$$Yakkasaroy tumani$$dagi $$[Yunus Rajabiy] nomli mahalla$$ fuqarolar yig‘ini raisi, $$“Do‘stlik” ordeni$$ sohibi $$[Mixail Kiktev] mahallalari$$ poytaxtning qoq markazida joylashgani va buning qulay tomonlarini faxr bilan tushuntiradi. Bu afzalliklar shahar-ning istalgan burchagiga borish, jamoat transportining ravon ishlashidangina iborat emas.
— Bilasizmi, mahallamizda xalq amaliy san’ati muzeyi, Badiiy akademiyaning ko‘rgazmasi, $$[Abdulla Qahhor] va [Yunus Rajabiy] uy-muzeylari$$ joylashgan. Uyning ostonasini tark etiboq, biroz yurganingdan so‘ng tarixdan so‘zlovchi koshonaga duch kelasiz. Ish ko‘pligini bahona qilib, farzandlarini turli tarbiya o‘choqlariga olib borishga doim ham vaqt topavermaydiganlar uchun bu yaxshi imkoniyat. Sirasini aytganda, o‘zi va oila a’zolarining ma’naviy dunyosini shakllantirishni astoydil istagan odamga masofaning ahamiyati yo‘q. Biz mahalla faollari hududimizda ana shunday maskanlar mavjudligidan, ular bilan yaqin aloqada, bahamjihat ishlash imkoniyati borligidan quvonamiz. Zero, ma’naviy tarbiya mahallaning eng asosiy vazifasi, boshqa masalalar uning darajasiga bog‘liq holda hal bo‘laveradi.
Mahalladoshlar orasida taniqli ziyolilar, fan doktorlari bor. Ular ishtirokidagi yig‘inlar, suhbatlar ham asosan mahalla faoliyati, ma’rifiy mavzularda bo‘ladi. Ana shu muloqotlarning faol ishtirokchilaridan biri — $$[Yunus Rajabiy] uy muzeyi$$ direktori, $$O‘zbekiston xalq hofizi$$ [Hasan Rajabiy]ning ijrosidagi mumtoz qo‘shiqlar davraning eng kulminatsion nuqtasi hisoblanadi.
— $$Mumtoz o‘zbek musiqasi$$ni notalarga ko‘chirishdek olamshumul ishni amalga oshirgan, o‘zidan boy musiqiy meros qoldirgan [Yunus Rajabiy] faoliyati bilan yosh avlodni tanishtirish, uning asarlarini keng targ‘ib qilish ishiga daxldormiz, — deydi [Mixail Mitrofanovich].
Mamlakatimiz rahbari [Islom Karimov]ning $$[Yunus Rajabiy] uy-muzeyi$$ni tashkil etish to‘g‘risidagi 1989 yil 13 sentyabr kuni imzolagan qarori ana shu ulkan ishlarning debochasi bo‘ldi.
Hozir ushbu muzeyga har kuni [Yunus Rajabiy] ixlosmandlari, san’at sohasida tahsil olayotgan talabalar, yoshlar va maktab o‘quvchilari, chet ellik mehmonlar tashrif buyuradi. Bu yerda har bir buyum, har bir eksponat mashhur san’atkor hayotining bir qirrasi haqida ma’lumot beradi.
[Hasan Rajabiy]ning xotiralari esa yanada maroqli.
— Aka-uka, opa-singillarimning barisi musiqaga, san’atga oshufta insonlar bo‘lib yetishdilar, — deydi u. — Ammo otam farzandlarining, ayniqsa, qizlarining san’at yo‘lidan borishlarini istamasdilar. Balkim, ijod mashaqqatini, Xudo bergan qobiliyat egasiga tosh otuvchilar doimo topilishini boshidan kechirganlari uchun shu qarorga kelgandirlar. Bolaligimda otamni uyda ko‘pincha bir holatda ko‘rganman — tancha-ga teskari turtarilgan barkashdan yasalgan qo‘lbola stol yonida o‘tirib, nota yozayotgan bo‘lardilar.
Boshqa mashaqqatlar ham bor edi — radiodagi maqomchilar ansambli rahbari, mumtoz milliy musiqaning haqiqiy fidoyisi, jonkuyari [Yunus Rajabiy]ga “Eskilik sarqiti bo‘lgan maqom nimaga kerak o‘zi?” degan so‘zlarni eshitishga ham ko‘p bora to‘g‘ri kelgan. Uning jonbozligini boshqacha talqin qilishga uringanlar ham bo‘lgan. Qatag‘onning to‘fonlaridan uni mahalladoshlari asrab qolishgan.
— Senga qo‘yilgan “ayb”larni o‘rganishyapti, bugun kelishlari mumkin, — deydi $$Chaqar mahallasi$$ faoli [Bo‘rixo‘ja] aka [Yunus Rajabiy]ni ogohlantirib, tegishli idoraga o‘zi tomonidan yetkazilgan ma’lumotning ishonchli chiqishini ta’minlashni undan so‘raydi. “U bir chapani, piyonista odam”, dedim. “Ichib olib, choyxonada janjal ko‘targin”, deb maslahat beradi. Balki, ana shu kichik “inscenirovka” hofizni qamqamalardan asrab qolgandir.
Keyinchalik mahalladoshlar atoqli san’atkor, respublikaning qonun chiqaruvchi organidagi vakil — [Yunus Rajabiy]ga suyana boshladilar. Otam deputat bo‘lgan paytlarida ijoddan ortib, o‘ziga kelgan turli maktublarni o‘qishga va unga ishonib, ko‘mak kutib aytilgan masalalarni hal qilishga vaqt topar edi.
Qo‘ni-qo‘shnilar esa ko‘p hollarda yaxshi kunlarini, to‘y-tomoshalarini qanday o‘tkazish haqida, o‘n ikki farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan, necha bor to‘ylar qilgan [Yunus Rajabiy]dan maslahat so‘rab kelishar edi. To‘yni ixcham o‘tkazish hofizning eng birinchi o‘giti edi.
Afsuski, bu qoidadan o‘zi riyo qilolmasdi. To‘ylarida hovlidagi besh yuz o‘rinli joyga qaramasdan, atrofdagi uylarning tomlarigacha tomoshabin bilan to‘lardi. ^^Tamaraxonim^^, [Jon Otaniyozov], [Bolabaxshi], [Ma’murjon Uzoqov], [Jo‘raxon Sultonov], [Rasulqori Mamadaliev] kabi mashhur hofizlarning xizmatga kelishini eshitgan xalq uzoq-yaqindan oqib kelaverardi.
Hozirgi ba’zi bir ijro etilayotgan qo‘shiqlarni eshitib, to‘g‘risi, ko‘ngil hira bo‘ladi. O‘zbekcha so‘zlar “qo‘yilgan” turkcha, boshdan-oyoq to‘rt qator naqarot bilan o‘tadigan arabcha, so‘zlari o‘zbekchalashtirilgan ozarboyjoncha, gruzincha… Nima, o‘zimizning raqsbop milliy qo‘shiqlarimiz, musiqalarimiz yo‘qmi? O‘zlari “pop”ga ixlosmand bo‘lgan ota-onalar endi “rep”ga ko‘ngil qo‘ygan farzandlaridan tashvishga tushmoqdalar.
— Hozirgi yoshlar milliy musiqani tushunmaydi, degan gap yolg‘on, — deydi $$[Hasan Rajabiy]. — Muzey$$ga kelgan maktab o‘quvchilarini doim kuzataman. Ularning o‘rinli, chuqur mazmunli savollaridan hayron qolaman. Milliy musiqamiz haqidagi hikoyalarimizni maroqli tinglaydilar. Otam ijrosidagi ashulalarni eshittirganimda, o‘zim dutor chalib berganimda, ularning ko‘zida bu navolardan hayratni ko‘raman. Bolalarning muzeydan mumtoz musiqamizga mehr, hurmat bilan chiqib ketganini ko‘rgan kunim zim-mamdagi vazifamni ado etgandek his etaman o‘zimni.
$$^^Mumtoz^^ musiqa$$miz targ‘ibotiga daxldor kishilar o‘z zimmasidagi mas’uliyatni his etadigan vaqt keldi. To‘g‘ri, televiziyaning bir necha kanallarida bu borada ancha xayrli ishlar qilinyapti. Ammo bu oz. Nazarimda, radioning imkoniyatlaridan kengroq foydalanib, har xil eshittirish va reklamalar-dan xoli bo‘lib, tunu-kun uzluksiz o‘zbek mumtoz musiqasi yangraydigan alohida kanal tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. To‘g‘ri, hozir ham turli radio kanallarda bunday asarlar eshittirilyapti. Ularning vaqtiga e’tibor bersangiz, juda noqulay — yarim tunda, hamma shirin uyquda bo‘lgan paytda ketayapti.
[Hasan Rajabiy] har bir intervyusida aytadi, aloqador muassasalarga necha bor murojaat qilgan. Afsuski, hozircha samara yo‘q. Shunday paytlarda otasining kuyinganlari esiga tushadi. [Yunus Rajabiy] mumtoz musiqaga mensimay qaragan yoki ovozi bo‘lmasa ham qo‘shiq aytishga uringanlarni ko‘rganda, jahlini bosa olmasdi:
— Qani endi shundaylarning yoqasidan bo‘g‘ib, do‘pposlab humoringdan chiqsa! Afsuski, bu ishning iloji yo‘q-da, — der edi.
Hozir ham sira iloji yo‘q. Shou-biznes deganlari rivojlandi. Homiying, puling bo‘lsa, ovozingni kompyuterda sozlab, bir yilning nari-berisida “^^yulduz^^” bo‘lishing mumkin.
[Hasan] aka yana otasining qattiqqo‘lligini eslaydi. Hozirgi $$O‘zMU$$ning filologiya fakultetida o‘qib yurib, otasidan yashirincha musiqa bilim yurtini tugatgan [Hasan] bir kuni uylari-ning ikkinchi qavatida xonish qilayotganida, otasi chaqirib qoldi.
— Mening plastinkamni qo‘yuvdingmi? — o‘smachilab so‘radi u.
— Yo‘q, o‘zim aytayotgan edim, — dedi [Hasan].
Ota indamadi. Shu indamaganiyoq katta gap edi — ansambliga sozanda qilib olish uchun iltimos qilishga yo‘l ochildi. Yigirma yil sozandalik qildi, unga orasira qo‘shiq aytishga navbat yetardi. Shuncha yillik “sinov”dan keyingina katta sahnada, katta davralarda kuylashga ruxsat tegdi o‘g‘ilga.
— Otam men rol o‘ynagan har bir premyeraga kelar, ijroimdan juda ko‘ngli to‘lgan paytlarda spektakldan so‘ng qo‘llarini yelkamga qo‘yib, “Ballo o‘g‘lim, yashang”, derdilar, — deb eslaydi yana bir farzand, O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktyor [Obid Yunusov].
Farzandlardan yana $$O‘zbekiston$$da xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi [Ahmad Yunusov], $$O‘zbekiston$$da xizmat ko‘rsatgan artist [Tohir Rajabiylar], ustoz saboqlarini olgan ko‘plab hofiz va sozandalar milliy mumtoz ashula va musiqamizni asrab-avaylash, uni sof holda keyingi avlodlarga yetkazishdek mas’uliyatli vazifaga hissa qo‘shmoqdalar.
— Hozir nahorgi oshlarda ham elga xizmat qilamiz. Keksalar “ustam aytgan qo‘shiqlardan ijro qil”, deb so‘rashadi, — deydi [Hasan Rajabiy].
Bundan bir necha yil muqaddam ana shunday tadbirlardan birida bir nuroniy qayta-qayta buyurtma berdi. Avval “Bayotni”, keyin “Qaro ko‘zim”ni, “Tanovar”ni aytishni so‘radi. To‘y oxirlaganda [Hasan Rajabiy]ning oldiga kelib, bag‘riga bosdi:
— $$Xorazm$$likman, otangizning muxlisiman, bir necha bor uchrashganmiz ham. Xudoning inoyatini qarang, ularning ovozlari sizga o‘tibdi. Muzeylari ochilibdi, deb eshitdim. Menga bir suratini bering, portretlarini gilamga tushirtirib kelaman, — dedi.
[Hasan Rajabiy] kostyumining chap cho‘ntagidan, doim yuragiga yaqin joyda turadigan suratni olib berdi. Hozir o‘sha gilam muzey xonalarining biri devorida cho‘g‘dek yonib turibdi. Muzeyda muxlislarning bunday sovg‘alari juda ko‘p: taniqli usta [Temurmalik] yasagan sadafli tanbur va dutor, namanganlik yana bir usta ijodi — manzur sozi, toshkentlik usta Nabi yasagan boburiy gijjak va boshqa o‘nlab eksponatlar shular jumlasidandir.
$$O‘zbek qo‘shiqchiligi$$, milliy musiqasi sohasida o‘ziga xos maktab yaratgan, akademik, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, ulug‘ hofiz, bastakor besh jildlik $$“O‘zbek xalq musiqasi”$$, olti jildlik $$“Shashmaqom”$$ning yangi nashrini hamda gramplastinka yozuvlarining mukammal to‘plamini tayyorladi.
Bugun [Hasan Rajabiy] va uning rafiqasi ^^Xolida opa^^, o‘g‘li — milliy va estrada qo‘shiqlari mohir ijrochisi [Aziz Rajabiy] ixlosmandlarni ochiq chehra bilan kutib oladilar. Otalari ijodi orqali mumtoz musiqani targ‘ib qilish vazifasini bajonidil bajaradilar.
Muzeyda ingliz tilidagi bitta jurnalga ko‘zim tushdi. Yaltir-oq jurnal muqovasidan beqasam chopon, $$Qo‘qon do‘ppi$$ kiygan o‘n yoshlar atrofidagi bola qo‘lida tanbur bilan tiyrakgina boqib turibdi. [Aziz Rajabiy]ning o‘g‘li [Feruz] ekanligini aytishdi. Demak, [Yunus Rajabiy]ning evarasi.
[Feruz] bolalar dastasiga qatnashadi, tanburni qiyomiga yetkazib chaladi, choponning bir yengidan qo‘lini chapanilarcha chiqarib, $$“Andijon” polkasi$$ga raqsga tushsa, zavqingiz oshadi.
[Yunus Rajabiy] tug‘ilganiga yuz yil to‘lgan kuni uning nevarasi, musiqachi, musiqa bilim yurti o‘qituvchisi [Javlon Rajabiy] xonadonida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Yaxshi niyatlar bilan unga Yunus deb ism qo‘yishdi. [Yunus Rajabiy] hozir o‘n ikki yoshda, $$Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi$$da ta’lim olyapti. U allaqachon milliy musiqa asboblarini chalishda o‘z iqtidorini namoyish qildi.
Ko‘ngil quvonadi: demak, turli davr to‘fonlari, “ommaviy madaniyat” ta’siriga qaramay, milliy musiqamiz o‘lmaydi, asrlar osha yashayveradi.
Suratga olish jarayonida fotomuxbirimiz [Abdivosi Haydarov] o‘zining bundan bir necha yil avval $$Amerika$$ safari chog‘idagi bir voqeani aytib qoldi. [Abdivosi $$Klivlend] shtati$$da keksa bir sozandaning uyida mehmon bo‘libdi. Vaqtida mashhur orkestr-lardan birida ishlagan ]mister Xarri] shunday debdi:
— $$O‘zbekiston$$dan mehmonlar kelganini eshitib, ular bilan uchrashishni juda istadim. Chunki sizning mashhur bastakoringiz, hofizingiz [Yunus Rajabiy]ga, uning ijodiga, umuman o‘zbek mumtoz musiqasiga hurmatim baland. [Yunus Rajabiy] bilan $$Moskva$$da musiqachilar anjumanida tanishgandim. Shunday iqtidorlaringiz, musiqangiz bilan har qancha faxrlansangiz arziydi.
Mezbon keyin jilmayib qo‘shib qo‘yibdi:
— Sizlarning tanbur, dutor navosiga yetmasa ham, kechki ovqat oldidan saksafon chalib beraman...
Biz esa g‘arbni g‘arb musiqasi bilan hayron qoldirmoqchi bo’lamiz.