🔍

Article

«ADOLAT» SDPning “AMALIY ISH”LARI YOKI YO‘QDAN BOR QILISH MAHORATI

By Behzod Shukurov, “O‘zbekiston ovozi” muxbiri. • in 2011

Yolg‘onning umri qisqa. Ammo $$^^Adolat^^ Sotsial-demokratik partiyasi$$ning gazetasi bu haqda chuqurroq o‘ylamayotganga o‘xshaydi. So‘nggi paytda bu nashrda yolg‘on axborotga moyillik ortib bormoqda.
Gazetaning shu yil 7 yanvar sonida $$“Quyosh batareyasi”$$ nomli xabar e’lon qilindi. Unda $$Urgut tuman$$ tibbiyot birlashmasining $$Qayroqli qishlog‘i$$da joylashgan yuqumli kasalliklar bo‘limiga quyosh batareyasi o‘rnatilgani ma’lum qilingan.
“Qiymati 4 million so‘mlik muqobil elektr manbaini qishloq shifoxonasiga o‘rnatish ekologlar va $$«Adolat» SDP$$ faollarining o‘zaro hamkorligi natijasi bo‘ldi”, — deydi $$^^Adolat^^ SDP$$ $$Samarqand shahar$$ kengashi raisi [To‘raxon Hoshimov].
“Darvoqe, $$^^Adolat^^ SDP$$ harakat dasturida belgilangan muqobil elektr energiyasi manbalarini amaliyotga joriy etish vazifasi joylarda o‘z ijrosini topayotgani partiya faollarining izlanuvchanligi, tashabbuskorligidan dalolatdir”, — deya yozadi muallif [Zohir To‘raqulov].
Shuningdek, xabarda tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri [Qobil Fayziyev]ning “Yangi yilda bizga yaratilgan qulayliklar uchun viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va $$^^Adolat^^ SDP$$ vakillariga minnatdorchiligimizni bildiraman” degan so‘zlari keltirilgan.
$$^^Adolat^^ SDP$$ning Samarqand shahar kengashi raisi [To’raxon Hoshimov], xabar muallifi [Zohir To’raqulov] buni qandey izohlaydi, bilmadik, ammo Urgut tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo’limi mudiri [Qobil Fayziev] bu ishda $$^^Adolat^^ partiyasi$$ning ishtiroki borligini bilmasligini aytdi.
-$$^^Adolat^^SDP$$ vakillariga behad minnatdorchiligimizni izhor etamiz, deb aytgan emasman – deydi u. – Bu gap muhbirning o’zi qo’shgan bo’lsa kerak...
Viloyat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari [Mirzaahmad Mamedov]ning so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2008–2012 yillarda $$O‘zbekiston Respublikasi$$ning atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi asosida $$Urgut tumani$$dagi ushbu tibbiyot bo‘limiga quyosh batareyasi o‘rnatilgan. Buning uchun Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi tomonidan to‘rt million so‘m ajratilgan.Ikki yil oldin [Jomboy] tuman markaziy shifoxonasining tug‘uruqxona bo‘limi ham muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan edi. Bu yil ham mazkur dasturga ko‘ra, ijtimoiy obyektlardan yana biriga shunday uskuna o‘rnatiladi.
Bu yaxshi. Mamlakatimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanish qancha ko‘paysa, shuncha xursand bo‘lamiz. Ammo hukumat dasturini $$^^Adolat^^ SDP$$ ishlab chiqmagan-ku! Yoki mazkur hujjatga muqobil o‘z loyihasini taklif qilganmi?
Bizningcha, «adolatchilar yo‘qni bor deyishga, davlat idoralari qilgan ishni o‘ziniki qilib ko‘rsatishga o‘rganib borishyapti.
Gap shundaki, $$^^Adolat^^ gazetasi$$ning 2010 yil 9 aprel sonida «Russdagi ($$Urgut tumani$$ning $$Rus qishlog‘i$$ izoh bizniki) jamoatchilik qabulxonasi» nomli maqola chop etilgan edi. Bu maqola muallifi ham [Zohir To‘raqulov]. Unda bir necha yildan buyon Rus qishlog‘ining «Yartaguzar» mahallasida $$^^Adolat^^ partiyasi$$ning jamoatchilik qabulxonasi samarali faoliyat yuritib kelayotganligi, mahalla oqsoqoli va boshlang‘ich tashkilot kotibi [Raffor Rahmonov] qishloqdoshlarining murojaatlarini hal etayotgani aytilgan. Mazkur partiya tuman kengashining bevosita tashabbusi bilan 2010 yilning aprel oyiga qadar quruq meva uzum tayyorlash sexlari ochilib, 200 kishi yangi ish o‘rni bilan ta’minlanganligi aytilgan.
Bu qishloqda anchadan buyon jamoatchilik qabulxonasi ishlab kelayotganligi haqida ma’lumot bizni hayron qoldirgan edi. $$^^Adolat^^ SDP$$ning jamoatchilik qabulxonasi yo‘qligini bilardik. Shu sababli bu soxta ma’lumotga munosabat bildirishimizga to‘g‘ri kelgan edi.
Bunga nisbatan $$^^Adolat^^ gazetasi$$ning 2010 yil 30 aprel sonida «Ish bor joydan nuksan izlamang!» sarlavhali yarim sahifani band etgan maqola e’lon qilindi. Unda biz bildirgan e’tirozlar bir chetda qolib, muxbir so‘zamollik qiladi, bунcha gal, bунcha dag‘daqa nega kerakligini anglash qiyin. Voqelikni chetlab o‘tgan bu gaplarga o‘shanda indamay qo‘ya qolgan edik.
Biroq «adolatchilarning navbatdagi uydirmasi sabab bo‘lib, o‘sha «bahs»ga to‘xtalib o‘tsak to‘g‘ri bo‘ladi.
2010 yilning may oyida $$G‘us qishlog‘i$$ga bordik. $$«^^Adolat^^» partiyasi$$ning boshlang‘ich tashkiloti kotibi deb ta’kidlangan [G‘affor Rahmonov]ni 30-maktabda uchratdik.
Mahalla oqsoqoli qishloqdagi obodonchilik ishlari, odamlarning hayrli tashabbuslari haqida to‘lqinlanib gapirdi.

– Siz $$«^^Adolat^^» SDP$$ a’zosi ekansiz?..
Shunaqa deyishadi. Lekin men biron-bir partiyaga a’zo bo‘lish uchun ariza yozmaganman. $$«^^Adolat^^»$$ning ham a’zolik bileti menda yo‘q. Mahallamizda bu partiyaning a’zolari bor. XDPning a’zolari ham ko‘pchilik. Oqsqol hamma uchun teng, partiyasiz bo‘lishi ma’qul.
– Ammo ^^Adolat^^ gazetasida yozishlaricha, siz $$«Adolat» SDP$$ning mahalladagi boshlang‘ich tashkiloti kotibi ekansiz?
Men boshlang‘ich tashkilot kotibi emasman. 2009 yil yozida mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylanganman. Hech kim meni boshlang‘ich tashkilot kotibi etib saylamagan…
To‘g‘rida, a’zo bo‘lmagan odam qanday qilib boshlang‘ich tashkilotga yetakchi bo‘lishi mumkin? Umuman, partiyasiz kishidan sun’iy ravishda boshlang‘ich tashkilot yetakchisi yasash nima uchun kerak bo‘lib qoldi? Oqsqolning jonkuyarligi, qilgan ishlarini, qishloqdoshlariga tegkan foydasini «^^Adolat^^» SDP nomi bilan bog‘lash uchunmi?
$$^^Adolat^^ SDP$$ $$Urgut tuman$$ kengashi raisi [Rabbim Esonov]ni $$«O‘rtaguzar mahallasi$$da uchratdik. Chunki u kishi shu yerda istiqomat qilarkan. [Rabbim Esonov] bizga $$^^Adolat^^ partiyasi$$ning jamoatchilik qabulxonasini ko‘rsata olmadi. Demak, bunday qabulxona yo‘q. Yaqinda mahalladagi qarovsiz bir bino ta’mirlanibdi. Endi uni mahalla fuqarolar yig‘ining ma’muriy binosiga aylantirishmoqchi ekan. Bo‘m-bo‘sh xonalardan birining eshigiga $$«Adolat» SDP$$ning $$«O‘rtaguzardagi qabulxona$$si» deb yozib qo‘yilgan. Bunday yozuv yaqinda yopishtirilganini ko‘rish mumkin. Partiya tuman kengashining idorasi yo‘qligi sababli shu yerga shu yozuvni qo‘shib qo‘yishgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladik.
[Rabbim Esonov] esa tuman kengashining tuman xalq ta’limi bo‘limi binosida joylashganini aytdi. Ammo xalq ta’limi bo‘limiga kelib, $$^^Adolat^^ partiyasi$$ning xonasini topolmadik. Hech kim uni bizga ko‘rsata olmadi.

Muxbir [Zohir To‘raqulov] o‘z maqolasida Urgutda «adolatchilar» tashkil etgan 200 ta yangi ish o‘rni haqiqatan borligini isbotlash maqsadida $$«O‘rtaguzar» mahallasi$$da istiqomat qiladigan [Ergash Qodirov] oilasini misol keltirgan edi. Oilada 17 kishi yashashini, ularning har biri oyiga 500 ming so‘mgacha daromad olayotganini aytgan. [G‘affor Rahmonov], [Rabbim Esonov] hamrohlikda [Ergash Qodirov] xonadonida bo‘ldik.
– Biz fermer xo‘jaligi a’zosiymiz, dedi u. Mehnat daftarimizni fermer yuritadi. Fermer xo‘jaligi dalasida 40 sotixga yaqin uzumzorimiz bor. Shartnoma asosida fermerga uzum yetishtirib beramiz. Ortganini o‘zimiz uy sharoitida mayiz qilamiz, qadoklaymiz va sotamiz. Bor gap shu.

– Qachondan buyon shu ish bilan shug‘ullanasiz?

– Esimni torganimdan buyon. Ota-bobomiz ham bog‘bon bo‘lgan, biz davom ettirayapmiz…

Shu suhbatdan so‘ng, $$«^^Adolat^^» SDP$$ $$Urgut tuman$$ kengashining «bevosita tashabbusi bilan yaratilgan boshqa ish joylarini borib ko‘rish»ni [Rabbim Esonov] nega istamadi. Vaholanki, «Ish bor joydan nuksan izlamang!» maqolasida, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashiga «^^Adolat^^»dan saylangan deputatlar aniq takliflar tayyorlayotgani, navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish belgilanayotganligi aytilgan edi. Tuman Kengashi sessiya materiallarini sinchiklab o‘rganib chiqdik. O‘tgan bir yil davomida 6 ta sessiya bo‘lib o‘tgan. Ammo ularda «^^Adolat^^» partiyasi deputatlik guruhi tashabbusidan darak yo‘q.

$$«^^Adolat^^» partiyasi$$dan deputat, xalq deputatlari tuman Kengashining$$ Yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari doimiy komissiyasi$$ raisi ^^Madina Baratova^^ doimiy komissiya rejasi asosida qator ishlarni olib borayotganini ta’kidladi. Doimiy komissiya a’zolari bilan birga qilayotgan ishlaridan misollar keltirdi. Doimiy komissiya tarkibida boshqa partiyalar deputatlari ham faol ishlayotganini aytdi. Biroq $$«^^Adolat^^» partiyasi$$ning deputatlik guruhida biron-bir masala ko‘rib chiqilganini eslay olmadi.

Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: biron-bir jiddiy tashabbus bo‘lmasa, deputatlik guruhi partiyaning saylovoldi dasturidan kelib chiqib, tuman Kengashi sessiyalariga taklif kiritmagan bo‘lsa, yolg‘on gaplarni to‘qib, gazeta sahifalarini to‘ldirish kimga kerak? Undan ko‘ra, masalaga tanqidiy yondashib, partiya a’zolari, deputatlarni faollikka undash maqsadga muvofiq emasmi?

Tuman Kengashi deputatlari o‘tgan yili yaxshi ishlarni amalga oshirgan. Tuman hokimi xalq deputatlari tuman Kengashi rahbarining taklifi bilan deputatlar joylarda $$«Barkamol avlod yili» Davlat dasturi$$ning ijrosini, qish mavsumiga tayyorgarlik, obodonchilik ishlari borishini o‘rganishgan, ularning natijalarini sessiyalarda muhokama qilishgan. Buning natijasida joylarda ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanganini ko‘pchilik e’tirof etdi. Bu hayrli ishlarida barcha siyosiy partiyalar vakillarining hissasi bor, albatta.
Nahotki ana shu hayrli ishlarni soxtalashtirmasdan, bir yoqlamalik qilmasdan, xolis yoritish mumkin bo‘lmasa? Urgut tajribasini chuqur o‘rganish, uning afzallik tomonlarini sharhlab berish, ishni yanada takomillashtirish yuzasidan faollar fikrlarini olib chiqish maqsadga muvofiq emasmi? Muxbir [Zohir To‘raqulov] buning o‘rniga nega soxta axborot tarqatib, o‘z gazetasini ham, partiyasini ham noqulay ahvolga solib qo‘ymadi? Bunday qilishga uni nima majbur etyapti? $$«^^Adolat^^» SDP$$ faoliyatidan yozishga arziguвlik biror narsa topolmay, «yolg‘on to‘qisam, xayolga kelganini yozaverсam ham bo‘laveradi», deb o‘yladyapti? Yolg‘on axborot tarqatish qonunga, jurnalist odobiga xilof ekanini u bilmaydimi?

Total words

1,143

Unique words

711

Annotated anthroponyms

48

Toponyms

41

TTR

0.622

Hapax

518

Distribution

Top frequency chart

Dataset