^^Adolat^^ gazetасining shu yil 11 fevral sonida «Qog‘ozda bajarilayotgan ishlar» sarlavhali maqola chop etildi. Unda $$Chortoq tumani$$da yoshlarning bandligini ta’minlashda tuman hokimi va XDPning mutasaddi vakillari quruq so‘zdan amaliy harakatga o‘tmayotgani haqida so‘z boradi.
Bandlik masalasi dolzarb ekanini inkor etib bo‘lmaydi.
Ammo maqola muallifi har masaladan bir chimdimdan gapirishi, $$Chortoq tumani$$dagi haqiqiy ahvoldan ham bir chimdim xabardorligini ko‘rib, asli maqsadi nimaligini bilish qiyin. Agar bandlik masalasini ko‘tarmoqchi bo‘lsa, tumandagi ahvol bilan chuqurroq tanishib, yutuq va kamchiliklarni tahlil etib, fikr yuritishi lozim edi. Lekin u tanqid uchun tanqid yozganga o‘xshaydi.
Partiyalararo bahs-munozaralar matbuotda ifodalanayotgani yaxshi, albatta. Faqat bu munozara xolislik asosida, xalqimizga xos madaniyat bilan chegaralanishi kerak, albatta.
«Birgina $$Chortoq tuman$$ hokimligining tashkiliy nazorat bo‘limidan olingan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan 2010 yil davomida xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida aholini, jumladan, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi bor-yo‘g‘i bir marotaba ko‘rib chiqilgan, xolos», deyiladi «^^Adolat^^»dagi maqolada.
Savol tug‘iladi: bir masala xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida bir yil ichida necha marta ko‘rib chiqilishi kerak?
Qolaversa, 47-$$Chortoq saylov okrugi$$dan $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ deputati ^^Dilbar Xolikova^^ tumanida mahalliy Kengashlar deputatlari bilan maxsus yig‘ilish o‘tkazib, xuddi shu bandlik muammosi va unda aynan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha qator rejalar belgilagan. Deputatning tashabbusi bilan $$O‘zXDP viloyat$$ kengashi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi $$XDP$$ deputatlik guruhi masala bo‘yicha monitoringni yo‘lga qo‘ygan. Bu harakat uzluksiz davom ettirilmoqda.
Tuman hokimligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2010 yilda tumanida jami 4253 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Soha bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish hisobiga 115 ta, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni oshirish hisobiga 1471 ta, kichik biznes va mikrofirmalar, jumladan, sanoat korxonalari tashkil qilish hisobiga 198 ta, qurilish va pudrat tashkilotlari hisobiga 150 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 417 ta, uy mehnatining barcha shakllarida, jumladan, kasanachilik hisobiga 1806 ta, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobiga (parrandachilik, baliqchilik, issiqxona va boshqalar) 170 ta ish o‘rni yaratilgan.
Yaratilgan ish o‘rinlari fermerlar hisobiga maqolada qayd etilganidek 80 foiz emas, balki qariyb 4 foizga to‘g‘ri kelmoqda.
Yuqorida qayd etilgan ishlarda $$«^^Adolat^^» SDP$$ning qanday hissasi bor? $$O‘zXDP$$ va tuman hokimini amalda emas, qog‘ozda yangi ish o‘rni yaratmoqda deb ayblagan «^^Adolat^^»ning o‘zi bu borada nimani qoyil qilgan? Yoki sotsial partiya bo‘la turib yangi ish o‘rinlari yaratilishiga o‘zini daxli yo‘q deb hisoblaydimi?
2009 yilda bo‘lib o‘tgan $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ va mahalliy Kengashlarga deputatlik saylovlarida qaysi partiya o‘zining aniq maqsadli saylovoldi dasturlari bilan saylovchilar orasida faol ishlagan bo‘lsa, saylovchilar ishonchini qozonib, siyosiy sinovdan o‘tgani bor gap. Jumladan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlardan tuman Kengashi deputatligiga 17 nafar, tuman hududidan viloyat Kengashiga 2 nafar, $$Oliy Majlis Qonunchilik palatasi$$ga 1 nafar deputat saylangan.
Bu o‘rinda yana bir jihatga e’tibor beraylik. O‘tgan saylovda tuman Kengashi deputatligi uchun $$O‘zXDP$$dan 30 nafar, $$O‘zMTDP$$dan 30 nafar, $$O‘zLiDeP$$dan 28 nafar nomzod ko‘rsatilgan, $$«^^Adolat^^» SDP$$dan esa 30 deputat o‘rni uchun zo‘rg‘a 12 nafar nomzod ko‘rsatilgan, xolos. Bu $$«^^Adolat^^» SDP$$ning salohiyati, siyosiy partiya sifatida qanchalik shakllanganidan dalolat emasmi?
Qolaversa, tuman kengashida siyosiy partiyalardan saylangan 30 nafar deputatning har biri saylov okruglarida qanday ishlarni amalga oshirishlari, xususan, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha aniq dasturga ega. Bu dasturlarning bajarilishi tuman Kengashi tomonidan monitoring qilib borilmoqda. 2010 yil davomida tuman Kengashi deputatlarining bevosita tashabbusi bilan jami 237 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Tumanida 2009–2010 o‘quv yili davomida kasb-hunar kollejlari 3141 nafar yigit-qizni bitirgan. Ammo ularning 2856 nafari o‘tgan yiliyoq o‘z ixtisosligi bo‘yicha ishga joylashgan. Qolgan 285 nafar talabadan 98 nafari oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan, 8 nafari yashash joyini o‘zgartirgan, qolgan 184 nafari esa (qizlar turmushga chiqib) farzand ko‘rgani uchun bola tarbiyasi bilan band.
Tuman Kengashining uchinchi sessiyasida (2010 yil 13 oktyabr) «Tumanida 2011 yilda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash hududiy dasturlari loyihalarining muhokamasi to‘g‘risidagi masala» ko‘rib chiqilgan. Xuddi shu sessiyada ikkinchi masala sifatida «Inqirozga qarshi choralar: 2009–2012 yillarga mo‘ljallangan dasturining tumanidagi ijrosi to‘g‘risida» hamda to‘rtinchi sessiyada (2010 yil 30 dekabr) $$«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi$$ning 2009 yil 24 avgustdagi “2009–2012 yillarda Namangan viloyatida kichik biznes, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi” 246-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida tumanida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risida»gi masala atroflicha ko‘rib chiqilgan.
Birgina to‘rtinchi sessiya yig‘ilishidagi muhokamada 16 kishi so‘zga chiqqan. Ularning 7 nafari $$XDP$$dan saylangan deputatlar. Sessiya hujjatlarida masala yuzasidan $$O‘zXDP tuman kengashi$$ raisi [J. Qodirov]ning ham so‘zga chiqqani va kun tartibidagi masala bo‘yicha aniq taklif-mulohazalar bildirgani qayd etilgan. Shuningdek, mazkur sessiyada tuman Kengashi raisi, tuman hokimi [Alisher Boyxanov] bir yillik faoliyati yuzasidan hisobot bergan.
Bu ma’lumotlarni birma-bir keltirishdan maqsad shuki, agar «^^Adolat^^» gazetasi muxbiri masalaga xolis yondashib, tuman hokimligiga, $$XDP tuman$$ kengashiga, boringki, o‘z partiyasining tuman kengashiga murojaat etganida, aniq ma’lumotlar olar, mavzuni chuqurroq o‘rganar edi.
O‘tgan yili tuman hokimligi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda 6 marta mehnat yarmarkasi o‘tkazgan. Unda 755 nafar, shundan 475 nafari yoshlar, (382 nafari ayollar, 319 nafari kollej bitiruvchilari) ish o‘rinlari bilan ta’minlangan.
Yoshlarni, umuman, tuman aholisini ish bilan ta’minlash masalasi haftaning har dushanba kuni hokimlikda bo‘ladigan yig‘ilishda ustuvor vazifa sifatida atroflicha ko‘rib chiqiladi. Mutasaddilarga aniq topshiriqlar berib boriladi.
Tumanida o‘tgan 2010 yilda aholiga xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishni, xususan, sanoatni yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Jumladan, $$«Chortoq sanatoriysi»$$ hududida $$«Chortoq shifobaxsh suvlari$$» MCHJ tomonidan mineral suv quyish liniyasi, $$O‘ykiron qishlog‘i$$da $$«Ixlos Chortoq javohiri»$$ MCHJ tomonidan qolipli non va o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish liniyalari, [Rahimjon Umarov] nomli hamda $$«O‘ykiron Marhamat tekstil» xususiy korxonalari$$ tomonidan ipak matolar ishlab chiqarish tsexi, Muchum qishlog‘ida $$«[Ozodbek] [Samandar] [Muhammad]» xususiy korxonasi$$ tomonidan trikotaj matolar ishlab chiqaruvchi korxona, $$Hazratishoh qishlog‘i$$da $$«^^Ziyoda^^ ^^Mohira^^ [Komron] tex» xususiy tikuvchilik korxonalari$$ kabi 10 dan ziyod korxonalar ishga tushirildi.
$$Koroskon qishlog‘i$$da $$«Chortoq texnik ta’mirlash va butlash korxonasi»$$ tomonidan yilliga 6,0 mln dona pishiq g‘isht ishlab chiqarish quvvatiga ega $$«Koroskon g‘isht zavodi»$$ ishga tushirilib, 80 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.
$$Chortoq shahri$$da $$O‘zbekiston–Koreya «Chortoq-Deyxan tekstil» qo‘shma korxonasi$$ faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ishlovchilar soni 45 nafardan 75 nafarga yetkazildi.
Bu kabi bunyodkorlik ishlaridan bexabar holda «rejalar qog‘ozda bajarilmoqda» deyish adolatdanmi? Afsuski, «^^Adolat^^» muxbiri bildirgan da’volar haqiqiy holatga mutlaqo mos kelmaydi.
Tumanida 2011 yilda barcha manbalar hisobidan 4586 ta yangi ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan. Shu asosda tuman dasturi ishlab chiqilgan va xalq deputatlari tuman Kengashining 2010 yil 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida tasdiqlangan.
Dasturda qayerda, qancha muddatda, qancha ish o‘rni tashkil etilishi aniq ko‘rsatilgan. Tumanida sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va boshqa sohalarga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, tumanida joriy yilda 11 ta issiqxona, 3 ta parrandachilik, 4 ta baliqchilik, 4 ta asalarichilik xo‘jaliklari tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu ishlar amalga oshirilishi natijasida 142 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
$$Chortoq tumani$$ning qishloq xo‘jaligi uzumchilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashgani sababli 2011 yilda 250 gektar maydonda yangi bog‘lar tashkil etish, shundan 50 gektar yer maydonida intensiv bog‘lar yaratish bo‘yicha intilishlarni ko‘rib, mamnun bo‘lasan kishi. Axir, mazkur bog‘lar tashkil etilishi hisobiga 500 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Har haftaning shanba kuni tuman hokimligi tomonidan tadbirkorlar uchun «Ochiq eshiklar kuni» deb e’lon qilinib, tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tadbirkorlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Xullas, tumanida aholini ish bilan ta’minlash dasturi doimiy diqqat-e’tiborda. Uning ijrosini ta’minlashda tuman faollari, siyosiy partiyalardan saylangan deputatlar birdek faoliyat ko‘rsatmoqda. Bularni ko‘rmasdan, bilmasdan maqola yozish, kimnidir asossiz ayblash adolatdanmi?
$$«^^Adolat^^» SDP$$ $$Chortoq tuman kengashi$$ning raisi ^^Habiba Mirabdullayeva^^ bilan ko‘rishgach, maqola muallifi nafaqat boshqalarni, hatto o‘z partiyadoshlarini ham noqulay ahvolga solib qo‘yganiga guvoh bo‘ldik.
– Muxbirning tumanimiz haqida nega bunday yozganiga hayronman, – deydi ^^Habiba Mirabdullayeva^^. – Maqolani o‘qib, rosti, g‘alati ahvolda qoldim. Chunki XDP tuman kengashidagilar bilan hamkorlikda ishlaymiz. Ko‘p ishlarni, hatto tadbirlar o‘tkazishni ham ular bilan bamaslahat amalga oshiramiz. O‘tgan yili partiyamiz ayollar qanotining respublika miqyosidagi seminari tumanimizda o‘tkazildi. O‘shanda tuman hokimiga tashkiliy ishlarda yordam so‘rab murojaat etdim. Kutganimdan ziyod yordam oldim. Bandlik dasturining ijrosi bo‘yicha qancha ishlar qilindi, yana qancha rejalarni amalga oshirishga harakat qilinmoqda. Tuman hokimi ishonchli kuch sifatida XDP tuman kengashi va uning ko‘p sonli deputatlari bilan hamkorlikda ishlayapti.
O‘zXDP boshqa partiyalar o‘rganishga arzigulik tajribaga ega. Muxbir [S. Abdurahmonov]ga shu ma’noda e’tirozim bor. Bu maqola muallifining noxolislik bilan yuritgan fikrlari bayoni, xolos. Maqolani chop etishda bir tomonlama yondashgan «^^Adolat^^» gazetasi ijodiy jamoasi meni hayron qoldirdi.
Qarang, boshqalar-ku mayli, hatto «$$^^Adolat^^» SDP tuman kengashi$$ rahbari ham hayronligini yashirmayapti...
Biz bu partiya nashrida noxolis, asossiz ma’lumotlarni chop etish odatiy holga aylanib olayotganiga ilgari ham munosabat bildirganmiz. Afsuski, hamkasblarimiz bundan xulosa chiqarish o‘rniga, jon-jahdi bilan obro‘ talashmoqda...
Aslida qaysi partiya qandayligi hech kimga sir emas-ku. O‘zimizni boshqacha ko‘rsatishga har qancha urinmaylik, bahoni odamlar beradi. Masalan, $$«^^Adolat^^» SDP$$dan xalq deputatlari tuman, viloyat Kengashlariga qancha deputat saylangan? Hisoblab, qiyoslab ko‘raylik. Shu ahvolda $$«^^Adolat^^»$$ boshqa siyosiy partiyalar faoliyatiga baho berishi, tanqid qilishi qanchalik mantiqqa to‘g‘ri? $$«^^Adolat^^»$$ boshqa partiyalar fikriga, loyihasiga munosabat bildira olsa tushunarli. Ammo agar odamlar nazarida obro‘imni oshiraman deb shu yo‘lni tutayotgan bo‘lsa, qattiq yanglishadi — quruq safsata, yolg‘on gap foyda emas, aksincha, ziyon keltiradi.