🔍

Article

ENG YAXSHI IMORAT AVVAL KO’NGILDA BINO BO’LADI.

By Yunus Uzoqov, “O’ zbekiston ovozi” … • in 2010

$$G’uzor$$dan $$Dehqonobod$$, undan $$Surxondaryo viloyati$$ga olib boradigan katta yo‘l yoqasidagi $$Qorkundi qishlog‘i$$da qad rostlayotgan zamonaviy yangi uylarni ko‘rsangiz, ko‘zingiz quvnaydi.

Hozir viloyatimizning $$Qarshi, Kitob$$, $$Qamashi$$, $$G‘uzor$$ va $$Kasbi tuman$$larida yangi turar-joy binolari qurilayapti, deydi $$Qashqadaryo qishloq qurilishi injiniring kompaniyasi$$ rahbari [Uyg‘un Azizov]. Bu ishlar uchun 5 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, hozirgacha 3 milliard so‘mdan oshiq pulni qurilish tashkilotlari hisobiga o‘tkazib berdik. Yo‘llar asfaltlanadi, gaz, ichimlik suvi uchun quvurlar tortiladi. Barcha zarur sharoitlar yaratiladi.

Yangi uylar loyihasi va qurilish tashkilotlariga qo‘yilayotgan talablar nimalardan iborat?

— Avvalo, bu uylar bir va ikki qavatli bo‘ladi, — suhbatga qo‘shiladi $$G‘uzor tumani$$ bosh arxitektori [Fahriddin Umarov]. — Har bir xonadonga 6 sotixdan tomorqa ajratilgan. Qo‘shqavatli uyda ikki oila istiqomat qiladi. Uylar 4 xonali va barcha qulayliklarga ega. Loyihalar $$Toshkent$$dagi loyihalash institutida tayyorlangan. Qurilish tashkiloti tanlovdan o‘tgan. Ochiq aytsam, sifat uchun qat’iy turayapmiz...

Shu qishloqdagi 20 ta yangi uy qurilishini $$“Bunyodkor Kamol” xususiy qurilish firmasi$$ olib bormoqda. U bosh pudratchi. Qizig‘i shundaki, yordamchi pudratchi “XXI asr” firmasi ekan. Bu xususiy qurilish tashkiloti rahbari [Kamol Pardaev]ning otasi — [Quvondik Alisherov]ni ancha yillardan beri bilardim. Yoshi oltmishlardan oshgan [Quvondik] aka yirik qurilish tashkilotlariga rahbarlik qilgan. Qirq yil davomida yuzlab qurilishlar boshida turgan.

— Istiqlol har bir insonga tashabbuskorlikni ro‘yobga chiqarish imkonini berdi, — deydi [Quvondik] aka. — O‘tgan yili 315 o‘quvchi o‘rinli 74-maktab binosini qurib, ishga tushirdik. $$[Nishon] tumani$$dagi 615 o‘rinli sanoat-servis kasb-hunar kolleji qurilishini nihoyasiga yetkazdik. Ayni paytda $$Talimarjon shaharchasi$$dagi 435 o‘rinli kollej binosini ta’mirlashda ishtirok etayapmiz.

— Otam ustozim, — deydi kamtarlik bilan “Bunyodkor Kamol” xususiy qurilish firmasi rahbari [Kamol Pardaev]. — 5 ta “KamAZ” mashinamiz, 2 ta yuk ko‘taruvchi kranimiz bor. Bu yil Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi avtokran sotib oldik. Xullas, katta buyurtmalarni bajarish uchun barcha texnika vositalariga egamiz. Eng muhimi — jamoamiz ahil, o‘z ishini yaxshi biladigan binokorlar ko‘p.

Darhaqiqat, shunday ekan. Har biri 2 tadan xonadonga mo‘ljallangan 5 ta qo‘shqavatli va 10 ta bir qavatli uylar asosan tiklangan. Uylarimizdagi milliy me’morchiligimiz unsurlari, bir qavatli uylar oldi peshtoq tarzida pesayvon qilinayotgani e’tiborimizni tortdi. Birov qorishma tayyorlayapti, birov g‘isht terayapti, yana birov unga ko‘maklashayapti. Qo‘shqavatli uy tomida peshtaxlarni qo‘yayotgan, 60 yoshlar chamasidagi duradgor [Juma Toshev] bir zum ishini to‘xtatib, savollarimizga javob berdi.

— Qattiqroq gapiring, anglamay turibman, — deydi u teshasini yog‘ochga qadab qo‘yar ekan. — Ha, mana, gapingiz yetib keldi. Endi, shu kasbning boshini tutganimga o‘ttiz yildan oshdi. Odamlarga yuzlab uy qurib berdim. Ana shu uylarning har birida yashab, bola-chaqa orttirayotganlarni ko‘rsam, kasbimdan, odamlar uchun foyda keltirayotganimdan sevinaman. Duradgorlikni yoshligidan o‘rganish kerak. Uch o‘g‘lim ham usta. Ana u yog‘och kesayotgan — o‘g‘lim bo‘ladi. O‘shandan so‘rang, biz ishni to‘xtatmaylik.

— Arrani birpas to‘xtatib tur, — deydi sherigiga [Juma] akaning o‘g‘li [Alisher]. — Yettinchi sinfda o‘qiyotganimdayoq, otam qo‘limga arra va tesha tutqazganlar. Bora-bora shu kasbga mehr qo‘ydim. Bu yangi imoratlar pishiq g‘ishtdan, ko‘p yillar odamlar uchun boshpana bo‘ladi. Nasib etsa, kelgusida o‘zimizga ham shunday uylar qurib olamiz.

Meni o‘ylantirgan masalalardan biri — g‘ishtning ko‘p va pishiq bo‘lishi, ikkinchisi esa shu uylarning egalari, ya’ni ularda yashaydigan oilalarning xohish-istaklari edi. Shu joyda bo‘lajak xonadon egalari-dan biri [Ilyos Normurodov] bilan tanishib, suhbatlashdik.

— Kasbim bo‘yicha iqtisodchiman, — deydi u. — Uydagilar bilan maslahatlashib, 20 million so‘m mablag‘ to‘plab topshirdik. Yana bankdan 33 million 600 ming so‘m kredit ajratishdi. O‘n besh yil ichida to‘lab borar ekanmiz. Uch nafar farzandim bor. Nasib etsa, yangi uyga ko‘chib kiramiz. Bu uylar pishiq-puxta qilib qurilayapti, barcha sharoitlari mavjud.

— Agar xonadon egasi uyi ichida qo‘shimcha qulayliklarni istasa, — suhbatga qo‘shiladi [Kamol Pardaev], — o‘z mablag‘i hisobidan o‘sha ishlarni bajarib beramiz. Endi g‘isht haqidagi savolingizga kelsak, g‘isht ishlab chiqaradigan 5 ta xususiy korxonadan mahsulot olyapmiz. Yakkabog‘ zavodining g‘ishti ancha sifatli, biroq masofa uzoq, qimmatga tushayapti. $$G‘uzor$$, qo‘shni $$Qamashi tumani$$dagi korxonalardan ham olib kelayapmiz.

Keksa quruvchilar aytishicha, yurtboshimiz $$Qashqadaryo viloyati$$da ishlagan kezlari “bir necha avlodlar yashaydigan, vaqt sinoviga bardosh beradigan uylar qurish kerak”, degan edilar. Mana, endi bu orzular amalga oshmoqda. “Eng ko‘rkam imorat avval ko‘ngilda barpo bo‘ladi”, deb bejiz aytilmagan.

Total words

623

Unique words

451

Annotated anthroponyms

13

Toponyms

17

TTR

0.724

Hapax

362

Distribution

Top frequency chart

Dataset