🔍

Article

YOSHLAR TA’LIM-TARBIYASIGA EʼTIBOR O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASIDIR.

By «O‘zbekiston ovozi» muxbiri Temur A’ZAM … • in 2012

Main text:
$$Ukraina$$lik ^^Ekaterina Barno^^ bilan qariyb uch yildan beri internet orqali suhbatlashib turaman. Uni asosan $$O‘zbekiston$$da yuz berayotgan yangiliklar qiziqtiradi. Fevral oyining boshlarida uning: «Nima ishlar bilan bandsiz?» degan savoliga butun $$O‘zbekiston$$da, qolaversa, men ta’lim olayotgan $$O‘zMU$$da «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiyot ettrish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga katta tayyorgarlik ko‘rilayotganini aytdim.
^^Ekaterina^^ mendan bu anjuman haqidagi ma’lumotlarni yuborishni so‘radi. Men ham o‘z navbatida do‘stimning iltimosini bajardim. U xalqaro anjuman materiallari bilan tanishib chiqqach, konferensiya haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini yozib yubordi.
^^Ekaterina BUCNO^^, $$Ukraina$$ning $$Xmelnytskiy gumanitar-pedagogika akademiyasi$$ magistranti:
Men ko‘p yillik tarixga va takrorlanmas madaniyatga ega bo‘lgan $$O‘zbekiston$$ni ko‘rish orzusida yashayman. Bu yurtda bo‘lgan qiziqishlarim tufayli $$O‘zbekiston$$ tarixi haqida kitoblarni ko‘p o‘qiganman. Ammo bu mamlakatga yanada yaqinroq bo‘lishga, milliy qadriyatlarini beganishga, bugungi kunda bo‘layotgan yangiliklar va ta’lim jarayonidagi islohotlardan xabardor bo‘lishimga internet yordam berdi.
Yaqinda o‘qituvchim menga $$O‘zbekiston$$ oliy o‘quv yurtlari, ularda yaratilgan sharoitlar, o‘qitish uslublari, o‘zbek yoshlarining ilmiy salohiyati haqida ma’ruza tayyorlashni topshirdi. Men bu vazifani xursandchilik bilan qabul qildim va internet ma’lumotlari hamda o‘zbek do‘stlarim yordamida ma’ruza tayyorladim. Bajarilgan ishim ustozimga ham, do‘stlarimga ham ma’qul keldi. Ular O‘zbekistonga oid yangiliklar bilan muntazam tanishtirib borishimni iltimos qilishdi.
Fevral oyining boshlarida $$O‘zbekiston$$da «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiyot ettrish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lishini eshitdim va uning boshlanishini sabrsizlik bilan kutdim. Forumning ilk kunidan boshlab internet orqali yangiliklarni, chet ellik mehmonlarning fikr-mulohazalarini o‘qib bordim va quyidagi xulosalarga keldim.
Eng ta’sirlangan jihatim shu bo‘ldiki, o‘qituvchi va murabbiylar kuni $$O‘zbekiston$$da umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanar ekan va hatto o‘sha kuni dam olish kuni ekan. Bu esa mamlakatingizda muallim mehnatining qadrlanayotganini ko‘rsatadi. Qiziqishim ustun kelib, internetni titikladim. Boshqa biron davlatda o‘qituvchilar kuni bayram qilinmas ekan. O‘qituvchi bugun yoshlar qanday ta’lim-tarbiya bersa, uning kelajakdagi natijasi shunga yarasha bo‘ladi. $$O‘zbekiston$$da nufuzli xalqaro banklarning kreditlari asosan ta’lim taraqqiyotiga xizmat qilayotganligi ham g‘oyatda muhimdir. Prezident [Islom Karimov] tomonidan ilm-fanga ko‘rsatilayotgan beqiyos g‘amxo‘rlik ertaga o‘zining mevalarini berishiga ishonaman.
Meni qoyil qoldirgan yana bir masala – bu $$O‘zbekiston$$da maktab ta’limini berish barobarida bolalarning jismonan sog‘lom bo‘lishiga ham alohida e’tibor qaratilayotganligidir. Bu borada bolalar sportini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida qaralayotganligi e’tirofga loyiq. Men aniq ishonaman: SOG‘LOM Millat sog‘lom boladan boshlanadi. Va buyuk kelajak ham sog‘lom bolalar bilan bog‘liq.
Yana bir ma’lumot meni qiziqtirib qoldi. Bu 12 yillik uzluksiz ta’lim davomida yoshlariga 3-4 ta kasb-hunar o‘rgatish g‘oyasidir. Juda ham uzoqni o‘ylab chiqarilgan qaror. Men aynan shunday ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlayman. Bu ayniqsa, qizlar uchun foydali deb o‘ylayman. Chunki bunday imkoniyat ularning zamonaviy qarashlarga ega bo‘lishlariga, hayot qiyinchiliklarini engib o‘tishlariga ko‘mak beradi. Bunga faqat $$O‘zbekiston$$da yaratilgan ta’lim tizimi orqali erishish mumkin. Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsam, kuchli pedagog o‘qituvchilar yordamida yetuk yoshlar tarbiyalanadi. O‘ylaymanki, bu borada $$O‘zbekiston$$da tajriba yetarli.
Ta’lim tizimini isloh qilishda Prezident [Islom Karimov]ning qo‘llab-quvvatlashi katta ahamiyat kasb etadi. U kishining konferensiyada shaxsan qatnashganining o‘zi yosh avlod tarbiyasi uchun qanchalik qayg‘urishini ko‘rsatib turibdi. Yoshlar ta’lim-tarbiyasiga e’tibor – $$O‘zbekiston$$ning taraqqiyot strategiyasi ekanligiga ishonaman.

Men bu fikrlarni yozar ekanman, $$O‘zbekisto$$nga bo‘lgan mehrim, hurmatim, ehtiromim yana-da ortdi. Nasib etsa, albatta $$O‘zbekiston$$ga boraman. $$Samarqand$$ni, $$Buxoro$$ni, $$Toshkent$$ni o‘z ko‘zim bilan ko‘raman. To‘g‘risini aytsam, o‘zbekistonlik yoshlar juda-juda havasim kelayapti. Ularga dunyodagi barcha ezguliklar yor bo‘lsin.

Total words

524

Unique words

387

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

21

TTR

0.739

Hapax

319

Distribution

Top frequency chart

Dataset