Main text:
Keyingi yillarda respublika partiya va hukumatimiz tomonidan xutor sistemasini tugatish boʻyicha qarorlar qabul qilindi. Qishloq Soveti ijroiya komiteti mayda va tarqoq qishloq va mahallalarni bosh plan asosida markazlashtirish va zamonaviy tipda qayta qurish masalasi bilan jiddiy shugʻullanmoqda. Qishloq Sovetining [Turgʻunpoʻlat Olimov] raislik qilayotgan qurilish va obodonchillik doimiy komissiyasining aʼzolari “Oktyabr” kolxozi pravleniyasi va partiya komiteti bilan mustahkam aloqa bogʻlagan holda ish yuritmoqda.
Eng avvalo qishloq bosh plani doimiy komissiya aʼzolari bilan maslahatlashib tuziladi. Unda har bir obyekt qurilishi qatʼiy nazorat ostiga olinadi. Kolxozchilarga, qishloq Soveti territoriyasida yashovchilarga uchastka taribida yer berish tartibga solindi. Oldindan kolxoz rahbarlari bilan joy koʻrsatib kelingan boʻlsa, endilikda bu ish qishloq Soveti ijroiya komiteti qarori bilan amalga oshiriladi. Umuman keyingi yillarda qishloq Sovetimizda qurilish va obodonchilik ishlari har qachongidan ham avj oldi. Oʻtgan besh yillik ichida jami 2570 oʻrinli toʻrtta tipovoy maktab, 220 oʻribli bolalar bogʻchasi, 8 dala shiyponi, 3 medpunkt, 650 oʻrinli klub, oʻnlab uy-joy qurilib foydalanishga topshirildi.
Faqat 1976 yilning oʻzidagina jamoat chorvachiligini rivojlantirish, uning mahsuldorligini oshirish maqsadida 4000 bosh sigir uchun chorvachilik kompleksi, 500 bosh qoʻy uchun topivoy qoʻralar qurildi. Qatortol va [Kuybishev] uchastkalari yoʻllariga asfalt yotqizildi. 640 oʻrinli 33 va 960 oʻrinli 26-oʻrta maktablarning yangi binolari qad koʻtardi, bu maktablarga kanalizatsiya keltirildi va bugʻ qozonlari bilan isitish shoxobchalari ishga tushirildi. 34-maktabda zamonaviy oshxona, medpunkt, sport zali qurildi. Bundan tashqari bir klub, 2 kutubxona binosi foydalanishga topshirildi. Qishloq mehnatkashlariga 50 oʻrinli uchastka kasalxonasi, ambulatoriya, xotin-qizlar konsultatsiyasi, tugʻruqxona xizmat qilmoqda.
Biz turmush madaniyatini yuksaltirish, mehnatkashlarga yetarli madaniy-maishiy sharoit yaratib berish toʻgʻrisida ham alohida gʻamxoʻrlik qilmoqdamiz. Shu kunlarda qishlogʻimizda bir joyda qishki klub, 11 joyda savdo markazi, hammom, etikdoʻzlik, kiyim tikish, sartaroshlik ustaxonasi, kiyimlarni ximiyaviy yoʻl bilan tozalash punkti, 8 kutubxona ishlab turibdi.
Qishloq Soveti territoriyasidagi koʻcha va yoʻlkalar asfaltlashtirildi, bosh planga asosan qayta qurish davom ettirilmoqda. Qishloqlarimiz yil sayin obod boʻlayotgani, qurilish avj olayotgani – bularning hammasi partiya va hukumatimizning mehnatkashlar uchun qilayotgan otalarcha gʻamxoʻrligining sharofati, ishlab chiqarish uzluksiz rivojlantirilayotganining samarasidir. Qishloq Sovetimiz territoriyasida “Oktyabr” kolxozida paxta va boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish yil sayin koʻpaymoqda, ekinlar hosildorligi ortmoqda. Paxtachilik uchun ob-havo ancha noqulay kelgan 1976 yil sharoitida ham katta yutuqlar qoʻlga kiritildi. 1522 gektar maydonning har gektaridan 33.4 sentnerdan “oq oltin” yigʻishtirib olindi. Yillik xalq xoʻjalik plani 104 protsent bajarildi. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, xoʻjalik barcha sohadan 3.5 million soʻm daromad oladi. Bu smetada koʻzda tutilgandan 9 ming soʻm koʻp demakdir.
Qishlogʻimizda qurilish va obodonchilik ishlari yangi yilda yanada avj oladi, kapital qurilishga daromadning 22 protsenti yoki 360 ming soʻm mablagʻ ajratiladi. 1977 yilning oʻzidayoq ikki joyda qishki va bir joyda yozgi kinoteatr, ikki kutubxona binosi, uch joyda dala shiyponi, 140 oʻrinli bogʻcha-yaslilar binosi va koʻplab turar-joy binolari quriladi.
Besh yillikda qishloq Sovetimiz territoriyasida mavjud 18 mahalla oʻrnida yiriklashtirilgan 13 ta mahalla boʻladi. Koʻplab madaniy-maishiy obyektlar foydalanishga topshiriladi. Qisqa qilib aytganda, qishlogʻimiz yanada obod va goʻzal boʻladi. Turmush madaniyati yuksaladi, xalqimiz hayoti bundan ham farovonlashadi. Yangi yil biz uchun ana shunday quvonchlar keltiradi.
Total words
480
Unique words
345
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
0
TTR
0.719
Hapax
276
Distribution
Top frequency chart
Dataset