Prezidentimiz [Islom Karimov] $$O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi$$ Homiylik kengashining shu yil 10 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida sportni ta’lim-tarbiya bilan mutanosib ravishda izchil rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidladi.
Bu jarayonda hotin-qizlar sportini rivojlantirishga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani diqqatga sazovor. Qizlarimizning sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishi ertangi kunimizning, barkamol avlod dunyoga kelishining muhim omilidir.
Yurtimizda qizlarni sportga jalb etish borasida zarur shart-sharoitlar yaratildi. Ular uchun milliy mentalitetimizga xos kiyimlar ishlab chiqilmoqda, oliy ta’lim muassasalarida ayol o‘qituvchi va murabbiylarni tayyorlashga keng o‘rin berilayotir.
Shu kunlarda mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida sport bilan shug‘ullanaotgan 6 yoshdan 18 yoshga qadar bo‘lgan o‘quvchi-qizlarga Prezident sovg‘asi sport kiyimlari topshirilayotgani ham ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning amaldagi yana bir yorqin ifodasidir.
Surxondaryo viloyatida ham joriy yilda 15 ming 908 nafar o‘quvchi-qiz ana shunday sport kiyimlari bilan ta’minlanadi. Ayni kunlarda voha qishloqlarida sportga mehr qo‘ygan o‘quvchi-qizlarga Prezident sovg‘alarini topshirish marosimlari tantanali ravishda o‘tkazilmoqda.
$$Sherobod tumani$$da tashkil etilgan ana shunday tadbirda mahalliy hokimlik va jamoat tashkilotlari vakillari, murabbiylar, ta’lim muassasalari o‘quvchilari, sportchi qizlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Yurtimizda aholini sportga keng jalb etish, ayniqsa, hotin-qizlar va bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun eng olis, chekka qishloqlarda ham barcha qulayliklarga ega bolalar sporti inshootlari bunyod etilib, jahon andozalarida rajasida jihozlanayotir. Jumladan, 2003-2011 yillarda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan viloyatda 101 zamonaviy sport inshooti, 8 bolalar musiqa va san’at maktabi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi. Birgina o‘tgan yili jamg‘arma mablag‘lari hamda homiy tashkilot va tadbirkorlar ko‘magida qiymati besh milliard 928 million so‘mlik 24 sport inshooti barpo etildi.
Prezidentimizning tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan uch bosqichli sport o‘yinlari $$«Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada musobaqalari$$ jahon arenasida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘taradigan, yurt sha’ni, xalq g‘ururi uchun kurashadigan mahoratli sportchilarni tarbiyalashda o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tamokda.
Viloyatda zamonaviy sport inshootlarining qad rostlayotgani nufuzli sport musobaqalarini o‘tkazish uchun keng imkoniyat yaratmoqda. O‘tgan yili $$Termiz shahri$$dagi barcha qulayliklarga ega zamonaviy sport inshootlarida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining $$«Barkamol avlod 2011» sport musobaqalari$$ final bosqichi, [Haqim at-Termiziy] xotirasiga bag‘ishlab, milliy kurash bo‘yicha Prezidentimiz sovrini uchun X xalqaro turnir va kattalar o‘rtasida VIII Jahon chempionati, Respublika VI ayollar sport festivali, qo‘l to‘pi bo‘yicha qizlar ishtirokidagi $$«Asalim» sport festivali$$ning mamlakat bosqichi, Mustaqilligimizning 20 yilligiga bag‘ishlangan Xalq ta’limi va zirligi sovrini uchun suv sporti musobaqasining mamlakat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazilgani bunga yaqqol dalildir.
Ushbu sport bayramlari oldidan $$Termiz shahri$$da o‘n ming o‘rinli $$«Surxon» sport majmuasi$$ qurilib, foydalanishga topshirildi. O‘nga yaqin sport majmuasi va sport zallari kapital ta’mirlandi. Ushbu inshootlarda 25 milliard 360 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, ular 69,7 million so‘mlik sport anjomlari bilan jihozlandi.
Vohada ayni paytda olti yoshdan 18 yoshga qadar bo‘lgan 22 ming 902 o‘quvchi sport bilan muntazam, 179 ming 429 o‘quvchi jismoniy sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida shug‘ullanaotir. O‘tgan yili mavjud bolalar sporti inshootlari atrofidagi 182 ta’lim muassasasining 22 ming 500 dan ortiq o‘quvchisi sport mashg‘ulotlariga jalb etildi. Ularning sakkiz mingga yaqini qizlardir. 2004 yili viloyatda bolalar sportining 12 turi bilan muntazam shug‘ullangan bo‘lsa, joriy yilda ular qatnashayotgan sport turlarining soni 31 taga yetdi. 2011 yil bolalar sporti inshootlaridagi sport seksiyalari 746 tadan 2017 taga ko‘paydi. Sportning badiiy gimnastika, suzish, stol tennis kabi nafis turlari ommalashdi. O‘tgan yili sport bilan muntazam shug‘ullanaotgan o‘quvchi-eshlarning 1014 nafari mamlakatimiz miqyosidagi musobaqalarda faol ishtirok etib, 174 oltin, 232 kumush, 277 bronza medallarini qo‘lga kiritdi. O‘nlab yosh sportchilar nufuzli xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Tadbirda shular haqida atroflicha so‘z yuritildi.
2012 yilda 2005 yilga nisbatan viloyatda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkir respiratorli virusli infektsiya, pnevmoniya, bronxit va skolioz bilan kasallanish 23 foizga kamaydi. So‘nggi yetti yilda sport bilan shugullanadigan 10-14 yoshdagi bolalarning bo‘yi o‘rtacha 2,3, qiz bolalarning bo‘yi 2 sm ga o‘sgan, vazni esa tegishli ravishda 2,6 va 2,9 kg ga oshgan, ko‘krak aylanishi 5 sm ga kengaygan, buining yorqin dalilidir.
Tumanda sportga mehri baland qizlarning sport kiyimlari bilan ta’minlanishi ularning safini yana kengaytiradi. Qizlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi ularning nafaqat salomatligida, ayni paytda qadri-qomati to‘g‘ri shakllanishida, yurish-turishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, har tomondan sog‘lom vоyaga yetishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Prezidentimizdan cheksiz minnatdormiz, - deydi 1-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi ^^Xadicha Bozorova^^. Dugonalarimning sport to‘garagida katnashayotganiga qiziqib, sportning voleybol turi bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etyapman. Sportning bu turi meni chaqqon harakat qilishga o‘rgatib, qadri-qomatimning tik o‘sishiga yordam bermoqda. Sport kiyimlari ixcham va bejirimligi bilan bizga juda manzur bo‘ldi. Biz, kelgusida yurtimiz sharafini himoya qiladigan yetuk sportchi bo‘lish uchun intilib, mashg‘ulotlarda yana-da faol ishtirok etamiz.
O‘quvchi-qizlarga Prezident sovg‘alarining tantanali topshirilishi ularning ota-onalari qalbida ham cheksiz quvonch va faxr-iftixor tuyg‘ulari uyg‘otmoqda.
Farzandlarimizning ta’lim-tarbiya olishi, mustaqil izlanib, o‘z salohiyatini keng namoyish etishi uchun barcha sharoit yaratilgan, - deydi tumandagi Xojgi mahallasida istiqomat qilayotgan ^^Shobida Bibitova^^. Sport o‘g‘il-qizlarimizning sog‘lom ulg‘ayishiga, mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirishga ko‘maklashmoqda. Kenja farzandim ^^Nafisa^^ darsdan bo‘sh vaqtlarida sportning basketbol turi bilan shug‘ullanadi. Boshqa tengdoshlari qatori ^^Nafisa^^ga ham chiroyli sport kiyimlari topshirilganligi bizni g‘oyat ruhlantirib yubordi. Uning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yana-da ko‘proq sharoit yaratib beramiz. Albatta, bularning barchasi mamlakatimizdagi tinchlik, osoyishtalik va Yurtboshimizning bolalarimizga ko‘rsatayotgan cheksiz g‘amxo‘rligining samarasidir.
Article
SPORTCHI QIZLARGA PREZIDENT SOVG‘ASI
Total words
806
Unique words
552
Annotated anthroponyms
6
Toponyms
8
TTR
0.685
Hapax
431
Distribution
Top frequency chart
Dataset