[Maqsud Shayxzoda] — shoir, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos olim. U XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, she’riyatni, dramaturgiyani, adabiyotshunoslik ilmni salaflaridan bir qadar yuqori pog‘onaga ko‘tarib ketgan buyuk ijodkor.
Badiiy jarayon shundayki, ba’zan ijodkor adabiyotning bitta sohasida — yo nasr, yo nazm, yo dramaturgiyada asar yaratib xalqning tiliga tushadi, asarlari barcha davrlarda sevib o‘qiladi. Ba’zan ijodkor o‘zini adabiyotning barcha turlarida sinab ko‘radi, barcha janrlarda ijod qiladi. Lekin ular davrlar o‘tishi bilan unutiladi. [Maqsud Shayxzoda] esa adabiyotning ko‘plab janrlarida o‘z iste’dodini namoyon etdi.
Agar u dramatik asarlar, adabiyotshunoslikka doir risolalar yozmay, tarjimonlik bilan shug‘ullanmay faqat she’rlar bitganida ham adabiyotda ulug‘ shoir sifatida ehtirom bilan tilga olinardi.Zеrо, uning:
Yer yuzida shuhrat topgan o‘lkadir o‘lkam,
$$O‘zbekiston$$ deildimi, zatoalar qoyil.
Nega doim bu diyorning dilida ko‘klam?
Chunki erk qushig‘i shodlikka moyil.
Ko‘p jafindur tili, injudek gaplar,
Balki quyosh xandasidan yasalgan lablar,
Qadim tuproq bashar tongin guvohi bo‘lgan,
Chol asrlar yil sanashda undan mashq olgan —
kabi otashin, yurtimizni bashariyat tarixining gultoji deb bitgan go‘zal misralarini unutib bo‘ladimi!?
Agar u faqat “[Mirzo Ulug‘bek]”, “[Jaloliddin Manguberdi]” kabi dramatik asarlar yaratib, boshqa hech narsa bitmaganida yoxud o‘zbek adabiyoti tarixi, mumtoz shoirlar asarlari, [Alisher Navoiy] ijodiy merosini ilmiy tadqiq etib, boshqa biror ish qilmaganida ham o‘zbek adabiyoti tarixida iftixor bilan ulug‘lanar edi.
Shuningdek, adibdan o‘zbek tiliga dunyo adabiyotidan qilingan beqiyos tarjimalar, xalqimizga nisbatan so‘nmas muhabbat, adoqsiz faxr-iftixor, yurtimiz bilan bog‘liq yuksak g‘urur ham mangu meros bo‘lib qoldi.
U olis o‘tmish tariximizning ham inja bilimdoni edi. “[Mirzo Ulug‘bek]”, “[Jaloliddin Manguberdi]” dramatik asarlarida, mumtoz adabiyotimizga bag‘ishlangan tadqiqotlarida tarixning o‘sha davrgacha o‘rganilmagan yangi qirralari haqida ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Shunisi e’tiborliki, u yangi tarixiy ma’lumotlar, yangi faktlarni o‘zi yashagan davr g‘oyalariga moslashtirib emas, asl holida talqin etishga harakat qildi.
Adabiyotimizda [Mirzo Ulug‘bek] va [Jaloliddin Manguberdi], ular yashagan davrdagi ko‘plab shaxslarning ham badiiy, ham tarixiy obrazlarini yaratdi. XX asr kitobxonlari ulug‘ alloma, buyuk sarkarda va davlat arboblarining hayoti, faoliyati bilan badiiy adabiyotda ilk bor ana shu asarlar orqali tanishdilar.
Ijodkor kabi adabiyotda ham har bir asarning o‘ziga xos tarixi, bosib o‘tgan yo‘li, taqdiri bor. [Maqsud Shayxzoda] asarlari ham ana shunday hayot yo‘llarini bosib o‘tdi. Uning “[Jaloliddin Manguberdi]” dramasi ijodkorning o‘zi kabi qis-mati og‘ir kechgan asarlardan biri bo‘ldi. Bu asar 1944 yilda yozilgan. Uning aynan o‘sha davrda yaratilishining sabablari bor.
Ma’lumki, Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan so‘ng sobiq tuzum rahbarlari unda mag‘lub bo‘lmaslik uchun barcha kuchlarni fashizmga qarshi kurashga safarbar etdi. Ijodkorlar zimmasiga g‘alabaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash maqsadida tarixiy qahramonlar siymosini yaratish vazifasi yuklandi.
Natijada o‘sha davrda “[Aleksandr Nevskiy”], “[Pyotr I]”, “[Bogdan Xmelnitskiy]”, “[Shota Rustaveli]”, “[Spartak]” kabi tarixiy qahramonlar, kurashchilar siymolari aks etgan badiiy, kino va dramatik asarlar paydo bo‘ldi.
O‘zbek adabiyotida bu davrda “[Alisher Navoiy]”, “[Mahmud Tarobiy]”, “Muqanna” kabi nasriy, nazmiy, dramatik asarlar yaratildi. Ana shunday asarlar qatoridan [Maqsud Shayxzoda]ning “[Jaloliddin Manguberdi]” dramasi ham munosib o‘rin egalladi.
Asar ijodkorlar va jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olindi. Shu bois tezlik bilan sahnalashtirishga kirishildi. Oradan ko‘p o‘tmay Davlat Akademik drama teatrida shu nomdagi spektakl namoyish etildi. Spektakl nihoyatda muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan edi.
Bu o‘sha davrda o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan gazetalarda [Oybek], [Sobir] [Abdulla] kabi taniqli adiblarning spektakl haqidagi taqrizlarida ko‘zga tashlanadi. Spektakl teatr sahnasida bir necha kunlab uzluksiz namoyish etildi.
Biroq tomoshabinlarning ham quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. “Markaz”ning buyrug‘i bilan spektakl namoyishi to‘xtatildi. “O‘tmish ideallashtirilgan, tarixdagi hukmron sinf g‘oyalari ulug‘langan asar” sifatida spektakl teatr repertuaridan olib tashlandi.
Xo‘sh, ijodkorlar va jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olingan, sahna hayoti va tomoshabinlar uchun katta yangilik bo‘lgan bu asar nega o‘sha tuzum rahbarlari buyrug‘iga ko‘ra qoralanib, taqiqlanadi?
Buning sababini anglash uchun galni boshqa bir voqeadan boshlaylik. 1941 yilda yozuvchi Vasiliy Yan (bu o‘sha “[Chingizxon]” romanining muallifi) Xorazmshohlar davlati tarixi va taqdiriga qiziqib, [Jaloliddin Manguberdi] hayoti haqida qissa yozadi.
Yozuvchi qissada [Jaloliddin Manguberdi] $$Hindiston$$, $$Xuroson$$, $$Ozarbayjon$$, $$Kavkazorti$$, $$Eron$$, $$Iroq$$ hududlarida katta davlat tuzib, mo‘g‘ullarga qarshi olib borgan kurashini tasvirlagan.
Uning ana shu qissasi 1941 yilning 12 dekabrida, urush avjiga chiqqan, fashistlar $$Moskva$$ ostonasida turgan paytda, aynan $$Moskva$$da 15 nafar akademik ishtirokida $$Fanlar akademiyasi$$ binosida muhokama qilinadi.
Urushning eng og‘ir paytiga qaramay, yozuvchilar uyushmasida emas, balki Fanlar akademiyasida badiiy asar muhokamasining o‘tkazilishi bu kutilmagan hol edi.
Muhokama bayonnomasida yozilishicha, birinchi bo‘lib $$Xorazm$$da ko‘p yillar qazishma ishlari olib borgan arxeolog, akademik [Sergey Tolstov] so‘zga chiqadi. U qissaning yutuqlari — [Jaloliddin Manguberdi] obrazining tarixiy haqiqat asosida haqqoniy yoritilganligi, uning mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashdagi qahramonliklari, $$Xuroson$$, $$Kavkazorti$$, $$Fors ko‘rfazi$$ atrofida katta davlat barpo etgani, bu davlat o‘n yil davomida ko‘p xalqlarni mo‘g‘ullar zulmidan xalos qilgani bilan bog‘liq voqealar to‘g‘ri yoritilganligini ta’kidlaydi.
Shundan keyin boshqa olimlarga so‘z beriladi. Ular [Vasiliy Yan] asarida [Jaloliddin Manguberdi] obrazini ijobiy qahramon sifatida noto‘g‘ri talqin etgan, yaxshi tomonlarini bo‘rttirib ko‘rsatgan, u boshqa xalqlarni mo‘g‘ullar zulmidan xalos qilmagan, aksincha, boshqa davlatlarni bosib olish bilan shug‘ullangan, degan gaplarni aytadilar.
Qizig‘i, 14 nafar akademik huddi to‘tiqushdek bir xil gaplarni takrorlaydi. Bu xulosalardan hayron qolgan [Sergey Tolstov] yana qayta so‘zga chiqadi. U [Jaloliddin Manguberdi] tarixdagi o‘rnini, Xorazmshohlar davlati dunyoning eng qudratli mamlakatlaridan biri bo‘lganligini, Jaloliddinning bosqinchi emas, ilm-ma’rifatli, Chingiz qo‘shinini bir necha janglarda mag‘lub eta olgan mohir lashkarboshi bo‘lganligini va bu tarixiy voqealar asarda to‘g‘ri ko‘rsatilganligini aytadi.
Muhokama chog‘ida [Vasiliy Yan] ham 14 nafar akademikning o‘z qissasiga bergan bahosi noto‘g‘ri ekanligini, asarida tarixiy haqiqatni aks ettirishga intilganini aytadi. Afsuski, muhokamada [Tolstov]ning ham, Yan-ning ham fikrlari inobatga olinmaydi.
[Jaloliddin Manguberdi] faoliyati qoralanadi. Akademiklar asarning nashr etilishini taqiqlaydilar. Natijada [Vasiliy Yann]ing bu asari qo‘lyozma holatda yo‘qoladi.
Ana shu voqealardan keyin oradan 3-4 yil o‘tib [Maqsud Shayxzoda] taqiqlangan ushbu mavzuga qo‘l uradi. Urushda g‘alabalarga erishilayotgani uchunmi, yoki mafkurachilarning xayoli faromushligi sabablimi — [Maqsud Shayxzoda] asari Yozuvchilar uyushmasi muhokamasidan muvaffaqiyatli o‘tadi, sahna yuzini ko‘radi.
Lekin asar sal kechikib, baribir mafkurachilar tazyiqiga uchraydi. “[Jaloliddin Manguberdi]” dramasi ham nashr qilinmaydi, qo‘lyozma variantlari yo‘qotiladi.
Mafkurachilar [Maqsud Shayxzoda]ni “o‘tmishni ideallashtirish”da ayblashadi. Uning nafaqat asari, o‘zi ham qoralanib, “xalq dushmani” sifatida 25 yillik qamoq jazosiga hukm etiladi. “Xalqlar dohiysi”ning vafotidan keyin u nohaq jazodan ozod qilinadi.
Albatta, [Maqsud Shayxzoda] [Jaloliddin Manguberdi] haqida asar yozib, uni nashr ettirish mumkin emasligini, bunday asar yozgan har qanday ijodkor og‘ir tazyiqqa uchrashini bilardi.
Shunga qaramay, u o‘zi yashagan davr zo‘ravonliklaridan hadik-siramadi, tarix haqiqatlarini oshkor qilishda mafkurachilar siyosatidan cho‘chimadi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotiga [Jaloliddin Manguberdi] obrazini u haqda so‘z aytish qiyin bo‘lgan davrlarda birinchi bo‘lib olib kira oldi.
Asar 50 yildan keyin, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng teatr arxivlaridagi matnlar yordamida qayta tiklanib, ilk bor nashr etildi. [Jaloliddin Manguberdi]ning istiqlol tufayli, Yurtboshimiz tashabbusi bilan xalqimizning milliy qahramoni, Vatan ozodligi kurashchisi sifatida nomi tiklandi, qadri ulug‘landi.
Yurtimizda [Jaloliddin Manguberdi] tavallud topganining 800 yilligi keng nishonlanib, Urganchda uning ulug‘vor haykali qad rostladi.
$$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidentining 2000 yil 30 avgustdagi Farmoniga ko‘ra, “[Jaloliddin Manguberdi]” ordeni ta’sis etildi. Bu orden mamlakatning oliy harbiy mukofoti hisoblanadi.
Mazkur orden bilan Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar.
Atoqli adibimiz yarim asr ilgari o‘z dramasi orqali [Jaloliddin Manguberdi]ning buyuk sarkarda ekanligini haqqoniy tasvirlagan bo‘lsa, hayotda uning harbiy salohiyati faqat mustaqillik yillarida to‘la e’tirof etildi.