🔍

Article

KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA YO‘LIDA.

By Mehroj DARHONOV • in 2012

Mustahkam oila yili munosabati bilan $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ Markaziy Kengashi «Mahalla aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi» mavzusida yil davomida tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Huddi shunday tadbir Farg‘ona viloyatining $$Quva tumani$$dagi «[Akbar]obod» mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda mahallaning o‘rnini mustahkamlash – muhim masala. Shu bois har bir mahallaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, undan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish lozim. Ularni xalq deputatlari mahalliy Kengashlar sessiyalarida muhokama etish, shu tariqa elektorat manfaatini himoya qilish dolzarb vazifadir.
[Yunusali RASULOV], «Mahalla» xayriya jamg‘armasi $$Quva tuman$$ bo‘limi raisi:
Tumanimizda 51 ta fuqarolar yig‘ini mavjud. Mahallalardagi qaysi oilaga kirman, kim bilan suhbatlashman, tinch va osuda turmushidan mamnun. Hamma o‘z yumushi bilan band. Kimdir issiqxona qurib, ichki bozorni noz-ne’mat bilan boyitayapti, yana kimdir uy mehnatini rivojlantirish harakatida. Toy-tomoshalar mahalla faollari maslahatisiz o‘tmaydi.

Ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish doimiy e’tiborda. Xususan, $$O‘zXDP tuman kengashi$$ bilan hamkorlikda kam ta’minlangan oilalarning sharoitini o‘rganib, ularga amaliy yordam berishga harakat qilayapmiz. Buning uchun mutasaddi tashkilotlar bilan ko‘proq ishlashimiz kerak. Jamg‘arma o‘tgan yili 2500 dan ortiq oilaga moddiy yordam ko‘rsatdi.
[No‘monjon URMONOV], xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi:
Oilalar turmush tarzini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarur. Ayniqsa, yordamga muhtoj oilalarga mahalla-ko‘y e’tibor qaratishi kerak. Bu o‘sha oilalar jamiyat oldida yanada mas’ul bo‘lishiga undaydi. Shu maqsadda tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, tijorat banklari va Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limlari bilan hamkorlik qilinmoqda. Deputatlik guru‘himiz aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari ochish kabi masalalarga doimiy e’tibor qaratib keladi.
[Azamat KHUSEINOV], $$Quva tuman$$ bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori:
Tumanimizda bu yil yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturiga ko‘ra, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 4536 ta ish o‘rni ochish belgilangan. Yanvar-fevral oylarida markazga 300 nafarga yaqin fuqaro murojaat qildi. Arizalarda qo‘yilgan masalalarni hal etishda «Mahalla» xayriya jamoat fondi, $$O‘zXDP tuman kengashi$$ bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlarimiz o‘z samarasini berayapti. Xususan, iqtisodiy forumlar doirasida o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalari kasb-hunar kollej bitiruvchilari o‘zlariga mos ish topishida qulaylik tug‘dirmoqda.
Yanvar oyida tumanda faoliyat yuritayotgan tashkilot, korxona va muassasalarda 180 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni borligi aniqlandi va ro‘yxatga olindi. Shu asosda $$O‘zXDP tuman kengashi$$ Jamoatchilik qabulxonasiga, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlariga ishga joylashishda yordam so‘rab kelayotgan fuqarolar uchun e’lon berildi. Yolg‘iz keksalar, nogironlar ham e’tibordan chetda qolmayapti. Yaqinda 10 nafar dan ortiq yolg‘iz keksaga sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanma berildi.
[Ne’matjon MAMAJONOV], «[Akbar]obod» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi:
Mahallamiz tumandagi namunali va ino‘q maskanlardan biri, 3345 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi, ayniqsa, yoshlarni foydali mehnatga jalb qilish maqsadida mahalla hududida kichik biznes shoxobchalari, turli o‘quv markazlari ochilgan. Mahallada bekorchi yoshlar yo‘q hisob. Hamma izlanishda. Yuz nafar dan ortiq o‘g‘il-qizlar oliy o‘quv yurtida tahsil olmoqda. Kasb-hunar kollejini tamomlagan yoshlar orasida bankdan imtiyozli kredit olib, o‘z ishini boshlayotgan yoshlar ko‘payayotganini yaxshi, albatta.
Tadbir davomida ishtirokchilar turli taklif va tavsiyalar bildirdi. Mahalla faoli ^^Tatyana Anarbayeva^^ shunday dedi:
Men tuman markazidagi ko‘pqavatli uyda istiqomat qilaman. Atrofimizda bironta tikuvchilik markazi yo‘q. Vaholanki, mahallamizda bunga talab kuchli. Agar tikuvchilik, zarduzlik va kasanachilik yo‘lga qo‘yilsa, bu xotin-qizlar bandligini oshirishga xizmat qiladi. Mahallamizda foydalanilmayotgan bino bor. Agar u yerda tikuvchilik markazi tashkil qilinsa, ko‘plab oilalarning farovonligi oshar edi. Mahalladoshlar orasida ishning ko‘zini biladigan, bozorni tushunadigan kishilar ko‘p.
^^Kamola SOBIROVA^^, «[Akbar]obod» mahallasi faoli:
Oylik maoshimizning bir qismi plastik orqali beriladi. Lekin mahallamizdagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida terminal o‘rnatilmagan. Agar zarurat tug‘ilib qolsa, tuman markaziga borishga to‘g‘ri keladi. Mahallamizdagi savdo do‘konlariga terminal o‘rnatish masalasi hal qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi...
Jonli va ochiq muloqot tarzida o‘tgan bunday davra suhbatlari viloyatning $$Uchko'prik, Toshloq, Oltiariq tumanlari$$ hamda $$Marg‘ilon shahri$$dagi mahallalarda ham o‘tkazildi. Mahallada aholi bandligi va yoshlarni ish bilan ta’minlashni izchil yo‘lga qo‘yish, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatishda hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunda O‘zXDP tashkilotlari, mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanishi ta’kidlandi.

Total words

626

Unique words

441

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

9

TTR

0.704

Hapax

339

Distribution

Top frequency chart

Dataset