🔍

Article

O'zbekiston - Buyuk Britaniya jamiyati rejalari

By "Jahon" AA • in 2004

$$London$$da joriy yil yakunlari va 2004 yil strategiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan $$O‘zbekiston$$–$$Buyuk Britaniya$$ jamiyati boshqaruvining yillik majlisi bo‘lib o‘tdi.
Boshqaruv jamiyatning xayriya tashkiloti rasmiy maqomini olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Shu munosabat bilan tegishli hujjatlar ham tayyorlandi. Jamiyat raisi [X. But] yaqin kelajakda jamiyat hisobiga navbatdagi xayriya mablag‘i kelishini va u Qoraqalpog‘istondagi qator maktablar ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilishini hamkasblariga ma’lum qildi.
Majlis davomida tashkiliy masalalar — jamiyat a’zolarini ko‘paytirish, jamiyat faoliyatini Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya hududlariga yoyish haqida fikr almashildi. Ayni paytda boshqaruv korporativ a’zolarini kengaytirish, xususan, bu ishga $$«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi$$ va sayyohlik kompaniyalarini jalb etish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Majlis yakunida $$O‘zbekiston Respublikasi$$ning $$Buyuk Britaniya$$dagi elchixonasida miniatyurachi rassom [A. Karimov]ning shaxsiy ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘ldi.

Total words

117

Unique words

101

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

6

TTR

0.863

Hapax

89

Distribution

Top frequency chart

Dataset