🔍

Article

FARG‘ONADA KENG KO‘LAMLI BUNYODKORLIK ISHLARI BOSHLANDI

By Muhammadjon OBIDOV, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri • in 2012

Davlatimiz rahbari $$Farg‘ona$$ga tashrifi chog‘ida viloyat markazida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari, shahar rivojida shaharsoslik arxitekturasi, uning zamonaviy talablariga binoan qimmatli maslahatlar bergan edi.
Shundan kelib chiqib, Prezidentning «$$Farg‘ona shahri$$ning bosh rejasini amalga oshirish, 2012-2015 yillarda ijtimoiy va transport-kommunal infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori bo‘yicha bugun shaharda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
$$Farg‘ona$$ Sharq va G‘arb shaharsozligining zamonaviy va milliy an’analarini o‘zida mujassam etgan betakror ma’muriy-madaniy markazga aylanishi shubhasiz. Shaharning yo‘l-transport tizimini takomillashtirish, uning me’moriy ko‘rinishi, bozor infratuzilmasini yangilash, kommunal tuzilmasini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish, ekologik zararli va aholi salomatligiga ta’sir ko‘rsatadigan korxonalarni ko‘chirish, yangi obyektlar qurish bilan bog‘liq manziliy ro‘yxat shunga xizmat qiladi.
Ming o‘rinli «San’at saroyi» qurilib, saroy va amfiteatr atrofidagi hudud obod etiladi, manzarali daraxtlar o‘tkazilib, ikkita rangli-musiqali favvora quriladi, yo‘laklar, sug‘orish tizimi, kichik me’moriy shakllar va tashqi yoritish tarmog‘i barpo etilib, har tomondan ko‘rkam istirohat maskani yaratiladi. Mazkur ko‘chada lazerli shoular o‘tkazish uchun jihozlangan 500 o‘rinli amfiteatr bunyod etiladi. Bundan tashqari, shahar hududida yana uchta rangli-musiqali favvora quriladi.
[Ahmad Farg‘oniy] nomli madaniyat va istirohat bog‘i rekonstruktsiya qilinadi, hududni takomillashtirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlash uchun yaxlit ishlar qilinadi, yangi attraksionlar va boshqa obyektlar quriladi.
«Bolalar bog‘i» rekonstruktsiya qilinadi, undan 11 ta attraksion, 2 ta «Muzqaymoq» va «Yaxna ichimliklar» kafelari, «Esdalik sovg‘alar» do‘koni joy oladi.

$$«Kamolot» YOIH viloyat bo‘limi$$ binosi rekonstruktsiya qilinadi va jihozlanadi, uning tarkibida $$«Yoshlar markazi»$$ barpo etiladi.
$$«Bolajon» akvaparki$$ takomillashtiriladi, uning hududida kuz va bahorda faoliyat ko‘rsatadigan akvarium va usti yopiq suvli attraksionlar quriladi.
$$«Bolajon»$$ akvaparki va $$[Ahmad Farg‘oniy] nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i$$ o‘rtasida $$«Kamalak» bolalar o‘quv markazi$$, $$Bolalar istirohat bog‘i$$ yaratiladi.
Shahardagi$$ «Ziyorat», «Do‘stlik», «Farg‘ona», «777» mehmonxonalar$$ rekonstruktsiya qilinadi va yangi binolar qad rostlaydi.
Bosh rejaga asoslanib, eski binolar o‘rnida 60 dan ortiq ko‘p qavatli turar-joy binolari va savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari barpo qilinadi.
Mazkur qarorga muvofiq Farg‘ona shahrida umumiy uzunligi 84,8 km bo‘lgan umumfoydalanuvchi avtomobil yo‘llari, shahar ko‘chalari va ko‘priklar qurish, qayta qurish hamda ta’mirlash ishlari olib boriladi, - deydi $$«Farg‘onaavtoyol»$$ hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori, O‘zXDPdan viloyat Kengashi deputati [Abdulboki Sharopov]. Shu tariqa 2012-2015 yillar davomida 17 ta obyektda 150,1 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Rejaga ko‘ra, Farg‘ona shahri Katta halqa yo‘lining 14 km qismi to‘liq qurib tugallanadi, shu bilan birga, 14 ta ko‘prik qurilishi ko‘zda tutilgan.
Shaharning ijtimoiy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha bolalar bog‘chalari, maxsus maktab-internatlar, umumta’lim maktablari kapital ta’mirlanadi, uchta yangi bolalar bog‘chasi quriladi.
Dasturda, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Jumladan, $$Olimpiya zahiralari-kasb-hunar kolleji$$ga yopiq suzish basseyni qurib bitkaziladi. $$«Delfin» suzish basseyni$$ kapital ta’mirlanadi. Sport zallari, bolalar sport majmualari qad rostlaydi.
Farg‘ona davlat universiteti, politehnika institutining o‘quv binosi, talabalar turar-joyi kapital ta’mirlanadi. $$Farg‘ona politehnika instituti$$ uchun yangi sport zali quriladi.
Kichik halqa yo‘li yoqasida 20 ming tomoshabinga mo‘ljallangan futbol stadioni quriladi, eski stadion o‘rnida shahar Yoshlar sport istirohat bog‘i barpo etiladi.
Davlat rus drama teatri binosini rekonstruktsiya qilish, $$Farg‘ona viloyat$$ o‘lka-shunoslik muzeyini kapital ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Bu ishlar puxta o‘ylab, hisob-kitob qilib loyihalashtirilgan, - deydi «Agroqurilish» XJ rahbari [Qurbonali Abdurahmonov]. - $$Farg‘ona$$ga tashrifi chog‘ida Yurtboshimiz shahar qiyofasi qanday tus olishini aniq ravshan aytib bergan edi. Buni biz quruvchilar oq fotiha deb qabul qildik. O‘sha kundan boshlab o‘nlab qurilish tashkilotlari, qudratli texnik vositalar, barcha farg‘onaliklar eng shimari-b bunyodkorlik ishiga kirishgan.
Hozir $$Kichik halqa yo‘li$$, $$Yoshlar saroyi$$, shahar markazi, San’at saroyi, «Quvasoy» ko‘chasi, qo‘yingki, barcha inshoot va obyektlarda ish qizg‘in. Arxitektor, mutaxassis-muhandis, ekolog, irrigator, sifat inspektori, hamma-hamma qo‘lni-qo‘lga berib, bir tanu bir jon bo‘lib shaharning obod etishga kirishgan.
Ko‘chalarimiz tor, uylarimiz pastqam va ko‘rimsiz edi, - deydi $$«Quvasoy» ko‘chasi$$da yashovchi ^^Mavluda Otaxonova^^. - Bizga yangi loyihani, qurilajak ko‘cha va uylar maketini ko‘rsatishdi. Mahallamiz ahli quvonchdan chapak chalib yubordi. Qurishni boshlasangiz, biz ham qarab turmaymiz, sizlarni qo‘llovchi bo‘lamiz, dedik.
Prezidentimiz farzandlarimiz munosib hayot kechirsin deb shunday ezgu ishga bosh bo‘libdi, - deydi ^^Muborakhon Hoshimova^^. - $$Toshkent$$, $$Andijon$$, $$Samarqand$$, $$Namangan$$, $$Qo‘qon$$ga yo‘limiz tushsa, havas qilardik. Farg‘ona ham ulardan kam bo‘lmaydi.
E’tibor bering, bu fikrni ko‘chalar kengayishi munosabati bilan uylar olinadigan xonadon egalari aytayaptilar. Chunki ular ertangi kun, ertangi shahar bundan go‘zal va fayzli bo‘lishiga ishona-di.

-Eski bo‘lsa-da, uyimiz bozor narxida qayta baholandi, kadastr hujjatlari tayyorlandi, unga ko‘ra, viloyat tijorat banklari orqali bizga naqd pul shaklida uy haqi to‘landi, shaharning beshta hududidan yangi uy-joy qurishga yer tanlash imkoniyati berildi, qurilish uchun zamonaviy loyihalar taklif etildi. Biz ikki qavatli, hamma imkoniyat muhayyo yangi uy loyihasini tanladik, shunday kunlarga yetkazganiga shukr, - deydi $$Oqariq mahallasi$$dan ^^Donokhon aya Nabieva^^.
Shahar markazidagi ko‘chada qudratli texnikalar tinim bilmaydi. Bir lahza o‘tib, ularning shovqini o‘rnini doira, jaringi va yoqimli ashula egalladi. O‘zbekiston xalq artisti ^^Yorqinoy Xotamova^^ doirani qar-sillatib lapar aytib, hammani o‘yinga chorladi.
Shahrimizda shunday o‘zgarish bo‘layotganida, men qanday qilib uyda o‘tiraman, - deydi el sevgan san’atkor. - Doira chalib, quruvchilar ko‘nglini xush etib, katta ishga ulush qo‘shib yuribman.
Opaning yonida $$^^Zulfiya^^ nomidagi Davlat mukofoti$$ga sазo-вор bo‘lgan $$Farg‘ona Davlat universiteti$$ talabasi ^^Dilnavoz Qo‘ldosheva^^ ham bor. Bir payt u Vatan qadri, millat fахri haqida to‘lqinlanib she’r o‘qiy boshladi.
Qanday ajoyib xalqimiz bora, - deydi $$«Nurоniy» jamg‘armasi$$ viloyat bo‘limi rahbari, O‘zXDPdan viloyat Kengashi deputati [Topiboldi Kholdorov]. - Kecha $$Chimyоn qishlog‘i$$ faxriylaridan biri bir qop qantak o‘rikni quruvchilarga tarqatdi. Hamma ezgu ishga hissa qo‘shsam deydi. Yillar o‘ta-di, loyihalar ko‘zlarni quvontiradigan imoratlarga aylanadi. Har tomondan ko‘rkam va betakror shaharda unib-o‘sgan avlod bizdan minnatdor bo‘ladi. Eng muhimi ular bizdan ko‘ra, Prezidentimiz orzu qilganidek bilimli, kuchli, va albatta baxtli bo‘lishadi.

Total words

857

Unique words

590

Annotated anthroponyms

11

Toponyms

30

TTR

0.688

Hapax

452

Distribution

Top frequency chart

Dataset