Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda erishgan salmoqli yutuqlari bugungi kunda yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan keng e’tirof etilmoqda.
Chunonchi, iqtisod va biznesga ixtisoslashgan hind jurnali “FIEO News”ning dekabr sonida $$“O‘zbekiston$$da iqtisodiy yuksalish” sarlavhali maqola e’lon qilingan. Jurnal o‘quvchilar e’tiborini “MDH mamlakatlari orasida $$O‘zbekiston$$ iqtisodiy islohotlarning eng jadal sur’atlari va aholi turmush darajasidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan ajralib turishi”ga qaratadi.
Maqola muallifi $$YUNISEF$$ning “Ijtimoiy monitoring 2003” tadqiqotlari natijalariga to‘xtalib, $$O‘zbekiston$$da yalpi ichki mahsulot o‘sgani va bu MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich ekanini qayd etadi. Maqolada ta’kidlanishicha, $$O‘zbekiston$$da sog‘liqni saqlash, maktab va kasb-hunar ta’limi uchun ajratilgan davlat xarajatlarining foiz miqdori $$Markaziy Osiyo$$ mamlakatlari orasida eng ko‘pdir.
Joriy yilda milliy valyutaning konvertatsiyasini ta’minlashga imkon bergan respublika rahbariyatining pul-moliya siyosatiga yuqori baho berar ekan, muallif hozirda mamlakat fuqarolari va xorijliklar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishda hech qanday to‘siq yo‘qligini e’tirof etadi. Uning fikricha, bu omil mamlakatga xorijiy sarmoyalar oqimini ko‘paytirish va chet ellik kompaniyalarning samarali faoliyati uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratadi.
$$O‘zbekiston$$ning iqtisodiy yutuqlari, uning mintaqadagi muhim jo‘g‘rofiy-siyosiy o‘rni va tinchlikparvar siyosati Hindistonda chop etiluvchi siyosiy-tahliliy jurnal “Political Events” sahifalarida ham keng aks ettirilgan. Jumladan, $$O‘zbekiston$$ $$“Afg‘oniston$$ni qayta tiklashda ko‘maklashishga tayyor” maqolasida ta’kidlanishicha, “terrorizm va diniy ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashga mamlakatning muayyan kuch va resurslari safarbar etilganiga qaramay, $$O‘zbekiston$$ o‘zining iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli muvaffaqiyatlarga erisha oldi.”
Binobarin, hozirda $$O‘zbekiston$$ uzoq yillar davom etgan urush oqibatida parokanda bo‘lgan $$Afg‘oniston$$ iqtisodiyotini qayta tiklashda amaliy yordam ko‘rsatishga qodir. Bunga, jurnalning xulosa qilishicha, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi tarixiy qardoshlik aloqalari, shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislarning sanoat va transport infratuzilmasi inshootlarini qurishdagi boy tajribalari muhim asos bo‘ladi.
Total words
257
Unique words
212
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
12
TTR
0.825
Hapax
186
Distribution
Top frequency chart
Dataset