Har bir oila, har bir ota-ona o‘z farzandlari qiyofasida, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod timsolida bilimli, iymon-e’tiqodli, mard va fidoyi insonlarni ko‘radi, ularning baxt-saodatini orzu qiladi. Farzandni yaxshi inson qilib vоyaga yetkazish oiladagi tarbiyadan boshlanadi. $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ «Istiqlbol» yoshlar qanoti Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan hamkorlikda tashkil etgan «Ma’naviy yetuk yoshlarni tarbiyalashda oilaning o‘rni» mavzusidagi tadbirda shu haqida so‘z bordi.
[Akmal TURSUNBOEV], $$O‘zXDP «Istiqlbol» yoshlar qanoti yetakchisi$$:
Prezidentimizning «Mustahkam oila yili» davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorida yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarda oila va jamiyat oldidagi g‘urur va mas’uliyat hissini kuchaytirish, farzandlarni xalqimiz e’zozlaydigan qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunda, xususan, oila qurish va uni mustahkamlashda yuzaga kelayotgan muammolarni atroflicha o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, yoshlar o‘rtasida targ‘ibotni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega.
Bu partiyamiz Saylovoldi dasturida yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar bilan hamohang. $$«Istiqlbol» yoshlar qanoti$$ bu borada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda. Qanot safiga 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 110 ming nafar-dan ortiq yigit-qiz birlashgan. Bu katta kuch, albatta. Qanot a’zolari yoshlarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha turli mavzularda o‘tkazib kelinayotgan mintaqaviy anjuman, o‘quv-seminar va davra suhbatlarida faol qatnashmoqda. Mustahkam oila yilida jamiyat oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda qanot munosib ishtirok etishga intilmoqda. Bu yanada faol bo‘lishni, yoshlar uchun foydali bo‘lgan hayotiy tashabbuslar bilan chiqishni taqozo etadi.
[Bekzod KHOLMATOV], Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining mas’ul xodimi:
Yosh avlodni tarbiyalashda oilaning ahamiyati katta. Chunki oila ma’rifat beshigi, jamiyat asosi hisoblanadi. Kishida atrofdagilarga yaxshilik qilish, shu maqsadda ezgu ishlarga intilish hissi avvalo oilada shakllanadi. Bunda oiladagi muhit, ta’lim-tarbiya muhim o‘rin tutadi.
Bu borada, ayniqsa, yosh oila a’zolari yaxshi tasavvurga ega bo‘lishi muhim. Biz fuqarolik jamiyatining turli institutlari bilan hamkorlikda shunga e’tibor qaratayapmiz. Xususan, joylarda abularga huquqiy, iqtisodiy maslahat berish bilan birga, ma’naviy muhit tozaligi oila mustahkamligining asos ekanini ko‘proq targ‘ib qilishimiz kerak.
[Akmal UMARALIEV], $$«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati$$ Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari:
Sog‘lom fikrli, vaziyatga xolis baho berib, oqilona xulosa chiqaradigan inson zararli ta’sirlardan xoli bo‘ladi. Bunday kishi oila tinchligi va farovonligi uchun o‘zida mas’uliyat hiss qiladi. Mas’uliyatli yoshlar safigi kengayishi oilalar osudaligini, yurt taraqqiyotining garovidiri. Shundan kelib chiqib, milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish lozim, deb o‘ylayman. Vatan-parvarlik, ajdodlar merosini hurmat qilish, uni asrab-avaylashga bag‘ishlangan tadbirlarni ko‘proq tashkil qilish foydali bo‘ladi. Bu ishga el-yurt nazaridagi kishilarni, taniqli olim va yozuvchilarni jalb etsak, yoshlar ularning boy hayotiy tajribasidan bahramand bo‘ladi. Bu yigit-qizlarning ma’naviyatini boyitishda yaxshi samara beradi.
Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, boladagi iste’dodni shakllantirish borasida «Istiqlbol» qanoti ko‘proq tashviqot olib borishi, bu borada maxsus yangi loyihalar ishlab chiqishi kerak, deb o‘ylayman. Chunki kasb-hunarga ega yigit-qiz hayotdan o‘z o‘rnini topadi, oilasi va jamiyatga nafi tegadi. Azaldan ota-bobolarimiz shu maslak bilan yashagan.
Biz yoshlar bunga alohida e’tibor berishi lozim.
^^Gavhar ALIMOVA^^, $$Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasi$$ raisi o‘rinbosari:
Jamg‘armamiz oilalar duch kelayotgan muammo va masalalarni hal qilishga amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, ota-onalarning oila oldidagi mas’uliyatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ota-ona ma’rifatli bo‘lsa, farzand bilimga chanqoq bo‘ladi, doim o‘qib o‘rganadi.
Oila - mahalla - maktab hamkorligi bu borada yaxshi samara beradi. Yoshlar ta’lim-tarbiya-siga doimiy e’tibor qaratish, mazkur hamkorlikni kuchaytirish borasida ko‘p ishlar qilinmoqda. Yosh avlodni salbiy illatlarning ta’siridan asrash, ularga hayotda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan zararli oqimlarga qarshi turishda oilaning o‘rnini mustahkamlash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirda, shuningdek, O‘zXDP Markaziy Kengashi «Faol ayollar» qanoti rahbari ^^Mukhtasar Abdurahmonova^^, $$Milliy g‘oya ilmiy-amaliy markazi$$ xodimi [Anvar Yakhshiev], O‘zDJTU talabasi ^^Qumar Bekniyazova^^, Toshkent davlat agrar universiteti talaba-si [Hasanboy Ne’matov], «Istiqlbol yoshlar qanoti $$Zangiota tuman bo‘limi yetakchisi$$ ^^Barno Ergasheva^^ so‘zga chiqib, Mustahkam oila yilida qanot oldida turgan vazifalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimi, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, bu borada $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$dagi partiyamiz fraksiyasi va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikni takomillashtirish zarurligi qayd etildi.