🔍

Article

"Nitron"ning bozori chaqqon

By Muzaffar Sharopov • in 2004

$$[Navoiy] “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi$$da yer xamirturushi – mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bilan birga, jahon bozorida o‘ta xaridorgir “Nitron” sun’iy tola tayyorlash hajmi ham yil sayin ortmoqda.
2001 yilda ishlab chiqarilgan 12 ming, o‘tgan yili esa 13 ming tonna nitron tolasining qariyb 50 foizi chet el mamlakatlariga eksport qilindi. $$Pokiston$$, $$Eron$$, $$Turkiya$$, $$Suriya$$ singari o‘nlab davlatlar qatori yaqinda $$Germaniya$$ va $$Italiya$$ kabi rivojlangan mamlakatlardan ham navoiyliklar mahsulotiga xaridorlar keldi. Bu esa kelgusida sarmoya tushumi yanada ortishini anglatadi.
— Nafaqat chet elda, balki Hamdo‘stlik mamlakatlarida ham tolamizga talab katta, — deydi birlashma rahbari [Hasan Mavlonov]. — Shuning uchun endilikda “ipak” tolamiz hajmini yillik 12–13 ming tonnadan 15–16 ming tonnagacha oshirishni rejalashtirdik. Shunda yillik valyuta tushumi 17 milliondan 20 million AQSh dollarigacha ko‘tariladi.
Yana bir jihati, “Nitron” tolasi bilan ishlayotgan $$“Agama” qo‘shma korxonasi$$ mahsulotlarining ham bozori chaqqonlashib qoldi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan trikotaj buyumlar, bolalar kiyimlari, sport anjomlari endilikda Belorussiya, $$Ukraina$$ mamlakatlari va $$Rossiya$$ning $$Moskva$$ hamda $$Sankt-Peterburg$$ shaharlarida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketmoqda.
“Nitron”chilar tog‘-kon sanoati uchun asqotuvchi “Timochivino” mahsuloti hamda mineral xomashyo — ammoniy sul’fat ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ydilar.

Total words

172

Unique words

147

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

12

TTR

0.855

Hapax

131

Distribution

Top frequency chart

Dataset