Yilni yaxshi ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan $$Sherobod rayoni$$dagi $$«Sherobod» sovxozi$$ mehnatchilari quvonchli voqeaning shohidi bo‘lishdi. Bu yerda xo‘jalikning o‘z san’at muzeyi ochildi. Taniqli rassom, $$O‘zbekiston SSR$$da xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi [Ro‘zi Choriev] tashabbusi bilan tashkil etilgan bu muzeyga respublika rassomlari tomonidan ishlangan ellikka yaqin asar qo‘yilgan.
Muzey portretlari va kartinalarida ajoyib zamondoshlarimiz turli mehnat uchastkalarida fidokorlik namunalarini ko‘rsatib ishlayotgan kishilar va ularning hayoti haqida hikoya qilinadi. Portretlarga qahramon bo‘lganlarning aksariyati surxondaryolik zamondoshlarimizdir.
Viloyatda rassom [R. Choriev] tashabbusi bilan ochilgan va ayni kunlarda muvaffaqiyatli ishlab turgan bunday muzeylar soni o‘ntaga yaqinlashib qoldi.
-- Inson san’atsiz yashay olmaydi, -- deydi rassom.
--U badiiy madaniyat bilan qanchalik oshno bo‘lsa, shunchalik yutadi. Bu fikr yangilik emas, albatta. Lekin qishloqlarimizda madaniyatga, san’atga e’tibor hali unchalik kuchli emas. Shu boisdan, shaxsan men olis dalalarda jasorat ko‘rsatib mehnat qilayotgan zamondoshlarimga qo‘limdan kelganicha san’at ulashishni o‘zim uchun burch deb bilaman.
Total words
139
Unique words
122
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
3
TTR
0.878
Hapax
111
Distribution
Top frequency chart
Dataset