🔍

Article

Arzon, chidamli, qulay quvurlar

By Ibrohim Jonuzoqov • in 2004

$$Jizzax shahri$$dagi “LRS Plast” $$O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma korxonasi$$ning ishga tushirilganiga uch yil bo‘layapti. O‘tgan vaqt ichida korxona tamg‘asi bilan ishlab chiqarilayotgan plastmassa quvurlarini xarid qilish istagini bildirayotganlar safi kengaydi. Tabiiy gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari uchun ishlatiladigan turli o‘lchamli hamda har qanday bosimga bardosh beradigan quvurlarni bugun mamlakatimizdan tashqarida ham yaxshi bilishadi.
— Metall quvurlarga nisbatan arzon, ayni paytda chidamli va ishlatishga qulay mahsulotlarimizning bozori chaqqon, — deydi korxona rahbari [Yo‘ldosh Hasanov]. — Ularni bir necha xorijiy mamlakatlar sotib olishayapti. Bu esa korxonamiz eksport salohiyatini oshirish, iqtisodiy ahvolini yaxshilashga xizmat qilayapti.

Total words

88

Unique words

86

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

2

TTR

0.977

Hapax

84

Distribution

Top frequency chart

Dataset