🔍

Article

HAQIQIY GENERAL EDI.

By G‘ofurjon Alimov, jurnalist • in 2010

Odam bolasining umri son-sanoqsiz imtihonlaru sinovlar aro kechadi. Bu hayot qonuni, undan hech kim qochib qutulolmaydi. Ammo shunday kasb egalari borki, ular har kuni, har soatda kutilmagan voqealarga duch kelishadi. Umrining har lahzasi mustahkam iroda, sabr-bardosh, kerak bo‘lsa, jasorat talab etadi. General mayor [Shuhrat Niyozov]ning hayot yo‘li bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishi tufayli u hech ikkilanmay [Saratov] harbiy bilim yurtiga o‘qishga kirish uchun jo‘nab ketadi. O‘sha paytlarda o‘zbek bolasining harbiy o‘quv yurtiga kirishi oson kechmasdi. O‘qish va amaliyotlardan muvaffaqiyatli o‘tib, leytenant unvoni bilan ona yurtiga qaytadi. Bu orada ^^Muyassar^^ opa bilan turmush quradi. Soqchilar bo‘linmasi sardori bo‘lib xizmatni boshlagan yosh zobit oldinda o‘zini qanday voqealar, sinovlar kutayotganini xayoliga ham keltirmasdi. Lekin ham jismonan, ham ruhan har qanday vazifani bajarishga tayyor va qodir edi. $$Samarqand$$da batalyon komandiri, bir xonali uy… To‘rt yildan so‘ng poytaxtga qaytish… Ikki farzand — ikki o‘g‘ilning dunyoga kelishi… Bu orada “qaynoq nuqtalar”da bo‘lish, yaralanish… Keyin $$Moskva$$da harbiy akademiyada o‘qish…

Harbiy kasbning mas’uliyati va mashaqqati ham, sharafi ham o‘zga-cha. Ota-onang, oilang, Vataning tinchligi, osoyishtaligi sen-ga bog‘liq. Sen dunyodagi eng muqaddas, eng sharafli vazifani bajarayapsan. Buni chuqur anglagan askaru zobit har qanday sinovlarga bardosh beradi. Shuning uchun ham u umrining oxirigacha o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qildi. Undan ibrat olib ukalari [Hojiakbar], [Shokirali], [ShukuralI], [Sheral]i, [Botirali], [Zokirjon]lar ham harbiy sohani tanlashdi. Hatto oilaning kenja farzandi ^^Barno^^ ham akalari izidan ketdi...

[Shuhrat Niyozov] qaerda, qaysi lavozimda xizmat qilmasin, qat’iyligi, bilimdonligi bilan e’tibor qozonib keldi. Uning to‘rt o‘g‘li ham Vatan himoyasini sharaf deb bilib, ota kasbini tanlashdi.

Bu oila haqida gap ketganda, ^^Muyassar^^ opaning xizmatlarini e’tirof etmasdan o‘tib bo‘lmaydi. Harbiy kishining turmush o‘rto-gi, harbiy farzandlarning onasi bo‘lish oson emas. [Shuhrat] aka ham o‘zi yoki oilasi yutuqlari haqida gap ketganda, “Bularning barchasida turmush o‘rto-g‘im ^^Muyassar^^xonning xizmatlari katta”, deya chin dildan tan olardi.

Darhaqiqat, [Shuhrat Niyozov] $$Moskva$$da harbiy akademiyada o‘qib yurgan kezlari [Muyassar] opa uch nafar farzandi bilan erining stipendiyasini kutib yashadi. $$“Moskva$$da ko‘p qiynaldik, — deydi ^^Muyassar^^ ona. — Oldin birovlarning uyida, so‘ngra yotoqxonada yashadik. Pulimiz yetmas edi. Rahmatli onamlar Toshkentdan temir yo‘lchilar orqali u-bu egu-lik yuborib turar edilar. Shunday qiynalgan vaqtlarimizda [Shuhrat] akaga: “Juda qiynalib qoldik bu yerga kelib, na bir yashash joyimiz, na bir xotirjam kunimiz bor. Endi shuncha qiyinchiliklar uchun sizni general bo‘lmaguningizcha qo‘ymayman”, derdim hazillashib”. Shu gap 1977 yilda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, 1999 yilda ro‘yobga chiqdi. “Sabrning tagi oltin”, deganlari shu ekan. Xizmatlari zoe ketmadi.

Turmush o‘rto‘g‘ining fazilatlari haqida gapirayotib, ^^Muyassar^^ opa shunday deydi:
“Ochilib-yozilib o‘tirgan paytlari kam bo‘lardi. Lekin bir marta chinakamiga xursand bo‘lganlarini ko‘rganman. Mamlakatimiz mustaqillikka erishib, o‘zimizning Mudofaa vazirligi tuzilganligini eshitib rosa quvongan edilar. Chunki begona joylarda xizmat qilib, ko‘p qiyinchilik va nohaqliklarni ko‘rgan edik. Ularga general lik unvoni nasib etgani ham aynan mustaqilligimiz sharofatidan deb o‘ylayman”.

[Shuhrat Niyozov] haqida hamkasblari, shogirdlari o‘rtasida gap ketsa, “haqiqiy general edi” degan so‘zlar ko‘p takrorlanadi. Bu so‘zlar zamirida [Shuhrat Niyozov]ning nafaqat cho‘rt kesarligi, jiddiy va qat’iy qiyofasi, ayni chog‘da mardligi, vatanparvarligi yotadi.

U umrining so‘nggi yillarida Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti boshlig‘i bo‘lib xizmat qildi. Uning tajribasi, tashkilotchiligi tufayli bilim yurtining moddiy-texnik bazasi yaxshilandi. Bugungi yorug‘ va shinam o‘quv xonalari, laboratoriyalar, kutubxona, yotoqxonalar, sport majmuasi, harbiy dala poligonining tashkil etilishi, yaratilishida [Shuhrat Niyozov]ning hissasi katta bo‘lgan.

Bilim yurti faoliyati bilan tanishish istagida kelgan jurnalistlarga u shunday degan edi:
“Yurtboshimiz $$O‘zbekiston$$ mustaqil deb e’lon qilingan dastlabki kunlardan milliy kadrlar tayyorlashni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgiladi. Bizga ana shunday o‘ta mas’uliyatli vazifa ishonib topshirilgan. O‘qish niyatida kelgan yoshlarning nafaqat jismoniy tayyorgarligi va bilimi, balki shaxsiy turmushi, oilasi bilan ham qiziqamiz. O‘z uyini, ota-onasini, tug‘ilib o‘sgan yurtini chin dildan sevgan kishigina ular uchun ko‘ksini qalqon qila oladi”.

O‘tgan yilning ayni shu kunlari [Shuhrat Niyozov] bevaqt hayotdan ko‘z yumdi. Ammo u katta ishlarni amalga oshirishga ulg‘urdi. Vatanimiz osoyishtaligi, sarhadlarimizning ishonchli himoyachilarini tayyorlash ishlarida fidoyilik ko‘rsatdi. O‘z yurtiga munosib o‘g‘lon bo‘lib yashadi.

Bunday insonlarning nomi hech qachon unutilmaydi, hamkasblari, shogirdlari, yaqinlari xotirasida abadiy yashaydi.

Total words

635

Unique words

465

Annotated anthroponyms

23

Toponyms

5

TTR

0.732

Hapax

383

Distribution

Top frequency chart

Dataset