Mamlakatimiz $$O‘zbekiston Respublikasi parlamenti$$ davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish" konsepsiyasi qoidalarini amalga oshirgan holda, o‘z qonun ijodkorligi faoliyatining uslublari va sifatini tobora takomillashtirmoqda. Masalan, $$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi$$ milliy huquqiy amaliyot uchun yangi uslub – huquqiy tajriba o‘tkazishni joriy etish tashabbusini ilgari surdi. Parlament a’zolarining ushbu tashabbusi Prezidentimiz [Islom Karimov] tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bu borada davlatimiz rahbarining «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini takomillashtirish bo‘yicha huquqiy tajriba o‘tkazish tartibi hamda shartlarini belgilab bergan farmoyishi qabul qilindi. $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$da mazkur huquqiy tajribani o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiyaning tashkiliy majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishchi komissiya a’zolari $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ deputatlari, davlat hokimiyati va boshqa ruvi organlari, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklarining mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari qatnashdi.
Majlisni $$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri$$, ishchi komissiya raisi ^^D. Toshmuhamedova^^ boshqardi. Ishchi komissiya zimmasiga yuklangan vazifalarga binoan 2013 yil davomida $$Buxoro$$ va $$Samarqand viloyat$$larida o‘tkaziladigan «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy tajribani tashkiliy ta’minlash masalalari muhokama etildi.
Majlisda mamlakatimizda istiqlol yillarida demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish davomida xalqaro standartlarga javob beradigan qonunchilik bazasi yaratilgani, $$O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi$$da mustahkamlangan so‘z erkinligi hamda fuqarolarning axborot olish huquqini kafolatlashi ta’kidlandi. Xususan, Asosiy qonunimizning 30-moddasida barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi belgilangan. Bu qoidalar qator qonun hujjatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplar va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlari va boshqa hujjatlarida o‘z ifodasini topgan.
Mamlakatimizda axborot sohasini jadal va erkin rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik sharoitlar yaratilgan. Zеrо, Prezidentimiz [Islom Karimov] ta’kidlashicha, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, ahlining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, axborot erkinligini ta’minlamasdan bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini yaxshi tasavvur etamiz. Axborot sohasini demokratiya asosida rivojlantirish $$O‘zbekistonda demokratik jamiyat$$ qurishning muhim sharti hisoblanadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish" konsepsiyasida ushbu sohani yanada erkinlashtirish hamda demokratlashtirish maqsadida milliy qonunchiligimizni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar belgilab berilgan. Jumladan, «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan.
Yangi qonunda jamoatchilikni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatiga jalb qilish protseduralari belgilangan, aholining qabul qilinayotgan qarorlardan, avvalo, fuqarolarning huquqlari, erkinligi hamda qonuniy manfaatlariga taalluqli qarorlardan keng foydalanishini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Ushbu hujjatning hayotga tatbiq etilishi ijro hokimiyati organlarining bu qarorlar sifati uchun javobgarligini oshirishga, jamiyatimizda fikr erkinligini kengaytirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasini tayyorlashda rivojlangan demokratik davlatlar tajribasi o‘rganilib chiqildi, axborot huquqi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar tavsiyalari inobatga olindi. Ishlab chiqilgan qonun loyihasi, xususan, xorijlik ekspertlar ishtirokida keng muhokama etildi. Mamlakatimizning barcha hududida o‘tkazilgan qirqdan ortiq konferensiya, seminar va davra suhbatlari yakunlari bo‘yicha ushbu qonun loyihasini takomillashtirishga oid yuzga yaqin taklif umumlashtirildi.
Prezidentimizning mazkur qonun loyihasini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha huquqiy tajriba o‘tkazishga oid farmoyishining qabul qilinishi O‘zbekistonning yangi huquqiy amaliyotida noyob tajriba bo‘lib, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan demokratik tub o‘zgarishlarning mantiqiy davomidir. U qonun loyihasi normalarini yanada takomillashtirish, demokratik prinsiplar asosida yangi huquqiy hujjatlarni sinovdan o‘tkazish uslubini qonun ijodkorligi faoliyatiga keng joriy etish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, ushbu uslub so‘z va axborot erkinligi, davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasida ilk bor qo‘llanilmoqda. Bu fuqarolarning axborot olish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi.
Huquq amaliyotiga joriy etilayotgan mazkur yangi uslub O‘zbekistonda qonun ijodkorligi nazariyasi va amaliyotini tizimli takomillashtirish jarayonidagi navbatdagi bosqich, mamlakatimizda ijtimoiy hayotni demokratlashtirish jarayonlari mukammalligining muhim sifat ko‘rsatkichidir. Davlatimiz rahbarining huquqiy tajribani o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining aholi, fuqarolik jamiyati institutlari hamda OAV bilan kengroq munosabatlar o‘rnatishiga ko‘maklashadi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan $$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi$$ning $$Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi$$ raisi [A. Jo‘raboyev], Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi [A. Saidov], $$Samarqand viloyati$$ hokimi [Z. Mirzaev], Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi [M. Esonov], O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi [F. Abduxoliqov] va boshqalar buni alohida ta’kidladi.
Huquqiy tajribaning mazmun-mohiyati ma’lum viloyat, tuman hamda shahar davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining real faoliyatida ushbu qonun loyihasini sinovdan o‘tkazishdan iborat ekani qayd etildi. $$Buxoro va Samarqand viloyatlari$$ davlat tuzilmalaridan tashqari ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati va boshqa institutlar, ularning ishlari haqida axborot olishdan manfaatdor yuridik hamda jismoniy shaxslar ham mazkur tajribaning ishtirokchilari hisoblanadi. Huquqiy tajriba qonun loyihasining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligini to‘liqroq ta’minlash, aholiga mamlakatimizni demokratik yangilash hamda modernizatsiya qilish jarayonlari haqida xabardor qilishda fuqarolik institutlari, jumladan OAVning rolini kuchaytirishga qaratilgan normalarni amalda tekshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, tajriba davomida jurnalistlar faoliyatining sifati va samaradorligini izchil oshirish maqsadida uni jurnalistlarning o‘zi tartibga solishi bo‘yicha turli mexanizmlar ham sinab ko‘riladi.
Davlatimiz rahbari farmoyishi bilan tasdiqlangan huquqiy tajribani o‘tkazish tartibiga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari qat’iy belgilangan. Masalan, jismoniy va yuridik shaxslarning rasmiy talabi uruyhatga olingan kundan boshlab o‘n besh kundan oshmaydigan muddatda, ommaviy axborot vositalarining tajriba subyektlari faoliyati, uning mansabdor shaxslari bilan intervyu tashkil qilish to‘g‘risidagi talabi esa yetti kundan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqilishi shart. Bunda axborot olish talablar yozma, jumladan elektron hamda og‘zaki shaklda bo‘lishi va bevosita, axborot olishdan manfaatdor shaxslarning vakolatli vakillari orqali yuborilishi ham mumkin. Bularning barchasi fuqarolarning axborot olish huquqlarini yanada kengaytiradi.
Bundan tashqari, qonun loyihasini sinab ko‘rish vazifalarini kompleks ravishda amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham belgilandi. Jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlarini tajribaning borishi, jismoniy va yuridik shaxslar uchun axborot olishning yangi imkoniyatlari haqida keng xabardor qilish shular jumlasidandir. O‘tkaziladigan tajriba samaradorligini va uning subyektlarining axborot oshkorligini ta’minlashga doir faoliyatining aholiy tomonidan baholanishini aniqlash uchun ijtimoiy tadqiqotlar ham o‘tkaziladi. Shu bilan birga, qonun loyihasini muhokama qilish bo‘yicha, jumladan, chet ellik ekspertlar ishtirokida konferensiyalar, seminar hamda davra suhbatlarini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Bu borada tashkil qilinadigan maxsus saytda har bir odam qonun loyihasining sinab ko‘rilishi qanday amalga oshirilayotganini bilishi, uning normalari muhokamasida qatnashishi, OAV vakillari esa huquqiy tajriba subyektlari faoliyati haqida axborot materiallarini bemalol olishi mumkin.
Huquqiy tajriba samaradorligini ta’minlash uchun uni o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiyadan tashqari, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklarida ham shunday ishchi guruhlar tashkil etiladi. Tajriba davomida olingan natijalar tahlili asosida qonun loyihasini takomillashtirishga doir aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ishchi komissiya yig‘ilishida muhokama yakunlari bo‘yicha «Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunni sinovdan o‘tkazish vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.