Uch soatdan keyin yangi yil kiradi. Uch soatdan keyin ^^Munira^^ oʻttizga qadam qoʻyadi. Bu safar ham u yangi yilni yolgʻiz kutib olyapti. Unchalik ham yolgʻiz emas. Narigi uyda jajji ^^Nilufar^^ uxlab yotibdi. Yaxshiyam baxtiga shu qaqajon qizcha bor ekan. Oʻz onasidan ^^Munira^^ni yaxshi koʻradi. Ishdan kelishi bilan boʻyniga osiladi.
Bugun ^^Munira^^ singlisi bilan oʻtirishmoqchi edi. Boʻlmadi. ^^Sayyora^^ning odati shu oʻzi. Bir gapni aytishga aytib qoʻyadi-da, oxirida aynib qoladi. Bolasi besh yoshga chiqibdi-yu, oʻzi yosh bolaga oʻxshaydi. Boya qizchasini bogʻchadan olib keldi-da, Muniraga topshirib, koʻchaga yugurdi, ^^Munira^^ nima gapligini surishtirgan edi, zinadan qaytib chiqib, “aynoniy, oʻzimning opajonimdan” deb u yuzidan, bu yuzidan oʻpdi-da, ketdi-qoldi.
^^Munira^^ning bir oʻzi yana mungʻayib qolaverdi.
U sekin-sekin yurib, oshxonaga kirdi. Kosadagi guruchni erinmasdan yuva boshladi. Guruch yuziga qalqib chiqqan oppoq suvni toʻkarkan, negadir onasini esladi.
^^Munira^^ yetti yoshidami, sakkizidami opa-singil baravar koʻkyoʻtal boʻlishgandi. Oʻshanda onasi unga guruch yuvilgan suvni ichirgani ^^Munira^^ning esida qolgan. Guruch suvi allaqanday koʻpikli, bemaza edi. ^^Munira^^-ku oyisidan qoʻrqqanidan oʻsha bemaza suvni uch-toʻrt qultum ichdi-ya, ^^Sayyora^^ “loʻlilik” qilib, hammayoqni buzib yubordi. Oʻshanda oyisi “senlarni odam qilguncha oʻzim ado boʻlaman”, deb yigʻlagandi.
Umuman oyisining chehrasi negadir hamisha maʼyus koʻrinar, ayvon burchagida turadigan oyoq mashinada ish tikayotganida ham, uy yigʻishtirayotganida ham boshini bir yonga tashlagancha xayolga choʻmib yurardi. U ish tikayotganida bir ashulani koʻp qaytarardi. Qayta-qayta eshitgani uchunmi, oʻsha soʻzlar ^^Munira^^ning xayoliga muhrlanib qolgan.
“Oh urarman, oh urarman, ohlarim tutgay sani
Koʻz yoshim daryo boʻlib, baliqlari yutgay sani”...
^^Munira^^ maktabga qatnab, esini taniganidan keyin, onasi nima uchun “oh urgani”ni tushundi. U otasini es-es tanir, baland boʻyli, moʻylovli bu odamga tuzuk-quruq mehr qoʻyib ulgurgan ham emasdi. ^^Sayyora^^ tugʻilganida keyin koʻp oʻtmay otasi qayoqqadir gʻoyib boʻldi. ^^Munira^^ bu “sir-sinoatni” ham keyin, esini taniganida tushundi: otasi ularni tashlab ketgan ekan. U bir narsani – onasiga koʻmaklashishi zarurligini juda erta tushundi. Oltinchi sinfda oʻqiyotganida oyoq mashinada ish tikishni oʻrgandi. Sakkizinchi sinfni bitirganidan keyin $$Oloy bozori$$ biqinidagi tikuvchilik atelyesiga ishga kirdi.
...Qozon qattiq-qattiq qaynab, ^^Munira^^ning xayoli boʻlindi. U guruchnu soldi-da, oshxona derazasini qiya ochdi. Musaffo qor havosi yopirilib kirdi. Deraza ortidagi daraxtlarning shoxi qordan ishkomdek egilib ketgan. Bu ham kamlik qilgandek, oq ukparlar toʻzib yotgan pastak osmondan momiq zarralar yogʻilaveradi, yogʻilaveradi. Goʻyo butun tabiat yangi tugʻilgan chaqalogʻu, samo uni pokiza yoʻrgakka oʻrayotgandek. Roʻparadagi toʻrt qavatli uy derazalarida chiroqlar mashʼala boʻlib yotibdi. Shodon kuy yangraydi.
Ha, bugun bayram... ^^Munira^^ suvini tortgan guruch ustiga tuvoq yoparkan, sekin xoʻrsinib qoʻydi. Bugun bayram, yangi yil kiryapti. U ohista yurib yotoqqa kirdi. ^^Nilufar^^ sochlari toʻzigancha uxlab yotar, peshonasi terlab ketgandi. ^^Munira^^ qizchaning peshonasini kafti bilan ohista artarkan, jilmayib qoʻydi. “Shayton-ey! Hali qoʻshni bolalar bilan rosa chana uchdi. Sovuq elitgan”. Shu ondayoq u archa chiroqlarini yoqishi kerakligini esladi-yu, ildam oʻrnidan turdi.
Qaysi kuni archani bezatishayotganida ^^Nilufar^^ hadeb chirogʻini yoqib bering, deb xarxasha qilgan, oʻshanda ^^Munira^^ yangi yil kechasi archaning chirogʻini Qorbobo yoqib beradi, deb ishontirgan edi.
U tez-tez yurib mehmonxonaga kirdi-da, chiroq marjoni ulangan simni ilgakka tiqdi. Shu ondayoq qizil yashil, sariq, yana koʻpdan-koʻp anvoyi rangdagi jajji chiroqlar yondi-yu, xona birdaniga allanechuk sukutbaxsh, munis boʻlib qoldi. ^^Munira^^ sehrlanib qolgandek archa roʻparasida bir zum qotib turdi. Keyin divanga borib oʻtirdi. Ancha oʻtirdi. Tashqarida hamon kuy sadolari yangrar, deraza ortidan oʻtayotgan odamlar shodon shovqin solishar, qah-qah urib kulishar, bularning hammasi ichkaridagi, mana shu xonadagi sukunatni, tanholikni yanayam chuqurlashtirayotganga oʻxshardi. Qiziq, bunaqa kunda, bayram kunida yolgʻiz qolsang, gʻalati boʻlarkan. Goʻyo butun dunyo bir taraf-u, yolgʻiz oʻzing bir taraf.
^^Munira^^ olti yildan buyon yangi yilni bir oʻzi kutadi. Har gal xuddi shunaqa ahvolga tushadi. Butun dunyo bir tarafu, yolgʻiz oʻzi bir taraf. Toʻgʻri, u ham shu paytda eri bilan, bola chaqalari bilan gavjum bir uyda oʻtirishi mumkin edi. Boʻlmadi... Hayot shunaqa ekan. Inson hamma orzusiga bir yoʻla yetavermas ekan...
[Zokirjon] yaxshi yigit edi. Qaddi-qomati kelishgan, ogʻir-vazmin... Ular [Zokirjon]ning ish kabinetida – poliklinikada tanishgan edilar. Kuz kunlaridan birida ^^Munira^^ning tomogʻi shamollab qoldi, kechasi bilan isitmalab chiqdi. Ertalab poliklinikaga borib, [Zokirjon]ga duch keldi. Bir-birlariga yulduzlari toʻgʻri kelib qoldimi, yo [Munira]ning oʻzi koʻhlikmidi, xullas, “doʻxtir yigit” unga tinchlik bermadi. Uyidan chiqsa, koʻcha boshida kutadi. Ishdan qaytayotganda atelye roʻparasidagi bekatda poylaydi. ^^Munira^^ning gʻashi kelgandek boʻladi-yu, ammo “doʻxtir yigit” yoʻlini poylab turishini juda-juda xohlaydi... ^^Munira^^ endi bilsa, oʻsha kunlar hayotining eng shirin damlari ekan. Birov intiqlik bilan senga talpinib turganini his etishdan kattaroq baxt yoʻq ekan. Ha, ^^Munira^^ baxtiyor edi. Ammo baxt bilan baxtsizlik doim yetaklashib yuradi. Toʻsatdan onasi oʻlib qoldi. Yurak dardi tutdi-yu, “tez yordam” mashinasi yetib kelguncha tamom boʻldi. Faqat bir ogʻiz soʻz aytdi: “singlingni xoʻrlama, bolam. Otasi yoʻq edi. Endi men ham yoʻqman, senga ishondim”.
^^Munira^^ onasining ruhi oldida Sayyorani yetim qilib qoʻymaslikka qasam ichdi. Bitta irmoq toʻxtab qolgani bilan daryo suvi qurimaydi. Hayot oʻz yoʻlidan ketaverdi. Oy oʻtdi, yil oʻtdi, bir kuni [Zokirjon] dardini aytdi.
– Toʻyni tezlashtirmasak boʻlmaydi. Uydagilar qoʻymayapti.
^^Munira^^ ikki yoʻl orasida qoldi. ^^Sayyora^^ni tashlab qayoqqa boradi? Oʻn olti yashar qizaloqning taqdiri nima boʻladi?
^^Munira^^ rostini aytdi.
– Singlim hali oʻzini eplay olmaydi. Men oyimlarga vaʼda berganman.
Oradan yana oy oʻtdi, yana yil oʻtdi. Ular hamon bir-birlariga talpinishar, ammo endi ^^Munira^^ning koʻnglida qandaydir mavhum xavotir bor edi. [Zokirjon] bilan koʻrishganida negadir koʻngli bir nimani sezayotgandek zirqillab turardi.
Bu orada ^^Sayyora^^ maktabni bitirdi. [Zokirjon] oʻsha taklifini yana qaytardi. ^^Munira^^ yana rostini aytdi.
– Singlim politexnika institutiga imtihon topshirmoqchi, kirib olsin-chi...
– Keyin-chi? – dedi [Zokirjon] qandaydir begona shiddat bilan. – Keyin nima boʻladi?
– Keyin... – ^^Munira^^ tutilib qoldi. Keyin nima boʻlishini oʻzi ham bilmasdi. Baribir, ^^Sayyora^^ning qismati bir yoqlik boʻlmaguncha tinchiy olmasligiga aqlinyetib turardi. – Axir, siznikiga singlimni ergashtirib borolmayman-ku, – dedi [Zokirjon]ga termulib.
U [Zokirjon]ning jahli chiqqanini hech koʻrmagan edi. Shu kuni koʻrdi.
– Nima siz men bilan yashaysizmi, singlingiz bilanmi? Singlingiz siz uchun yashamasa kerak, axir?
– Nima, qilay? – ^^Munira^^ yerga qaradi. – Boshqa ilojim yoʻq.
– Mening ham boshqa ilojim yoʻq. Men sizga ichkuyov boʻlolmayman. Yoshim oʻttizdan oshdi. Shuncha yil uylanmay yurib, malomatga qolganim ham yetadi.
^^Munira^^ yarq etib qaradi-da, [Zokirjon]ning koʻzlarida, oʻzi uchun qadrdon boʻlib qolgan, kechalari tushiga kirib chiqadigan oqil koʻzlarida gʻazab olovini koʻrdi. Koʻrdi-yu, koʻngli boʻm-boʻsh boʻlib qoldi.
¬ – Men sizning qoʻlingizni ushlayotganim yoʻq. Yoʻlingiz ochiq.
Tamom. U kechalari singlisiga bildirmay, koʻrpaga burkanib yigʻlasa ham, [Zokirjon]ni olisdan koʻrganida yuragi koʻksidan otilib ketgudek boʻlsa ham tutqich bermadi unga. Kech kuzda uning toʻyi boʻlganini eshitdi. ^^Munira^^ esdan ogʻib qolsam kerak deb oʻylagan edi. Yoʻq, odam chidar ekan. ^^Munira^^ chidadi. U [Zokirjon]ni ayblay olmasdi.
^^Sayyora^^ oʻqishga kirdi. Ajab, [Zokirjon] rost aytgan ekan. Singlisi ^^Munira^^ uchun yashamasligini isbot qildi. Erta bahorda ^^Munira^^ni quchoqlab yigʻladi:
– Toʻy qilmasak boʻlmaydi. Tushunyapsizmi, opajon, boʻlmaydi.
^^Munira^^ tushundi. Toʻy qilmasa boʻlmasligini, ^^Sayyora^^ning oʻzi uchun ham, paxta terimida hasharga borishganida uni yaxshi koʻrib qolgan uchinchi kurs studenti uchun ham yomon boʻlishini tushundi. Oʻzi ne umidlar bilan yigʻib qoʻygan seplarining hammasini singlisiga berdi. Ataylab [Zokirjon] bilan borib olishgan yoqut koʻzli uzugini ham, otpuska haqiga olgan gilamini ham, kassa oʻynab yiqqan puliga xarid qilgan chinni servizlarini ham – hammasini... Onasining ruhi shod boʻlishini, singlisi baxtini topganini oʻylab quvondi. Yelib-yugurib xizmat qildi. Faqat kuyov joʻralar qars-badabang, qiyqiriq bilan eshikdan kirib kelishganida, “Toʻylar muborak” ni aytishganida nuqul xayoliga [Zokirjon] kelaverdi. Chidab turolmadi: koʻzlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi.
Singlisini uzatganidan keyin u qanaqadir oʻychan, odamovi boʻlib qoldi. Oʻtirishlarga borsa, dugonalari zimdan bir-birga imlayotgandek boʻladi. Unga shirin muomala qilishsa, “koʻngli yarim”ligi uchun yetim boladek yupatishayotganga oʻxshaydi. U ishdan yupanch topdi. Butun mehrini ishga berdi. Gʻayrati, halol mehnati bilan obroʻ topdi. Faqat koʻnglining bir chekkasi boʻm-boʻsh. Goʻyo [Zokirjon] ^^Munira^^ning koʻngliga nomini yozib qoʻygan-u, oʻzi gʻoyib boʻlgan. Oʻzi boʻlmasa ham, nomi oʻsha oʻyilgan joyga har kuni, hech qursa bir marta nashtar sanchib qoʻyadi.
Bu yoqda ^^Sayyora^^ tushmagur tagʻin “hunar” koʻrsatdi. Oʻqishni bitirib oldi-yu, qizchasini tirik yetim qilib, eridan ajrashib keldi. Kuyov yigit yomon emasdi. ^^Munira^^ uni hurmat qilardi. Shu xususda opa-singil qattiq xafalashib qolishdi. ^^Sayyora^^ eridan hasrat qildi:
– Meni choʻri qilmoqchi. Uy yumushlariga hech qayishmaydi.
– Sen xotinligingni bilsang-chi, – dedi ^^Munira^^ xunob boʻlib, – uy ishini qilmaydi deb eringni aybsitishga uyalmaysanmi? Ering har imtihoningga sen bilan baravar tayyorlanmasa, qaynonang bolangni opichlab katta qilmasa, sen qandoq oʻqirding? Endi ering yomon boʻldimi?
– Baribir, – dedi ^^Sayyora^^ qaysarlik bilan. – Hozir hammaning huquqi bir.
^^Munira^^ battar xunob boʻldi.
– Kimdan oʻrganding bu gapni? Oyim senga bunaqa gaplarni oʻrgatgan emasdilar-ku.
– Oyimlar xato qilganlar.
– Bundan chiqdi, oyim sen bilan meni deb er qilmagani bekor ekan-da?! Ona degan bolaning taqdirini oʻylamasligi kerakmi?
Tuzuk, opa, binoyiday nasihatgoʻy kampir boʻpqopsiz. ^^Munira^^ oʻzini tutolmay qoldi. ^^Sayyora^^ni tarsakilab yubordi.
– ^^Sadoqat^^ degan gap eskirib qoldimi hali?
Oʻzi urib, oʻzi yigʻladi. Shu kundan eʼtiboran bu masalaga aralashmadi. Bu orada ^^Nilufar^^ ham unga oʻrganib qoldi. Oʻzining onasi qolib, ^^Munira^^ni aya deydi. Eshikdan kelishi bilan boʻyniga osiladi. Shunaqa paytlarda ^^Munira^^ oʻzining ham baxti ochilishini, oʻzining ham goʻdak isidan mast boʻlishini tasavvur qilib, entikib ketadi. Har gal yangi yil kirayotganida shuni oʻylaydi. Nachora, qiz bolaning kechikkan baxti bahosi qimmatlashtirib qoʻyilgan buyumga oʻxsharkan. Xaridor yoqsa, buyum yoqmaydi, buyum yoqsa, xaridor yoqmaydi. Yoʻq, u hozir ham baxtsiz emas. Shosha-pisha turmush qurib, oʻz umriga oʻzi zomin boʻlganlar ozmi? Shunaqa-ku, har qalay... Nima koʻp, ogʻziga kuchi yetmagan odamlar koʻp. Nima koʻp xotinlarning mayda-chuyda gapi koʻp.
Kim bilsin, balki, oʻsha baxt endi kirib kelar. Ana, soat zanggi oʻn marta vazmin jarangladi. Demak, ikki soat qopti.
^^Nilufar^^ uygʻondi shekilli, karavotchasining gʻichirlagani eshitildi. Zum oʻtmay, eshik unsiz ochildi-da, sochlari toʻzgʻib ketgan qizaloq koʻzini ishqalab chiqdi. Burchakka, archa tomonga qaradi-yu, birdan qichqirib yubordi:
– Voy, Qorbobo keldimi, aya?
Munira kulib yubordi.
– Keldi.
– Archaning chirogʻini yoqdimi?
– Koʻryapsan-ku, Qorbobo kelib, archaning chirogʻini yoqib ketdi. Nilu uygʻonib suyunsin, dedi. – ^^Munira^^ qizaloqning qoʻlidan tutdi. – Yur, endi yuvinamiz, osh suzamiz.
^^Nilufar^^ uch-toʻrt qadam yurdi-da, toʻxtab qoldi.
– Sizga-chi, – dedi toʻsatdan. – Sizga nima obkeldi Qorbobo?
– Mengami... – ^^Munira^^ oʻylanib qoldi. – Menga... Baxt olib keldi.
Birdan ^^Nilufar^^ning labi choʻchchaydi.
– Nega meni uygʻotmadingiz?
^^Munira^^ qizaloqning astoydil xafa boʻlganini koʻrib, quchoqladi.
– Nimaydi?
– Qorbobodan menam baxt soʻrardim.
^^Munira^^ kulib yubordi.
– Voy, puchugʻ-ey, sen nima qilasan baxtni?
– Sizga beraman. – Qizcha koʻzlarini katta-katta ochib, taʼkidladi. – Keyin-chi, sizdachi, kattakon baxt boʻladi.
^^Munira^^ning koʻngli birdan qalqib ketdi. Qizaloqning koʻzlarida faqat goʻdaklardagina boʻladigan ishonch toʻla nur porlar, bu nur ^^Munira^^ning qalbini mana shu uyni, mana shu jahonni yoritib yuborganga oʻxshar, tashqarida esa hamon shodon kuy yangrardi.
Ostonada yangi yil eshik qoqib turardi. Jamiki yaxshi niyatli kishilarga, yolgʻiz oʻzi uchun emas, oʻzgalar uchun ham yashayotgan odamlarga baxt ulashadigan, norasida goʻdaklarning pok niyatini mustajo qiladigan yangi yil kirib kelmoqda edi.
Total words
1,643
Unique words
1026
Annotated anthroponyms
84
Toponyms
1
TTR
0.624
Hapax
791
Distribution
Top frequency chart
Dataset