🔍

Article

BOBURNING MAMLAKAT BOSHQARUVI VA IQTISODIYOTIGA OID QARASHLARI.

By Hasan Qudratullaev, filologiya fanlari doktori, … • in 2011

“[Bobur]noma” asari dunyoning ko‘plab olimlari tomonidan insoniyat yaratgan o‘lmas obidalar qatorida e’tirof etiladi. Zero, unda ijtimoiy-tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din ta’limoti, tilshunoslik, jug‘rofiya, tabiatshunoslik, ma’dan-shunoslik va boshqa turli sohalarga oid tarixiy ahamiyatini yo‘qotmagan ma’lumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Mazkur kichik tadqiqot buyuk mutafakkirning davlat boshqaruvini nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy jihatdan ham to‘g‘ri tashkil etish xususidagi qarashlari tahliliga bag‘ishlangan.
[Bobur] saltanat xazinasining barqarorligini ta’minlash, undan tejamkorlik bilan foydalanishning qulay usullarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratgan. Mamlakat qudratini yuksaltirish uchun avvalo iqtisodiy masalalarni to‘g‘ri hal etish, daromad manbalarini izlab topish va uni sarflashda aql bilan ish yuritish lozimligiga urg‘u bergan.
Shuningdek, boshqa hukmdorlar tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni, xususan, $$Xuroson$$ amiri [Husayn Boyqaro]ning davlat boshqaruvi usullari va saroydagi a’yonlarning moliyaviy ta’minoti, sarfu xarajatlarini belgilash tartibini jiddiy o‘rganadi. Jumladan, “[Bobur]noma”da shunday yozadi:
“[Mirzo]ning [Sulton Husayn] o‘n to‘rtyakka yigiti bor ekandur va qirq ming yasoklik yigitlari gul ekandur. Va yasoklikka taalluqli ishlar handaq to‘ldirmoqu qazmoq va yo‘l yasamoq va o‘tun, samon xossaga yetkurmoqdur. Va har biriga sakson jerib yer berurlar: mundin qirq tanobi mazru’ qilib hosili xud bari o‘zlari tasarruf qilurlar va yaxshilar alarning ulufasiga hisob qilurlar va qolgan qirq tanobdin ortuq eksalar mol berurlar”.

Bu bilan u [Husayn Boyqaro]ning o‘z askarlariga sakson jerib (qadimiy yuza o‘lchov birligi, aynan tanobga teng. 1 jerib = 1 tanob = 3600 kvadrat gaz. Hozirgi vaqtda ayrim davlatlarda 1 jerib rasmiy ravishda 1 gektarga teng) yer ajratishi, qirq tanobidan olinadigan hosil harbiylarning o‘zlari uchun, qolgan qismi esa mamlakat xazinasini to‘ldirish uchun xizmat qilishi haqida farmon chiqarganini ta’kidlaydi. [Bobur] boshqa hukmdorlarni ham ushbu tajribadan o‘rnak olishga chaqiradi.

Bundan tashqari, “[Bobur]noma”da [Amir Husayn] saroyidagi ba’zi beklarning mamlakat xazinasiga qing‘ir yo‘llar bilan putur yetkazgani, hukmdor ishonchini suiiste’mol qilgani xususida ham so‘z boradi:

“Yana [Muzaffar] barlos edi. [Mirzo] ([Husayn Boyqaro])ning qozoqliklarida bor edi. Bilmon, mirzoga qaysi tavri hush yoqib, asru ulug‘ rioyat qilib edi. E’tibori bu martabada edikim, [Sulton Husayn] mirzo qozoqligida aning bila mundoq shart qilib edikim, har viloyatkim musahhar bo‘lsa, chahor dong mirzoning bo‘lg‘ay, du dong aning. Bu ajab shart edur, podshohliqda qachon rost kelgankim, bir qarojuy kishini o‘zi bila sharik qilgay. Ini-o‘g‘ul bila mundoq shart muyassar bo‘lmas. Bek kishi bila xud nechuk muyassar bo‘lur? Taxt olg‘ondin so‘ng bu sharttin pushaymon bo‘ldi, vale sud qilmadi. Bu tiyramag‘z mardak ham muncha rioyat topib mirzoga ziyoda surliklar qilur edi. [Mirzo] royi bila amal qilmas edi. Oxir dedilarkim, masmum bo‘ldi”.

[Muzaffar] [Barlos] $$Xuroson$$ shohining eng yaqin safdoshlaridan bo‘lgan. Unga berilgan vakolat shu qadar katta ediki, hatto harbiy yurishlarda qo‘lga kiritilgan boylikning oltidan ikki qismiga shaxsan o‘zi egalik qilishi borasida [Husayn Boyqaro] bilan ahdnoma ham tuzgan.

[Bobur] mazkur kelishuvni “ajib shart” deb ataydi. Uning fikricha, hukmdor saltanat xazinasi, davlat mulkini hech kim, hatto o‘z tug‘ishganlari bilan ham bo‘lishishga haqli emas. [Husayn Boyqaro] esa Bobur ta’biri bilan aytganda “bir qarojuy kishini o‘zi bila sharik” qilgan. U [Muzaffar] barlosdagi nomardlik, pastkashlik kabi salbiy xislatlarni ta’riflash asnosida, [Husayn Boyqaro]ning davlat xizmatiga odam tanlashda ko‘p bor yanglishganini ham afsus bilan qalamga oladi.
[Bobur] hukmdorning yana bir ishonchli a’yoni [Zunnun Arg‘un] va uning o‘g‘li [Shoh Shujo]‘ haqida ham shu kabi fikrlarni bildiradi. Bunda mutafakkir [Husayn Boyqaro]ning [Zunnun Arg‘un] va [Shoh Shujo]‘ga bir paytning o‘zida Qandahor viloyatini bergani, bu esa ota-o‘g‘il o‘rtasidagi qonli nizolarni keltirib chiqarganini ta’kidlab, deydi:
“O‘g‘li [Shoh Shujo]‘ arg‘un ham otasi bila bo‘yla kichikliklarida yurub, qilichlar chopti. [Sulton Husayn mirzo] otasining (ya’ni [Zunnun Arg‘un]ning) rag‘miga rioyat qilib, Qandahorni otasi bila shariklik berdi. So‘ngra bu ota-o‘g‘ul, ul o‘g‘ul bila ota orasi-da yog‘iyliklar solib, fitnalar qildilar”.
“[Bobur]noma”da amaldor [Majdiddin Muhammad] haqida ham so‘z yuritiladi:
“Ul fursatda [Majdiddin Muhammad] parvonachi edi. Mirak derlar edi. [Mirzo]ga [Husayn Boyqaro]ga ozroq yarmo‘q (mablag‘) muhim bo‘lub devoniylardin tilaganda, devoniylar ‘yo‘qdur, hosil bo‘lmas’, deb javob berurlar. [Majdiddin Muhammad] hozir ekandur, tabassum qilur. [Mirzo] jihat so‘rsa, xilvat qilib, ko‘nglidagini arz qilib derkim, mirzo shart qilsalarki, mening iligimni qaviy qilib, so‘zumdin tajovuz qilmasalar, oz fursatda andoq qilaykim, viloyat ma’mur va raiyat shokir va xizona mavfur va sipohiy vofir bo‘lg‘ay. [Mirzo] ham aning dilxohi ahd va shart qilib, tamom Xuroson mamolikida ani ixtiyor qilib, jami’ muhimotni aning uhdasiga qildi”.
Biroq [Bobur] keyinchalik bu kimsaning axloqiy tuban harakatlarga bosh bo‘lgani, uning sa’y-harakati bilan soliqlar ko‘paytirilgani, [Husayn Boyqaro]dan pinhona ravishda ilm-fan, me’morchilik, san’at va adabiyot hamda bu ezgu ishlarga boshchilik qilgan [Navoiy]ga qarshi faoliyat olib borganligini nazardan chetda qoldirmaydi:
“Vale [Alisherbek] boshliq jami’ beklar va ahli mansab bila ziddona maosh qildi, bu jihattin borcha aning bila yomon bo‘ldilar”.
“[Bobur]noma” muallifi [Sulton Husayn] vafotidan keyin uning o‘g‘illari [Badiuzzamon] va [Muzaffar Mirzo] o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarni, taxt talashishlarni chuqur tahlil qiladi. U temuriyzoda sifatida sohibqiron saltanati uqovsiz shahzodalar qo‘lida qolgani, ular atrofidagi saroy amaldorlarining el-yurt tinchligi, osoyishtaligidan ko‘ra o‘z manfaati uchun harakat qilib, mamlakatni parokandalikka yetaklagani haqida kuyinib yozadi:

“[Badiuzzamon] [mirzo] bilan [Muzaffar] [Husayn] mirzoni Xiri taxtida bashirkat podshoh qildilar. [Badiuzzamon mirzo] eshigida sohib [ixtiyor] [Zunnunbek], [Muzaffar Husayn] mirzo eshigida sohibixtiyor [Muhammad Burunduqbek], [Badiuzzamon mirzo] [jonibidin] shahr dorug‘asi [Shayx Ali tag‘oyi], [Muzaffar mirzo] tarafidin [Yusuf Ali] ko‘kaldosh. Bu g‘arib amr edi, harqiz podshohlikda shirk at eshitilgan emas. [Shayx Sa’diy] so‘zining mazmunining xilofi voqe’ bo‘ldi: nechukkim, “$$^^Guliston^^”$$da kelibtur: o‘n darvesh bir gilamga sig‘ib yotarlar, lekin ikki podshoh bir iqlimga sig‘maydi”.
Aslida [Badiuzzamon] valiahd bo‘lsa-da, Hirot ahli “[Muzaffar] mirzoga ruju’i xeyli bor edi”. G‘arazg‘oy beklar esa har ikki shahzodani ham mamlakat hukmdori deb e’lon qiladi. Bobur ularning qarorini “g‘arib amr” deb ataydi. Podshohlik tarixi hali hech qayerda bu qadar gumrohlik ko‘rmaganligini qayd etadi. Darhaqiqat, Xuroson saltanati boshqaruvida qo‘shhokimlikning vujudga kelishi mamlakat iqtisodiyotiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida siyosiy boshboshdoqlikning kuchayib ketishiga olib keladi. Oqibatda, ulkan saltanat parokandalikka yuz tutadi va inqirozga uchraydi.

Total words

911

Unique words

619

Annotated anthroponyms

65

Toponyms

3

TTR

0.679

Hapax

502

Distribution

Top frequency chart

Dataset