🔍

Article

O‘ZBEK KLINIKASINI XORIJDAGI E’TIROFI.

By Sohibjon SALIMOV, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri • in 2013

Yaqinda $$Shveytsariya$$ning $$Jeneva shahri$$dan xushxabar keldi. Unda poytaxtimizdagi «Stomaservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati jamoasi aholiга o‘zining uzoq yillardan buyon ko‘rsatib kelayotgan sifatli va jahon andozalariga mos stomatologik xizmatlari uchun Xalqaro sertifikat bilan taqdirlangani aytilgan. Dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlari vakillari ishtirok etgan xalqaro anjumanda klinika jamoasi bunday yuksak sovrin bilan mukofotlanganligi mamlakatimiz mutaxassislari malakabir e’tirofidir.
Darhaqiqat, ushbu xalqaro mukofotning o‘zbek klinikasiga taqdim etilishi ham dunyo hamjamiyatining stomatologiya masalalarida O‘zbekistonga berayotgan yana bir e’tiboridir.
Jonimiz shirinda: biron joyimiz salgina og‘risa yoki issiğimiz chiqsa, do‘xtirga chopamiz. Ularning bir kalima yaxshi so‘zi malham bo‘ladi. Tanamiz engillashadi. Lekin tish og‘rig‘i…
E, so‘ramang, bu dunyoda eng injik va kaysar og‘riq, asli shu ekan, deb yuborasiz. So‘ng qaysi shifoxonaga borsam, deya o‘ylab qolaysiz. Ana shunda…
Yo‘q, biz sizga yo‘l ko‘rsatmoqka shoshilmaylikda, yaxshisi bugungi kunda $$Toshkent shahri$$da ancha tilga tushib qolgan bir jamoa haqida so‘z yuritaylik. «Stomaservis» haqida eshitgandirsiz. Bu tish davolash mas’uliyati cheklangan jamiyati 1992 yildan beri el xizmatida.
Bundan 18 yil muqaddam Londondagi eng yetakchi stomatologik firmalar bilan zarur vositalarni yetkazib berish yuzasidan ikki tomonlama shartnomalar imzolangan edi, deydi «Stomaservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, oliy toifali shifokor [Ulug‘bek Xolmatov]. O‘sha paytda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda $$Mirzo Ulug‘bek tumani$$ hokimligi bu ishda bizga ko‘mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Endigi vazifa esa faoliyatimizni zamonaviy talablar asosida yo‘lga qo‘yib, bemorlarga yuqori darajada stomatologik xizmat ko‘rsatish. Avvalo jarrohlik, so‘ngra esa tish qo‘yish bo‘limlarini, keyinchalik tug‘ma, nuqsonli jag‘ va tishlarni davolash maqsadida «jag‘ va tishlarni to‘g‘rilash» bo‘limi tashkil etildi. Bundan tashqari, bolalarning hastalangan tishlarini og‘riqsiz davolash usullaridan ham keng foydalandik. Bugungi kunda mamlakatimizda 1000 dan ortiq stomatologik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shifo maskanlari mavjud bo‘lib, ularda og‘riqsiz moslamalar, vositalar yordamida tez va soz muolajalar o‘tkazilmoqda.
Klinikamiz boshqa turdosh davom maskanlaridan nafaqat nuqsonli tishlarni davolash, balki og‘iz va og‘iz bo‘shlig‘ida pikasalliklarni, milk hamda og‘iz yumshoq to‘qimalarini davolash bilan ham ajralib turadi.
Tish muammosi qadim-qadim zamonlardan buyon insoniyatni qiynab kelgan. Tushib ketgan tishlar o‘rniga yasama tishlar qo‘yish bilan eramizdan avval ham shug‘ullanishgan. Arxeologik yodgorliklarni qazish vaqtida topilgan suyak, oltin va kumushdan yasalgan inson tishlari buni guvohlik beradi. O‘tgan zamonlarda bu faoliyat bilan zargarlar, chilangarlar, sartaroshlar shug‘ullanganlar.
Tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino ham «Tib qonunlari» asarining 20 dan ortiq sahifasini tish kasalliklariga bag‘ishlagan. Bugungi kunda tibbiyotning stomatologiya sohasini yanada taraqqiy ettirish, uning xalq salomatligi yo‘lidagi samarasini oshirish, kolaveresa, bu borada tub islohotlar o‘tkazishni davrning o‘zi taqazo etmoqda.
Haqiqatan, bugungi kunda aholiga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatishning keng tarqalgan va muhim turlaridan biri bu stomatologik yordamdir, deydi klinikaning oliy toifali shifokori ^^Layli Sultonova^^. Murojaat etilishi jihatidan terapevtik yordamdan keyin u ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shu boisdan ham har qanday kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olgan afzal. Menimcha, inson me’yorli hayot kechirishi uchun, avvalo, uning barcha a’zolari sog‘lom bo‘lishi, umri mobaynida tishlarini ham doimiy asrashi muhim sanaladi.
Xorijiy davlatlarda kishilar tishlarini o‘z vaqtida davolatishga e’tibor berishadi, suhbatga qo‘shiladi [Ulug‘bek Xolmatov]. Yana bir e’tiborli tomoni, ota-onalar farzandlarini bolaligidan tish do‘xtiri ko‘rigidan tez-tez o‘tkazib turishadi. Biz ota-onalar ham bu masalada e’tiborli bo‘lishimiz lozim.
Jamoamiz yaqin orada stomatologik xizmat ko‘rsatish ko‘lami­ni kengaytirib, xalqaro andozalarga mos klinikaga aylanish arafasida. Boisi, $$Jeneva shahri$$dagi xalqaro anjumanda jamiyatimizga taqdim etilgan Xalqaro sertifikatga ko‘ra, endilikda biz dunyoning turli burchaklaridan kelgan bemorlarga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqini ham qo‘lga kiritdik.
So‘ng qo‘shib qo‘ydi: «Aytsam, ishonmaysiz, ana o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring, bu maqtanishmas. Og‘rigan tishni ogriqsiz davolashda stomatologiya sohasida eng so‘nggi yutuqlarni o‘zida mujassam etgan $$Germaniya$$ning «SIRONA-SIEMENS» kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy asbob-uskuna­lar, inson tanasi uchun xavfsiz bo‘lgan rentgen apparatlari va qator davolash usullaridan foydalanayapmiz».
Muolaja xonalarini kuzatamiz. Hamma asbob-uskuna­lar zamonaviy. Uzun navbatlar yo‘q. Ortiqcha qog‘oz-bozliklar ham sezilmaydi. Shifokorlarning aksariyati oliy toifali mutaxassislar.
Ochig’i, kichik bir jamiyat jamoasi o‘zidan ham kattaroq quvonch va tashvishlarni ko‘tarib, xalqimiz salomatligini tiklashda baholi qudrat ulush qo‘sha­yotir.
O‘zbek klinikasining jahon miqyosidagi e’tirofi O‘zbekistonda stomatologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga berilgan munosib bahodir.

Total words

620

Unique words

467

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

6

TTR

0.753

Hapax

391

Distribution

Top frequency chart

Dataset