🔍

Article

YANGI YILNING DASTLABKI 4 KUNI QANDAY O‘TDI?

By Alimqul SULTONOV sharhladi. • in 2010

Mamlakatimizda Yangi yil shodu xurramlik va orzu-umidlar bilan boshlandi. Prezidentimizning xalqimizga yo‘llagan samimiy tabrigi qalblarimizga quvonch, faxr-iftixor bag‘ishladi, ertangi kunga ishonchimizni yanada oshirdi. Archa bayramlari bolalar quvonchiga quvonch ulashmoqda. Shu ko‘tarinki kayfiyat bilan yangi yilning ish kunlari ham boshlandi.
Xo‘sh, dunyo mamlakatlarida yangi yilning dastlabki 4 kuni qanday o‘tdi? Nima yuz berdi-yu, qanday yangiliklarga qo‘l urildi?
$$Braziliya$$ning $$Rio-de-Janeyro shtati$$ aholisi uchun yangi yilning birinchi kuni ko‘ngilsiz boshlandi: mahalliy FVV xizmatidan olingan manbalarda qayd etilishicha, $$Ilha Grand kurort oroli$$da tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida eng yirik tuproq ko‘chishi yuz berdi. Natijada tepalik pastidagi mehmonxona ko‘chki ostida qoldi. 41 kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Qutqaruvchilar 26 kishining jasadini loy ostidan olib chiqdi.
$$Rio-de-Janeyro$$dan 100 kilometr g‘arbda joylashgan $$Gradus-Reys shahri$$da ham o‘sha kuni shunday fojia yuz berdi. 13 kishi qurbon bo‘ldi. Keyingi fojialar oldini olish uchun tog‘ yonbag‘rida joylashgan uylar aholisi xavfsiz joylarga ko‘chirildi. Shaharni $$Rio-de-Janeyro$$ bilan bog‘lovchi asosiy avtotrassa vaqtincha yopildi.

Pokistonda esa 1-yanvar kuni kaminadzе tomonidan terror sodir etildi. Associated Press AA xabar berishicha, $$Lakki Marvat shahri$$dagi stadionda voleybol musobaqasi o‘tayotgan paytda avtomobil to‘la portlovchi moslama portlatib yuborilgan. 96 kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumdi, yuzga yaqini turli darajada tan jarohati oldi. Portlash kuchli bo‘lgani bois stadion atrofidagi 20 ga yaqin uy vayronaga aylandi.

Keling, yaxshisi, ko‘ngillarda vahima uyg‘otuvchi bunday voqealardan emas, balki sal bosiqroq hodisalarni bayon qilaylik.

$$Litva$$ aholisi yangi yildan ko‘p narsani kutmagan bo‘lishi tabiiy. Nega deganda, mamlakat jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlardan biridir. Uning ta’siri tufayli yanvar oyidan e’tiboran pensiyalar miqdorini 4,7 foizga, nogironlik nafaqalarini esa 2,2 foizga qisqartirishga majbur bo‘ldi. “Litovskiy kuryer” bu haqda xabar tarqatdi.

$$Latviya$$da ham shunday holni kuzatish mumkin. “LETA AA” ma’lum qilishicha, bu yil aholining daromad solig‘i amaldagi 23 foizdan 26 foizga oshirildi.

“Washington Post” gazetasida chop etilgan xabarda qayd etilishicha, $$AQSh ma’muriyati$$ XXI asrning tarixga aylangan dastlabki yillarini $$AQSh iqtisodiyoti$$ uchun “yo‘qotilgan o‘n yil” deya tan oldi. Rasmiy statistika shundan dalolat bermoqdaki, 2000 yildan beri mamlakatda ish o‘rinlari yaratish darajasi hanuz nol ko‘rsatkichda turibdi.

Umuman olganda, dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’siridan hali butunlay qutulolgan emas.

$$Islandiya$$ning yirik “Landsbanki”ning “Icesave” internet-banki bo‘linmasi o‘tgan yili bankrot bo‘lgani bois uning xorijiy, aniqrog‘i, Buyuk Britaniya va Niderlandiyalik omonatchilari ham o‘z mablag‘laridan ayrilgan edi. Dekabr oyidagi hukumatlararo kelishuv bitimiga ko‘ra, Islandiya ma’muriyati xorijiy omonatchilarga byudjetdan 3,8 milliard yevro miqdorida tovon puli to‘lashi lozim. To‘lov 2014 yilgacha to‘liq amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Hozir parlament bu boradagi qonun loyihasi ustida ish olib bormoqda. Ammo mamlakat aholisining chorak qismi ushbu to‘lov amalga oshirilishiga qarshi. Bu borada yig‘ilgan imzolar 2-yanvar kuni mamlakat prezidenti [Olafur Ragnar] Grimssonга jo‘natildi.

$$Afg‘oniston parlamenti$$ mamlakat prezidenti [Hamid Karzay] tomonidan hukumat tarkibini shakllantirish uchun ilgari surilgan 24 nafar nomzoddan 17 nafarini rad etdi. Parlamentdagi yashirin ovoz berish jarayoni televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilindi.

Nomzodlar tasdiqlanishi uchun deputatlarning 51 foizi ovoz berishi lozim edi. Ammo…

[Karzay] 28-yanvarga qadar, ya’ni $$London$$da $$Afg‘oniston$$ning kelgusi taqdiri bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqiladigan xalqaro konferensiya boshlanguncha hukumatni shakllantirishni mo‘ljallagan edi. Endi prezident yana qaytadan yangi nomzodlarni parlament tasdig‘iga taqdim etadi.

Ma’lumki, o‘tgan yili avgust oyida Afg‘onistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tgan edi. Uning natijalariga ko‘ra, [H. Karzay] g‘olib deb e’lon qilingan, ammo jahon hamjamiyati e’tirozidan so‘ng — saylov jarayonlarida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani ayblovi bilan — ikkinchi tur saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, ikkinchi nomzod [Abdulla] Abdulla saylovda ishtirok etishdan bosh tortgani sababli noyabr oyida ikkinchi tur o‘tkazilmay, [H. Karzay] mamlakat prezidenti deb rasmiy e’lon qilingan.

$$Shimoliy Koreya$$ ma’muriyati esa mamlakat hududida xorijiy valyutadan foydalanishni 1-yanvardan boshlab taqiqladi. Reuters AA xabariga ko‘ra, endilikda nafaqat mamlakat fuqarolari, balki xorijiy fuqarolar ham savdo yoki xizmat uchun to‘lovni dollar yoki yevroda, umuman, chet el valyutasida amalga oshira olmaydi. Ajnabiylar, albatta, o‘z pullarini vonga almashtirib olishlari shart.

Eslash joiz, o‘tgan yilning noyabr oxiri va dekabr boshlarida, bir hafta muddatda pul qiymatini o‘zgartirish amaliyoti o‘tkazilgan edi. O‘shanda eski 100 von yangi 1 vonga almashtirilgan. Har bir oila uchun 450 ming vongacha bo‘lgan miqdorda pul almashtirishga ruxsat berilgan. Mamlakat ekspertlarining aytishicha, bu tadbir milliy valyuta quvvatini oshirish uchun amalga oshirilgan. Ammo aholi mazkur pul islohotidan norozilik bildirmoqda. Chunki bu tadbir natijasida tashqi savdo darajasi tushib ketdi, ichki bozor esa qimmatlashdi.

$$Venesuela$$ hukumati ham yangi yilda yangi choralarni amalga joriy etishga majbur bo‘ldi. Ma’muriyat savdo va ko‘ngilochar markazlar hamda sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib berishda ayrim cheklovlar joriy etdi. Ya’ni savdo va ko‘ngilochar markazlar, kinoteatrlar ertalabki soat 11 dan kechki 21 gacha, kazinolar esa kechki 18 dan 24 gacha elektr bilan ta’minlanadi. Uncha katta bo‘lmagan korxonalarga bir oyga 2 megavatt, yirik korxonalarga esa 5 megavatt miqdorida limit belgilandi.

Mamlakat birinchiligi uchun o‘tkaziladigan futbol o‘yinlari kunduzgi paytda uyushtiriladigan bo‘ldi. Shuningdek, bu cheklov barcha iste’molchilar oldiga energiyani 20 foiz tejash talabini qo‘ydi. Bu talabni buzgan shaxs jarimaga tortiladi. Cheklov shahar-ko‘chalaridagi chiroqlar, reklama va boshqa bezakli yoritgichlar ishlashini ham qisqartiradi. Unga ko‘ra, ko‘cha yoritgichlari kech soat 18 dan tun soat 24 gacha ishlaydi, xolos.

Mamlakat ma’muriyatining aytishicha, o‘lkada yuzaga kelgan kuchli qurg‘oqchilik bunday tadbirni joriy etishga majbur qildi. Chunki qurg‘oqchilik bois gidroelektr stansiyalarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan suv taqchilligi mamlakat miqyosidagi muammoga aylangan.

$$Chexiya$$da hukumatning antiqa ko‘rsatmasi kuchga kirdi. 1-yanvardan e’tiboran fuqarolar cho‘ntaklarida 15 grammgacha bo‘lgan og‘irlikdagi marixuanani olib yurishiga ruxsat etildi. Hukumat qaroriga ko‘ra, bu jinoyat tarkibiga kirmaydi. “ChTK” AA xabarida yozilishicha, kimki yonida 15 gramm dan ortiq marixuana, yoki 5 gramm dan ortiq gashish, yoki 1,5 gramm dan ortiq geroin, yoki 1 gramm dan ortiq kokain, yoki 2 gramm dan ortiq pervitin olib yursa, u jinoiy javobgarlikka tortiladi.

$$Belgiya$$da 2007 yili restoranlarda sigaret chekish taqiqlangan bo‘lsa, bu yildan esa kafelarda ham chekishga ruxsat berilmaydi.

Ana shunaqa gaplar. Yangi yil butun dunyoga to‘liq quvonch olib keldi, deya olmaymiz. Ammo doimo oldinga intilish, muammolarni yengib o‘tish, yangi yilga yangi rejalar bilan borish insoniyatga xos xislatdir.

Total words

931

Unique words

671

Annotated anthroponyms

6

Toponyms

19

TTR

0.721

Hapax

541

Distribution

Top frequency chart

Dataset