🔍

Article

Soxta kommunizmda yeti hafta

By A’zam Azimiy • in 2004

Yigirmanchi asrning o‘rtalarida sobiq $$Sovet davlati$$ning tepasiga kelgan [Nikita Xrushchev] yuqori minbardan turib, sovet xalqi yigirma yildan keyin kommunizmda yashaydi, deb yuborgan edi. Urush asoratidan hali qutula olmagan, yarim yalang‘och xalq bu muddat ichida afsonaviy jamiyat qura olishiga hech kim ishonmagan. Bu, [Xrushchev]ning mastlik bilan aytib yuborgan bemani gapi, deb kulishgan. Ayniqsa, Xitoydan ta’na toshlari yog‘ilgan. Bunga javoban sovetlar hukumati “yutuqlarimizni” keng yoritish, “ko‘z-ko‘z” qilish siyosatini tutgan, davlat chegaralari atrofida namunaviy korxonalar barpo etilgan. Quyidagi hikoyam 1957-yilning yozida bo‘lishimga to‘g‘ri kelgan va o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rgan ana shunday korxonalarning biri haqidadir.
Biz, o‘sha paytda $$O‘rta Osiyo Politexnika Instituti$$ deb atalgan, hozirgi $$Toshkent Davlat Texnika Universiteti$$ning o‘n to‘rt talabasi, $$Taldiqo‘rg‘on oblasti$$ning tog‘li o‘lkalaridan birida joylashgan Taqali polimetall kombinatigа 9-iyun kuni ertalab yetib keldik. $$Kombinat rahbariyati$$ hujjatlarimizni rasmiylashtirib, to bizni ishga qabul qilishlari uchun atigi bir soat vaqt ketdi. To‘g‘risi, bunday tezkorlikka biz qoyil qoldik, chunki bunga odatda bir kunimiz ketardi. Keyin bizni yuk mashinasiga o‘tkazib, Xitoy chegarasida joylashgan Drujba (Do‘stlik) koniga ishga jo‘natishdi.Bu kon tog‘lar oralig‘ida, dengiz sathidan 3650 metr balandlikda joylashgandi. Biz yetib borguncha qorong‘i tushib qoldi. Shaharchа Ko‘ksuv daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, daryoning chap qirg‘og‘ida tikanli simlar tоrtilgan, uch-to‘rtta chegara postlari o‘rnatilgan edi. Chegaraga yondosh X$$itoy shaharchasi$$dagi odamlarning yuzlari, hatto bizga qilayotgan imo-ishoralarigacha yaqqol ko‘rinib turardi...
Kon rahbariyati bizni juda iliq kutib olib, barchamizni to‘rt qavatli mehmonxonaga joylashdi. Xonalar katta-katta bo‘lishiga qaramay, har bir xona ikki kishiga mo‘ljallangan va did bilan jihozlangan edi. O‘rnatilgan ba’zi asbob-uskunalarning nima ekanligiga aqlimiz ham yetmasdi. Ustiga boychechak rasmi chizilgan bir elektr tugmachani qiziqib bosib ko‘rsam, dam o‘tmay, mehmonxona xizmatchisi xonamizga tabassum bilan kirib keldi-da, chaqiruvim sababini so‘radi. Shunda men dovdirab qolib, stol ustidagi yashikni ko‘rsatib, uning nima ekanligini so‘radim.Mehmonxona xizmatchisi yoqimli jilmaygancha yashikchaning televizor ekanligini aytib, uni ishlatish yo‘llarini tushuntirdi. Chunki biz uchun televizor, konditsioner, holodilniklar afsonaviy narsadek ko‘rinardi.
— Ha, kommunizm shu yerdan boshlanibdi! — dedi [Erkin] og‘zining tanobi qochib.
— Bunday jannatmakonlarda yashash uchun kir-pirimızdan arib kelaylik, — dedi guruhimizning “oqsoqoli” bo‘lgan [Vohid] aka, bizni hammomga boshlab.
Hammomga kelgach, hammamiz uchun chipta olmoqchi bo‘lgan [Vohid] akaning og‘zi hayratdan qulog‘igacha yetdi. Chunki hammom tekin ekan. Kiyim yechadigan yerda bir rus kampir paypoq to‘qib o‘tirardi. Biz undan tortinib tursak, u bizni shoshirdi:
-- Bolalar, tezroq yechining cho‘milib chiqinglar! Bir soatdan keyin odam ko‘payib ketadi...
Biz tezlik bilan yechina boshladik. Uch-to‘rtta chaqqonlarimiz qip yalang‘och bo‘lib olib, bittadan tog‘ora ko‘targancha cho‘miladigan xonaga otilib kirib kettilar. Lekin ular oradan biroz zum o‘tmay, izlariga qaytishdi. Ular tog‘oralar bilan oldilarini to‘sgancha, ko‘zlari katta ochilgan holda turardilar.
– Nima balo, jin-pin bilan duch keldinglarmi? – so'radi [Vohid] aka yechinishda davom etib.
– Xotinlarning xonasi shekilli?! – deb to‘ng‘illadi [Qahhor].
Shu payt cho‘miladigan xonaning eshigi ochilib, ichkaridan bir erkak chiqdi-da, qo‘lidagi tog'orani Kampirga berib, artina boshladi.
— Keyingi paytlar [Qahhor]ga erkaklar ham ayoldek ko‘rinadigan bo‘lib qolgan! — deb [Bahodir] hazil qildi. Hammamiz kulishdik-da, tog‘oralarni olib, cho‘milishga kirishdik. Kirdigu eshik oldida to‘planib qoldik. Chunki cho‘miladigan xonada o‘n chog‘lik yosh ayollar sho‘xlik qilib, bir-biriga sovun surtib, cho‘milib yurishardi. Birozdan keyin ularning orasida ikki erkak ham borligini payqadik. Og‘zimiz ochilgancha, cho‘miluvchilarga qarab qolgandik. Holatimizni ko‘rgan ayollar qahqaha urib, ustimizdan muzdek suv quydilar. Hech narsaga tushunmay, orqamizga qaytdik. Ketimizdan esa ikki qiz chiqib, yonimizda turib, sochiq bilan artina boshlashdik.
— Nega cho‘milmadilaring, bizlardan qo‘rqdinglarmi? — deb so‘radi qizlardan biri.
— Biz erkaklar hammomiga boramiz! — dedi [Bahodir] qizarib.
— Bizda “erkaklarniki” yoki “xotinlarniki” degan narsa yo‘q! Hamma narsa umumiy — kommunizm! — deb qahqaha urib kuldi boshqa bir qiz.
Yarim-yorti kiyinib, tashqariga chiqdik. G‘aroyib hammom ta’sirida chirq etmay, mehmonxonaga yo‘l oldik. Orqada qolib ketgan [Erkin] bilan Narimon birozdan keyin tirjayib kelishdi.
— Hammom ertaga ham ishlarkan, — dedi [Erkin] ishshayib. — Narimon bilan kelib, chomilib ketadigon bo'ldik.
Mehmonxonaga kelganimizda, boyagi ko‘rganlarimizni kula-kula gapirib, kun kech bo‘lganini bilmay qolibmiz. Konchilar oshxonasi yopilgan bo‘lib, ovqatsiz qoldik. Qishloqlardan kelib o‘qiyotgan bolalar pishiqq chiqishdi. Konservalari bor ekan, non-choy qilib qo‘ya qolishdi. Biz toshkentliklar esa restoranda ovqatlanadigan bo‘ldik. Kichkinagina Drujbada restoran bo‘lishi qiziq edi. Shundaygina mehmonxonaning birinchi qavatida joylashgan $$“Olatov” restorani$$ xuddi kinolarda ko‘rsatiladigan chet el restoraniga o‘xshasa-da, xo‘randalar siyrak, ikki-uch stolda o‘tirganlar allanarsalarni ichib, suhbatlashib o‘tirishardi.
Kelib o‘tirishimiz bilan, Salom berib, yugurib kelgan ofitsiantka qo‘limizga taomnomani berdi. Ro‘yxatda keltirilgan egiligu ichimliklarning birontasining narxi yozilmaganidan hijolat bo‘ldik.
— Narxi yozilmaganining sababi, ularning barchasi bepul. Nima yeyishni istaysiz, nima ichishni xohlaysiz — buyuravering. Taomnomaning barini olib kelib beraman!
— Pul to‘lamaymizmi? — so‘radi ishonqiramay [Erkin].
— Yo‘q, aslo! — tasdiqladi hushchaqchaqlik bilan kulib ofitsiantka, yozib olish uchun daftar va qalamni hozirlab.
— Faqat familiyalaringizni aytsalaring bas!
Hayratdan anqayib qolgandik. Yaxshiki, [Narimon] qizning qo‘lidan tortib, o‘ziga qaratdi:
— Kamina [Fatxullaev] o‘z do‘stlari bilan doim mehmolingiz bo‘lish niyatida... — deb bir talay egiligu ichimliklarni ofitsiantkaga buyurdi. — Bolalar, kelinglar, har kuni kechqurun restoranda mening mehmonim bo‘lib o‘tirishni an’ana qilamiz!
— Nega endi faqat sen boyvachchalikka kerilishing kerak?! Axir boshqalar ham bor-ku! — dedi qizishib Erkin.
— Tekin bo‘lgandan keyin kimning nomiga yozilishining nima farqi bor? — dedi Bahodirning ensasi qotib.
Ofitsiantka yana bir dugonasi bilan birga ikki aravachada buyurtmalarni olib kelib, biz o‘tirgan katta banket stolini birpasda taomlarga to‘ldirib tashladi. Tekin ekan deb, egulikdan ham ichimligimiz ko‘payib ketdi. Restorandan qachon chiqdig-u, qay ahvolda xonamizni topganimizni ham bilmay qoldik. Ertalab mehmonxona xizmatchilari xonalarimizga kirib, holimizdan xabar olib turishdi. Suvga qandaydir narsalar solib, gazlashtirib, og‘zimizga tutishdi. So‘ngra qahva ichirib, o‘rnimizdan turg‘azishdi...
Kechagi sarguzashtimizni eshitgan boshqa kursdoshlarimiz ishni chala-chulpa qilib, restoranga shoshilishdi. [Qoldiboy] degan qozoq yigit bosh bo‘lgan bir guruh, biz restoranga kirgunimizcha bo‘ladigani bo‘lib, cho‘zilib qolgan edi.Bu holni ko‘rib, buyurtma berishda o‘zimizni tiyib turdik.
Ammo, ichimizga ozgina ichimlik kirgach, yana bosar-tusarimizni bilmay, kechagi ahvolga tushdik. Mehmonxonaning bir-biridan ko‘rkam qizlari yana atrofimizda girdikapalak bo‘lishdi. Ertalab esa yana ishga jo‘natishdi... Restoranda kayf-safo qilib, har kuni «hordiq chiqarish» ham jonga tegdi. Shundan keyin komsomol ruhi-da tarbiyalangan ko‘pchiligimiz shaxtyorlar oshxonasida ovqatlanadigan bo‘ldik. Restoranga esa kamdan-kam — haftada bir yoki ikki marta kirib, musiqa tinglab ketardik. Ammo [Narimon], [Qahhoru] [Qoldiboy]lar restoranga kirishni kanda qilishmadi. Bunday “kommunizm” bizning yurtga qachon boradi-yu, biz uni qachon ko‘ramiz, deb oyoqdan yiqilgungacha eb-ichardilar.
Biz boyitish fabrikasining qizlarining qistovi bilan Ko‘ksuv bo‘yiga tushib cho‘milardik. So‘ngra katta-katta toshlar ustida yotib, tanamizni oftobga tutardik. Shunday paytlar Xitoy chegarasi tomondan odamlar yig‘ilib, bizni tomosha qilishar, qiyqirib, shovqin solishardi.
Ba’zi bir yigit-qizlar sho‘xlik qilib, xitoyliklarning jig‘iga tegish uchun ataylab bir-birini quchoqlab o‘par, bag‘riga tortardi. Shunday paytlarda xitoyliklarning ba’zilari jazavaga tushib, ag‘darilib qolardi...
Minut sayin ularning soni ortib, yashash sharoiti o‘sha paytlarda og‘ir bo‘lgan xitoyliklarning ko‘zi o‘ynardi. Oshxonayu restorandan ortib qolgan oziq-ovqatlarni itlarga berishar, nimta-nimta mol Go'shtlarini qirg‘oqda to‘plab, yoqib yuborishardi, sutlarni esa suvga oqizishar edi.
Haftada bir marta Panfilovka va $$Olmaota shahar$$lardan kelib ishlaydigan universal do‘kon narsalarga boy bo‘lardi. Faqat shundagina pul ishlatardik, ammo narxlar esa kulgili darajada past edi.Masalan, $$Olmaota chinni zavodi$$da tayyorlangan likobcha ikki so‘m tursa, uning yonidagi Xitoy chinnisi — $$Pekin$$da tayyorlangan nafis likobchaning bahosi atigi yigirma tiyin edi. Shunda men o‘n so‘mga zo‘r kostyum sotib oldim. Bu o‘sha paytdagi oylik stipendiyamning oltmishdan bir bo‘lagi edi. Ayollarning xitoycha zontidan ikkitasini yigirma ikki tiyin evaziga xarid qilganman. Bu pulga men Toshkentda to‘rt marta avtobusga tushib, bir stakan suv icha olardim, xolos...
Yetti haftalik muddat tezda o‘tib, $$“Kommunizm” qasri$$dan tuz-nasibamiz uzildi. Kondan bo‘shab, uyga qaytishga otlandik. Har birimizga yozilgan ish haqi o‘rta hisobda, $$Toshkent$$da ishlovchi injenerning bir-ikki yillik ish haqiga teng edi. Chunki o‘sha davrlarda konchilar eng ko‘p ish haqi oluvchilardan hisoblanardi. Quvonchimiz ichimizga sig‘masdi. Chunki biz ota-onamizning oldiga biltalay sovg‘a-salom, dasta-dasta pullar bilan ketayotgan edik. Ammo, kassadan pul olishga borganimizda boshimizdan muzdek suv quyilgandek bo‘ldi. Bizni “tekin” mehmonxonalarda yashab, ertalab o‘rinda yotib chiroyli xizmatchi qizlarning qo‘lidan qahvalar ichishlarimiz, $$“Olatov” restorani$$da knyazu graflardek kerilib buyurtmalar berishimiz, lo‘lilar ansamblini ertalabgacha tinmay romanslar kuylatishimizga ketgan hamma xarajatlarni xatga olib yurgan kon rahbariyati oyligimizdan bosib qoldi.”
Qo‘limizga tekkan pulga arang $$Taldiqo‘rg‘on$$ga yetib olishimiz mumkin edi. $$Kommunizm nash’asi$$dan biti to‘kulguncha tortgan [Narimon], [Qoldiboyu] [Qahhor]lar hatto, kondan qarz bo‘lib qolishdi. Bizga kelishdan oldin $$Olmaota$$da bir mashina pomidorini sotgan [Karim]ning puli faqat [Qahhor]nigina bu “tutqunlikdan” qutqarishga yetdi. [Qoldiboy] bilan [Narimon] esa o‘sha konda qolib, yana ikki oy ishlab berishdi...
Oradan ellik yilga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, o‘sha konda birga bo‘lgan konchi do‘stlarim bilan ahyon-ahyonda uchrashib qolsak, bir-birimizga ko‘zimiz tushishi bilan kulib bosh chayqab qo‘yamiz. Chunki kulgimiz sababi faqat o‘zimizgagina tushunarli-da...

Total words

1,304

Unique words

927

Annotated anthroponyms

26

Toponyms

16

TTR

0.711

Hapax

756

Distribution

Top frequency chart

Dataset