliq shahar$$ Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi rahbari:
Partiyamizning Harakat dasturiga asoslanib, o‘tgan yili shaharda xizmat ko‘rsatish va servis sohasida olib borilayotgan ishlarni tahlil etdik. Bu jarayonda yutuqlar bilan birga, yechimini kutayotgan masalalar ham ko‘pligi ko‘zga tashlandi. Poyabzal va charm buyumlari, maishiy texnikani ta’mirlash, kir yuvish hamda kimyoviy tozalash bo‘yicha xizmatlar, kompyuter xizmatlari, shuningdek, sartaroshxona va go‘zallik salonlari kabi xizmat ko‘rsatish va servis turlaridan foydalanish imkoniyati hamma joyda bir xil yetarli darajada, deya ololmaymiz.
Ayrim joylarda ishga solinmagan anchagina zahiralar mavjud. Aniqroq aytganda, yaratilgan shart-sharoit va qulayliklardan hamma joyda oqilona foydalanilmayapti. Shuningdek, xususiy umumiy ovqatlanish korxonalari, chakana savdo shoxobchalari, uy-joy qurilishi bilan bog‘liq xizmatlar hamda transport xizmatlarini bajaruvchi korxonalarda mehnat daftarchasiz ishlayotgan kishilar ham yo‘q emas. Tadbirkorlar ular bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan, qonuniy mehnat tashkil etmasdan, o‘zlari xohlagan miqdorda ish haqi to‘lab, soliqlarni chetlab o‘tayapti.
Endi o‘ylab ko‘raylik. Xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchasida mehnat qilayotgan fuqaro qonuniy mehnat qilmasa, u davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi. Vaqti kelganda, pensiya olish, ijtimoiy himoyalanish borasida ham muammolar kelib chiqadi. Xo‘sh bu holatni qanday bartaraf etish mumkin? Avvalo, servis va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan korxonalar, koridik hamda jismoniy shaxslarning mas’uliyatini kuchaytirish, ularda ishlayotgan xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish kerak. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda muntazam ravishda deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish lozim, deb o‘ylayman…
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu sohada yangi ish o‘rinlari tashkil etish boshqa yo‘nalishlarga nisbatan ancha arzonga tushar ekan. Qolaversa, $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ elektorati hisoblangan fuqarolarning bandligini ta’minlashda ham bu sohaning imkoniyatlari ancha yuqori. Shunday ekan, partiya tashkilotlari hamda deputatlik guruhlari xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bildirgan chuqur tanqidiy fikrlardan xulosa chiqarib, joylarda xizmat ko‘rsatish va servisni rivojlantirish yuzasidan yanada qat’iy ish olib borishi, bu boradagi dasturlar ijrosini ustidan deputatlik hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi, yuzaga kelayotgan muammolarni mahalliy vakillik hokimiyati darajasida muhokama etib borishga erishish talab etiladi.