Shaxsning sog‘lom jamiyatning barqaror rivojlanish omillaridan biri bo‘lishidir.
Jahon tibbiyoti, ilm-fanning so‘nggi 15–20 yillik tadqiqotlari natijasi shuni ko‘rsatadiki, dunyo aholisining har xil xastaliklarga chalinishi 80 foiz holatda organizmda temir, yod, A-vitamini, foliy kislotasi va boshqa mikronutrientlar tanqisligi tufayli bo‘layapti. Shu bois, inson organizmida mikronutrientlar yetishmasligi, ayniqsa, ona va bola salomatligini muhofaza qilish dolzarb masalaga aylangan.
$$Birlashgan Millatlar Tashkiloti$$ Ming yillik maqsadlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri — aholi orasida mikronutrient yetishmovchiligining oldini olish, profilaktika ishlarini yanada keng ko‘lamda olib borishdan iborat.
Istiqlolning dastlabki yillaridanok hukumatimiz xalq salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratib keladi, sog‘liqni saqlash tizimida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilishi ham shu maqsadga qaratilgan. Mamlakatimiz BMT Ming yillik maqsadlarini hayotga tatbiq etishda ham faol qatnashmoqda. $$YUNISEF$$ning $$O‘zbekiston$$dagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda, onalar va bolalar sog‘ligini himoyalashda, jumladan, temir tanqisligi kamqonligi, shuningdek, A-vitamini yetishmovchiligi, yod tanqisligining oldini olish dasturlari amalga oshirilmoqda.
Hayot ko‘rsatib turibdi, sog‘liqni sifatli himoyalash uning huquqiy asoslariga bevosita bog‘liq. Respublikamizda 2010 yil 7 iyunda «Aholi o‘rtasida mikronutrient yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. 2010 yilning 23 noyabrida uning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori tasdiqlandi.
Dunyodagi 56 ta davlatda oziq-ovqatlar fortifikatsiya etilmoqda. Respublikamizda ham mazkur Qonun asosida oziq-ovqatlarni fortifikatsiya va saplementatsiyalash dasturlari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi, aholi orasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Tasavvur qilib ko‘ring. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xabarlariga ko‘ra, yer yuzida 2 milliard nafarga yaqin aholi kamqonlik dardiga chalingan. Afsuski, ularning asosiy qismini fertil — tug‘ish yoshidagi ayollar va o‘smirlar tashkil etadi. JSST va $$YUNISEF$$ tomonidan o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvda dunyoning qaysi mamlakatida onalar va bolalar o‘rtasida kamqonlik ko‘rsatkichi 30 foizdan oshsa, xastalikning profilaktikasi uchun davlat tomonidan chora-tadbir ko‘rilishi belgilangan. Va bu holat xavfli chegara hisoblanadi.
1996 yilda respublikamizda o‘tkazilgan xalqaro tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, kamqonlikka chalinish tug‘ish yoshidagi ayollar va bolalarda 60–61 foizni tashkil etgan, deydi $$Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti$$ Kamqonlik markazi boshlig‘i ^^Dilorom Sulaimonova^^. «Hukumatimiz, $$Sog‘liqni saqlash vazirligi$$ vaziyatni o‘rganib chiqqach, 10 yil ichida aholi orasida mikronutrientlar yetishmasligining oldini olish uchun muayyan dasturlarni amalga oshirdi. Shu tariqa A-vitamini saplementatsiyasi 2004 yildan, temir va foliy kislotasi saplementatsiyasi 2002 yildan buyon tatbiq etib kelinmoqda».
Hozirgi paytda oziq-ovqatlarni fortifikatsiya etishda mamlakatlar aholisi eng ko‘p iste’mol qiladigan arzon va qulay mahsulotni tanlaydi. Aytaylik, Xitoyda baliq sousi, Hindistonda tuz va shakar, Yaponiyada guruch, $$Norvegiya$$da pishloq, $$Zambiya$$da makkajo‘xori uni, $$Tailand$$da baliq qaylasi shunday ne’mat. Respublikamizda bunday mahsulot bug‘doy hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, jahondagi 40 ta mamlakatda un fortifikatsiya qilinadi. Masalan, $$Yevropa$$ mamlakatlarida 1990 yildan, $$Osiyo$$ va $$Afrika$$da 1970–80 yillardan, $$AQSh$$ va $$Kanada$$da 1960 yildan buyon un mikroelementlar bilan boyitiladi. Afsuski, Hamdo‘stlik davlatlarida hali bu tajriba uncha ommalashmagan, $$Rossiya$$da 1995 yildan, $$Markaziy Osiyo mamlakatlari$$da esa 2001–2002 yillardan unni boyitish yo‘lga qo‘yila boshlangan.
Mutaxassis izohi:
^^Dilorom Sulaimonova^^, tibbiyot fanlari doktori:
«Ilmiy tadqiqotlarimiz, ko‘p yillik xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, sog‘lom insonlar ham boyitilgan unni iste’mol qilishi maqsadga muvofiqdir.
Respublikamiz aholisi orasida kamqonlikka chalinish hollari uchrab turadi. 2002 yildan buyon 5 ta pilot viloyatlarda ($$Qoraqalpog‘iston Respublikasi$$, $$Xorazm$$, $$Farg‘ona$$, $$Jizzax viloyati$$ va $$Toshkent shahri$$da) unni boyitish Milliy dasturi bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda 2002–2010 yillarda unni temir moddasi va foliy kislotasi bilan boyitish (saplementatsiya) dasturi barcha viloyatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Tadbir natijasi Kamqonlik markazi mutaxassislari tomonidan muntazam monitoring qilib boriladi.
Hozirga qadar dastur doirasida aholi orasida kamqonlikning oldini olish uchun 4,3 million nafar tug‘ish yoshidagi ayollar, kelinchaklar va bolalar 2 yil mobaynida bepul temir moddasi va foliy kislotasi bilan ta’minlandi, — deya davom etadi ^^Dilorom Sulaimonova^^. Xalqaro tajribada saplementatsiya “Tezkor dastur” deb ataladi. Chunki dastur tufayli 2 yil davomida kamqonlikka chalinish ko‘rsatkichini 2–3 marta kamaytirish mumkin.
Dasturni amalga oshirish murakkab jarayon, xalqimiz topib aytganidek, “Holva degan bilan og‘iz chuchimaydi”, bir natijaga erishish uchun mashaqqatli mehnat qilish kerak. Asosiy yumushlarni sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini amalga oshiradi. Ochiq aytish kerak, bunday dastur dunyoning sanoqli mamlakatlaridagina izchil yo‘lga qo‘yilgan. Shulardan biri — $$O‘zbekiston$$imizdir.
Respublikamizda o‘tkazilgan tadbir natijasida keyingi 12 yil ichida aholi orasida kamqonlik kasalligi 28 foizga kamaydi.
JSSTning ko‘rsatmalariga ko‘ra, kamqonlik xastaligi 2 ta davrga bo‘linadi. Ilmiy tadqiqotlar natijasi respublikamiz tug‘ish yoshidagi ayollarning 60–80 foizida kamqonlikning boshlang‘ich davri — “yashirin kamqonlik” bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Demak, tug‘ish yoshidagi ayollar orasida ko‘proq tashviqot olib borishimiz kerak. Chunki millatning boqiyligi elning sog‘lig‘iga bevosita bog‘liq.
Mamlakatimizda bu dasturlarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlik ham yaxshi natija berayapti. Bu borada, ayniqsa, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, $$YUNISEF$$, JSST, Oziqlanishni yaxshilash bo‘yicha $$Global Alyans$$ (GAIN), $$Yaponiya JICA tashkiloti$$ning ko‘magi katta bo‘layapti.
Aholi orasida mikronutrientlar tanqisligining oldini olish uchun qayg‘urish, qonun ijrosi uchun kurash — har birimizning vazifamizdir.»