🔍

Article

NEFTNING NARXI OSHDI

By TASS • in 1977

Main text: Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotining tozalanmagan neftning birlamchi narxini oshirish toʻgʻrisidagi qarori kuchga kirdi. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar neft sanoati ministrlarining oʻtgan yil dekabr oyida Qatarda boʻlib oʻtgan konferensiyasida mazkur qaror qabul qilingan edi. Ushbu qarorga muvofiq, shu tashkilotga kirgan neft qazib chiqaruvchi oʻn uch mamlakatdan oʻn bir mamlakat neftning narxini tahminan 10 protsent oshirganliklarini eʼlon qildilar.
Saudiya Arabistoni bilan birlashgan arab amirliklari oʻz savdo gumashtalarini neftning narxini taxminan 5 protsent miqdorida oshiramiz, deb xabardor qildilar. Saudiya Arabistoni shu bilan birga bu yil jahon bozoriga neft sotishni 40 protsentdan ham ziyod koʻpaytirish niyatida ekanligini bildirdi.
“Nyu-York tayms” gazetasining uqtirib oʻtishicha, bunday rejalar neft sotishni koʻpaytirish orqali uning narxini tushirishga va shu yoʻl bilan Qatarda chiqarilgan qarorni beburd qilishga qaratilgandir. Mana shularning hammasi neft sotishni koʻpaytirish natijasida Arabistonda neftni qazib chiqarish va realizatsiya qilishda hal qiluvchi mavqega ega boʻlgan Amerikaning yirik korporatsiyalari qoʻshimcha ravishda 2 milliard dollar miqdorida foyda olishini bildiradi, deb taʼkidlamoqda gazeta.

Total words

159

Unique words

123

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.774

Hapax

99

Distribution

Top frequency chart

Dataset