🔍

Article

TA’LIMNING O‘ZBEK MO‘JIZASI

By Fazliddin HIKMATOV, O‘zbekiston Milliy universiteti … • in 2012

$$Toshkent$$da tashkil etilgan «Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzusidagi xalqaro konferensiyada nufuzli xorijiy tashkilotlar va moliya institutlari vakillari bilan bir qatorda, $$Buyuk Britaniya$$, $$Germaniya$$, $$Italiya$$, $$Xitoy$$, $$AQSH$$, $$Janubiy Koreya$$, $$Yaponiya$$, $$Rossiya$$ kabi dunyoning 48 davlatidan 270 nafar ta’lim tizimi rahbarlari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro anjuman munosabati bilan chet ellik mehmonlarning $$Toshkent shahri$$ va respublikamizning turli viloyatlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlariga tashrifi amalga oshirildi. Bu bilan mamlakatimiz ta’lim sohasi mutaxassislarining chet ellik hamkasblari bilan yuzma-yuz muloqot qilishlariga va o‘zaro fikr almashishlariga katta imkoniyat yaratildi.
Ilmiy anjuman doirasida bir guruh chet ellik mehmonlar $$[Mirzo Ulug‘bek] nomidagiO‘zbekiston Milliy Universiteti$$ga ham tashrif buyurdilar. Ular orasida $$Sibir davlat geodeziya akademiyasi$$ning innovatsion faoliyat va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, professor [A. Seredovich] ham bor edi. Geodeziya va kartografiya sohasida nafaqat Rossiya, balki chet elda ham e’tirof etilgan olim O‘zMUda faoliyat ko‘rsatayotgan Geodeziya, kartografiya va kadastr, Quruqlik gidrologiyasi kabi kafedralar faoliyati bilan tanishdi, o‘quv xonalari va laboratoriyalarning kompyuterlar va geografik informatsion tizimni qo‘llashga imkon beradigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanganligidan hayratga tushdi. U o‘zining tashrifi davomida O‘zMU rektori professor [E. Muhamedov] bilan uchrashib, bo‘lib o‘tgan muloqot davomida professor [A. Seredovich] O‘zMU bilan $$Sibir davlat geodeziya akademiyasi$$ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasini tuzish tashabbusi bilan chiqdi.
Anjumaning yalpi majlisida so‘zga chiqqan [M. Lomonosov] nomidagi $$Moskva davlat universiteti$$ (MDU) rektori [V. Sadovnichiy]ning mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarga bergan yuksak bahosi qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi. Ma’ruzachi Prezident [Islom Karimov] tashabbusi bilan $$Toshkent$$da MDUning filiali tashkil etilganligi va uning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Favqulodda u birdan mavzuni o‘zgartirib, 2011 yil fiziologiya va medicina sohasida $$Nobel mukofoti$$ laureatlari [Ralf Shteynman] (AQSh), [Jüль Hoffmann] (Fransiya) va [Bryus Boytlerlar]ning (AQSh) orttirilgan immunitet tanqisligi bo‘yicha olamshumul kashfiyotlariga to‘xtaldi. [V. Sadovnichiy] so‘zida davom etar ekan, ushbu holatni quyidagi tarzda izohlatdi: $$[Mirzo Ulug‘bek] nomidagi O‘zMU$$ biologiya fakulteti bitiruvchisi, bugungi kunda esa $$Moskva davlat universiteti$$ aspiranti [Ruslan Majidov]ning shu yo‘nalishda erishgan yutuqlari ular-kinigidan qolishmasligini alohida e’tirof etdi. O‘zbekistonlik yosh olim erishgan bu yutuq O‘zMU bilan MDU o‘rtasidagi ilmiy va amaliy hamkorlikning natijasi ekanligini ta’kidladi. O‘z so‘zining yakunida u shunday hamkorlikni rivojlantirish kelajakda har ikki tomon uchun yanada istiqbolli ekanligini izhor qildi.

Prezidentimiz anjumandagi ma’ruzasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning tegishli oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini va mazkur forumning asosiy maqsadlaridan biri ham aynan shu masalaga qaratilganini ta’kidladi.

Bugungi kunda O‘zMU geografiya fakulteti quruqlik gidrologiyasi kafedrasi magistratura bosqichi bitiruvchisi [Ruslan Murakaev] MDU professori [N. Alekseevskiy] rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida turibdi.

Shuningdek, O‘zMU olimlari MDU qo‘shida faoliyat ko‘rsatayotgan Suv eroziyasi va o‘zan jarayonlari muammolari bo‘yicha Xalqaro Muvofiq-lashtiruvchi Kengash prezidiumi a’zolari bo‘lishi bilan bir vaqtda, ushbu nufuzli tashkilot tomonidan o‘tkazilayotgan ilmiy anjumanlarning faol ishtirokchilaridir.

O‘zMU tadqiqotchilarining gidrologiya fanining ushbu yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlari e’tirof etilib, ular 2005 yilda MDU rahbariyatining faxriy yorligi bilan taqdirlandi.

Bunday o‘zaro hamkorlik ishlari O‘zMU bilan $$Rossiya Gidrometeorologiya universiteti$$4 (Sankt-Peterburg) o‘rtasida ham yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kungacha mazkur oliy ta’lim dargohida O‘zMU gidrometeorologiya yo‘nalishi bitiruvchilaridan [K. Qodirov], ^^S. Nurislomova^^ ^^G. Hamidova^^. ^^N. Bazarova,^^ ^^S. Yeremina^^, ^^G. G‘ulomova^^lar magistratura bosqichini o‘tgan bo‘lsalar, dastlabki ikkitasi ayni paytda shu oliy o‘quv yurti aspiranturasida tahsilni davom ettirmoqda.

O‘zMU gidrometeorologiya yo‘nalishi bakalavriatura bosqichi bitiruvchisi [A. To‘laganov] Jahon Meteorologiya tashkiloti grantini qo‘lga kiritib, Hindistonning Rurki shahridagi nufuzli universitet magistraturasini bitirdi. Hozirgi kunda u poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan Davlatlararo Muvofiq-lashtiruvchi Suv xo‘jaligi komissiyasining Ilmiy axborot markazi yetakchi mutaxassisi sifatida ishlamoqda. Shuningdek, O‘zMU Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi magistratura bosqichi bitiruvchilari [F. Umirzoqov] va [S. Qodirovlar] o‘qishni $$Germaniya$$ oliy o‘quv yurtlari aspiranturasida davom ettirmoqdalar.

Anjuman ishida $$Buyuk Britaniya$$lik siyosatshunos olim [Charlz Klark] bilan tanishdik va u bilan qisqa muloqotda bo‘ldik. Aniqrog‘i, uning o‘zi bizni suhbatga tortdi. [Charlz Klark], bizga «O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘qish bir xil olib boriladimi?» degan savol berdi. Va fikrini davom ettirdi: «Aytmoqchimanki, markaz - Toshkentdagi ta’lim jarayoni regionlardagi bilan bir xilmi yoki farq qiladimi?»

Biz uning savoliga javob sifatida, Prezidentimizning forumdagi ma’ruzasida qayd etilganidek, ta’limning barcha bosqichlari umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’limning bakalavriatura va magistratura bosqichlari maxsus me’yoriy hujjatlar (davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, fanlarning namuna dasturlari) bilan to‘la ta’minlanganligini aytdik. Ularning har 3-5 yil davomida takomillashtirib borilayotgani alohida qayd etildi. Mamlakatimizning barcha hududlaridagi ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni ana shu me’yoriy hujjatlar asosida bir xil olib borilishini tushuntirib berdik.

Ta’lim sohasiga bunday yondashuv yuksak natijalar berayotganini mamlakatimiz yoshlari dunyo miqyosida o‘tkazilayotgan xalqaro fan olimpiadalarida erishayotgan yutuqlarida ham o‘z aksini topayotganligini gapirib berdik. Fikrimiz dalili sifatida janob [Charlz Klarkka] tarjimon sifatida biriktirilgan qizimizning markazdan yoki viloyatdan ekanligini so‘rab ko‘rishini iltimos qildik. [Charlz Klark]ning savoliga tarjimon qizimiz ingliz tilida biiron-biiron gapirib, o‘zining $$Samarqand viloyati$$ning tog‘li qishlog‘idan ekanligini bildirdi. «Ta’limda mo‘’jiza», dedi suhbatimiz so‘ngida hayratlanib [Charlz Klark].

Xulosa qilib aytganda, ushbu anjuman nafaqat O‘zbekistonlik mutaxassislar, balki unga chet mamlakatlardan tashrif buyurgan ta’lim sohasi olimlari va mutaxassislari uchun ham foydali bo‘ldi. Bu haqida ularning ko‘pchiligi anjumaning yalpi majlisida, uning seksiyalaridagi ma’ruzalarida ham ko‘p marta takrorladilar. Bu fikrlar uning yakuniy hujjati rezolyutsiyasida ham to‘liq aks etgan. Eng muhimi, ushbu rezolyutsiyada O‘zbekistonning ta’lim sohasida tub islohotlarni amalga oshirish natijasida erishgan yutuqlari va bu boradagi tajribasi e’tirof etilib, uni chuqur o‘rganish lozimligi ta’kidlanadi.

Total words

842

Unique words

547

Annotated anthroponyms

29

Toponyms

22

TTR

0.650

Hapax

410

Distribution

Top frequency chart

Dataset