$$Ishtixon tumani$$dagi 1-sonli litsey $$AQSh Tinchlik korpusi$$ ko‘ngillisi [Deniel Beyn]ning tashabbusi bilan 70 ming 759 $$AQSh dollari$$ miqdorida $$Yaponiya$$ grantini qo‘lga kiritdi.
O‘tgan yili bu yerda o‘qitishning eng namunali usullari yo‘lga qo‘yilganligi va o‘quvchilarning qo‘lga kiritgan yutuqlarini inobatga olib, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan zamonaviy 10 ta kompyuter sovg‘a qilingan edi.
Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida $$AQSh Tinchlik Korpusi$$ tomonidan mutaxassis-ko‘ngillilar jalb etilgan. Ana shunday ko‘ngillilardan biri — amerikalik huquqshunos janob [Deniel Beyn] mazkur litseyda yoshlarning ingliz tili fani sirlarini o‘rganishlariga ko‘maklashmoqda.
Biz amerikalik ko‘ngilli [D. Beyn] bilan grant olishni 2003-yil boshida rejalashtirganmiz. 12-sentabrda $$Yaponiya$$ning $$O‘zbekiston$$dagi elchixonasi bilan “Jamoatni qo‘llab-quvvatlash grant loyihasi dasturi” orqali litsey qurilishi uchun 70 ming 759 AQSh dollari miqdoridagi grantni olishga muvaffaq bo‘ldik, — deydi litsey direktori Keldiyor Ochilov.
Tuman hokimining qaroriga ko‘ra, ko‘p yillardan buyon qurilishi tugallanmay kelayotgan $$“Xalq banki” tuman bo‘limi$$ning binosi va unga ajratilgan yer maydoni litseyga berildi.
— Diyorimiz odamlarining mehr-oqibatliligi, fidoyiligi meni o‘ziga maftun etdi. Bu muvaffaqiyatda nafaqat mening, balki butun maktab jamoasi va direktorning hissasi katta.
Qurilish ishlari 2004-yilning bahoridan boshlanishi kutilmoqda.
Total words
171
Unique words
146
Annotated anthroponyms
3
Toponyms
8
TTR
0.854
Hapax
126
Distribution
Top frequency chart
Dataset