🔍

Article

Qishning qahri qattiqlashdi.

By R. TURSUNOV IVANOVO – Toshkent. • in 1977

Qishning qahri qattiqlashdi. Yer bagʻirlab yelayotgan surrang bulutlar shiddat bilan qor elaydi. Hammayoq qalin, momiq oq koʻrpaga burkangan. Ariq chetiga qalamday qadalgan tik qomat qaragʻaylar boshida qor doʻppi. Oʻrilardan burqsiyotgan tutun koʻchalar ustiga havorang parda toʻshaydi. Bugun Qurbonoyning tashvishi zoʻr. Dugonalari, hamkasb doʻstlari halizamon yangi yil oqshomini birga oʻtkazish uchun uyni toʻldirib kelib qolishadi. ^^Lyudmila^^ ikkovi birgalashib dasturxon tuzashdi. ^^Qurbonoy^^ dam-badam sovuq gul yasayotgan derazadan koʻchaga tikilardi. Hovlidagi qizlarning kokiliday tolim-tolim navdalari izgʻirinning kuchsiz epkinida yengil tebranayotgan oq qayinlar tagida bolalar qiychuv bilan qor oʻynashadi. Bu qayinlardan birini ^^Qurbonoy^^ kech bahorda, yigirma yoshga toʻlgan kunida kolonna boshligʻi [Boris Vasilyevich]ning qistovi bilan oʻrmondan olib kelib, oʻtqazgan edi.
– Bizda shunaqa odat bor, qizim. Yigit boʻlsa, tugʻilgan kunida qaragʻay. qiz boʻlsa oq qayin ekadi. Sen ham shu yerlik boʻlib qolding. Udumimizni tutaver, – degan edi oʻsha kuni [Boris Tronov] ^^Qurbonoy^^ga.
$$Oʻzbekiston$$dan [Ivanov]oga kelgan yigit-qizlar orasida tugʻilgan kun birinchi marta nishonlayotgani uchunmi, oʻsha kuni qizlarning yotoqxonasida bayram boʻlib ketdi. Hatto, [Boris Vasilyevich] bilan bosh injener [Oʻtkir Rahmonov] ham oila aʼzolari bilan kelishgandi oʻshanda. Oʻyin-kulgi rosa avjiga chiqdi. Qoʻshiq-qoʻshiqqa, raqs-raqsga ulanib ketdi. Uni tabriklagan oʻrtoqlarining hayajonli gaplari haligacha ^^Qurbonoy^^ning quloqlari ostida jaranglab turibdi. Yoshlarning quvonchini kuzatib oʻtirgan [Boris Vasilyevich] ham oʻrnidan turib ^^Qurbonoy^^ning qoʻllarini qisib tabrikladi-da, dedi:
– Sizlarga havasim kelib turibdi. Hali sizlar qiladigan ishlar juda koʻp. Noqoratuproq zonani ochilmagan qoʻriq desa boʻladi. Komsomol bu ishni sizlarga ishonib topshirdi. Botqoqlarni quritib ekinzor qilish, kanal qazib suv chiqarish, yangi posyolkalar barpo etish sizlarning zimmangizga tushganidan faxrlansangiz arziydi. Buni sharaf bilan bajarishingiz uchun muvaffaqiyat tilayman.
...Eshik taqilladi, bir ozdan soʻng ^^Lyudmila^^ bir dasta xat va telegrammalar koʻtarib keldi. ^^Qurbonoy^^ oʻziga kelgan xatni shoshib oʻqidi. $$Samarqand$$dan, $$Oqtosh shahri$$dan, otasi [Xalil] ekadan ekan: “Yaxshimisan qizim, sihat-salomatmisan. Yangi yiling bilan tabriklayman...”
^^Qurbonoy^^ otasining mehr-muhabbat barq urib turgan mehribon chehrasini, sement va ohak tegaverib tars-tars yorilib ketgan mehnatkash qoʻllarini koʻz oldiga keltirdi. U umr boʻyi bir kasbning boshini tutib, quruvchi boʻlib oʻtdi. Faqat oʻzigina emas, umr yoʻldoshi ^^Soniya^^ opada ham, oʻgʻil-qizlari ^^Safo^^, [Boboqul] va ^^Qurbonoy^^larda ham, qoʻyingchi, hatto kelinlarda ham ana shu kasbga mehr-muhabbat uygʻotdi. [Xalil] aka [Deboyev]ning oilasini $$Oqtosh shahri$$da binokorlar deb bekorga aytishmasdi. Qanchadan-qancha binolarda shu oila aʼzolarining barmoq izlari qolgan...
^^Qurbonoy^^ $$Yangiyerdagi kommunal qurilish texnikumi$$ni tugallab, boshqa studentlar qatori noqoratuproq zonaga ishga joʻnab ketish oldidan Samarqandga birrov borganida [Xalil] aka uni vokzalga kuzatib chiqar ekan: “Har kishining hayotda oʻz tanlagan yoʻli boʻladi, qizim. Izimdan borib, ota kasbini tutganingdan boshim osmonga yetdi. Bu kasbni ulugʻlasang, sira kam boʻlmaysan. Ishqilib qayerda boʻlsang ham omon boʻl”, – deb qizining sochlaridan silab, peshonasidan mehr bilan oʻpib, oq yoʻl tilab qolgan edi.
^^Qurbonoy^^ [Ivanov]oga kelgan kunni hozirgi kun bilan xayolan taqqoslaydi. Oradan salkam bir yilcha vaqt oʻtgan boʻlsa ham, ana shu qisqa davr ichida ne-ne ishlarni qilib yuborishdi. Shuyaning oʻng qanotida quruvchilar posyolkasi, maktab, klub, bogʻcha qad koʻtardi. $$Oʻzbekiston$$ning milliy naqshi bilan rang berilgan mana shu yotoqxona, huv anavi toʻrt qavatli qator-qatot uy-joylar ham, eng muhimi temir-beton buyumlari zavodining ishlab chiqarish binolari ham ana shu qisqa vaqt ichidan bunyod boʻldi. Kuni kecha boshqarmaning bosh injeneri quruvchilarga 4 million soʻmlik qurilish-montaj ishlari bajarilganligi, bir yarim ming gektar zaxkash yerlar quritilib, 750 gektar maydonga suv chiqarilganligi haqidagi xabarni quvonib-quvonib yetkazgan edi.
Tunov kuni yigit-qizlar brigada boshligʻi [Mamadali Karimov]ning uyida hovli toʻyi oʻtkazishdi. Brigadir yosh boʻlsa ham kollektivga boshligini, oʻzining gʻoyat qisqa mehnat yillarida umr yoʻldoshi ^^Yelena^^ bilan komsomol qayerga yoʻllasa shu yerda – $$Uzoq Sharq$$da, $$Ukraina$$da, zilziladan soʻng $$Toshkent qurilishlari$$da ishlaganligini, gʻoyat boy mehnat tajribasi toʻplaganligini ^^Qurbonoy^^ eshitgan edi. Hovli toʻyi bahonasi bilan [Mamadali]ning uyiga toʻplangan brigada aʼzolari davrasida suhbat mavzuyi oʻzlarining kundalik ishlariga kelib toʻxtalgandan soʻng ^^Qurbonoy^^ kasbdoshlarining fikrini bilish maqsadida soʻradi:
– $$Oktyabr revolyutsiyasi$$ning 60 yilligi sharafiga hamma joyda oshirilgan majburiyat olishyapti. Bundoq hisob-kitob qilib koʻrsam brigadamiz boʻyicha besh yillik planni uch yarim yilda bajarish imkoniyati bor ekan, Bunga 1976 yikning oʻzida bir yarim yillik topshiriqni bajarib qoʻyganligimizning oʻzi yaqqol misol boʻla oladi. Agar sizlar rozi boʻlsangiz, [Mamadali] aka bizlarning nomimizdan yangi majburiyatimizni rasmiylashtirsalar...
^^Qurbonoy Xoliqova^^ning bu taklifi aslini olganda brigada aʼzolarining qalbida pishib yetilgan taklif edi. [Oʻktam Qosimov], [Usmon Halilov], [Nizom Rajabov], xullas oʻn besh kishining hammasi bu taklifni quvvatlab, qoʻl koʻtarishdi.
– Yaxshisi ertaga yangi majburiyatning hamma ikir-chikirlarigacha hisob-kitob qilib, [Boris Vasilyevich] bilan [Oʻtkir Rahmonov]ni ish joyimizga taklif qilsak, qanday boʻlarkin, – [Mamadali] yana oʻrtaga fikr tashladi.
Oradan hafta oʻtdi. [Mamadali Karimov] boshliq kompleks qurilish brigadasi aʼzolarining olgan majburiyati avval 6-koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnada, soʻngra “[Ivanov]oirsovxozstroy” tresti partiya va komsomol tashkilotlarida koʻrib chiqib maʼqullandi. Oʻninchi besh yillik topshirigʻini uch yarim-toʻrt yilda bajarish majburiyatini olgan yoshlarning koʻpchiligi yangi yil arafasida bi yarim yillik normani bajarganligi toʻgʻrisida raport berdilar.
Surrang bulutlar pagʻa-pagʻa qor elaydi. Hammayoq oppoq momiq qor ostida, ^^Qurbonoy^^ qor parchalari oq kapalakday urilayotgan derazadan xayolchan koʻchaga tikiladi. Huv ana – bir vaqtlar ^^Qurbonoy^^ tugʻilgan kunini nishonlab ekkan oq qayin. Keyinchalik bu qayinlar atrofiga yangidaan-yangi koʻchatlar ekildi. Ivanovoliklarning udumi bilan oʻtqazilgan qayin va qaragʻaylar hozir posyolkada koʻrkam bir xiyobon boʻlib turibdi. $$Samarqandl$$ik ^^Qurbonoy Holiqova^^, quvalik [Usmon Halilov], rishtonlik [Oʻktam Qosimov], qashqadaryolik [Nizom Rajabov], fargʻonalik [Mamadali Karimov] kabi qalb davʼati bilan [Ivanov]oga kelgan oʻnlab-yuzlab oʻzbekistonlik yigit-qizlar, oʻzining komsomollik burchini sharaf bilan ado etayotgan respublikamiz mehnatkashlarining vakillari qardoshlar zaminida ulgʻayib, kamol topmoqdalar.

Total words

830

Unique words

615

Annotated anthroponyms

49

Toponyms

11

TTR

0.741

Hapax

508

Distribution

Top frequency chart

Dataset