U INSON QADR-QIMMATINI KO‘TARUVCHI, ZARUR BO‘LSA, ADASHGAN KISHILARGA TO‘G‘RI YO‘LNI TANLASHDA KO‘MAK BERUVCHI IDORA BO‘LMOĞI KERAK
Jazo tayinlashda asosiy mezon — inson omili.
Bu huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlaridan adashgan kishining shaxsi, oilasi, turmush tarzi, qanday sharoitda va nima sаbabdan jinoyatni sodir qilganligini ipidan ignasigacha chuqur o‘rganib chiqishni talab qiladi.
Yurtboshimizning Konstitutsiya kuni munosabati bilan «Amnistiya to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, eng avvalo ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va qariya mahkumlarga e’tibor qaratildi. Muhimi, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar insonparvarlik prinsipidan kelib chiqqan holda avf etildi. Bu fuqarolarga bo‘lgan insonparvarlik, odillik hamda chinakam demokratik munosabatlar uyg‘unligining timsolidir.
Albatta, bu borada so‘z ketar ekan, $$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi$$ning ikkinchi chaqiriq 6-sessiyasida «Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun qabul qilinishiga alohida to'xtalib o'tish joiz. Ushbu qonunga muvofiq, amaldagi jinoyat qonunchiligiga talaygina yengilliklar kiritildi.
Jinoyatlarni tasniflash mezonlari o‘zgarishi, Jinoyat kodeksining 87 ta jinoyat tarkibi bo‘yicha sanksiyalarini birmuncha yengillashtirildi. Shularning 26 tasida qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilishdek jazo chorasi chiqarib tashlangani aksariyat moddalarda nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga muqobil bo‘lgan jazolar qo'shilishi hamda yangi yarashuv instituti muomalaga kiritilgani yuqoridagi fikrimizga asos bo'la oladi.Natijada uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 20,1og‘ir jinoyatlar 2, o‘ta og‘ir jinoyatlar esa 1,5 foizga kamaydi.
Davlatimiz rahbarining «Birinchi marta sudlanib, ozodlikdan mahrum etilganlarning saqlash sharoitlarini liberallashtirilishi haqidagi» o‘tgan yilning 29 sentyabrdagi Farmoniga asosan, birinchi marta sudlanib, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotganlarni yengilroq tartibga o‘tkazish belgilandi. Jumladan, o‘zgarishlar samarasini Mirobod tumanida joylashgan «Ayollar jinoiy jazolarini ijro etish muassasasi» misolida ko‘rish mumkin. Ushbu Farmonga binoan bu yerda saqlanayotgan ayollarning taxminan 30 foizi qattiq rejimdan umumiy rejimga o‘tkazildi.
Hozirga kelib, muassasada saqlanayotganlarning 80 foizi ish bilan ta’minlandi. 30 yoshgacha bo‘lgan va o‘rta ta’limga ega bo‘lmaganlarni o‘qitish, dunyoqarashini oshirish borasida ham talay ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, mahbuslar kutubxona hamda ommaviy axborot vositalari bilan ta’minlandiki, bu ularning sharoiti ancha yaxshilanayotganligini ko‘rsatadi.
Sud-huquq idoralari xodimlari mahbusga adashgan kishi deb qarash, ularning jinoiy xatti-harakatlarni tark etishida, to‘g‘ri yo‘lni tanlashlarida katta ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Zero, oramizga qaytayotgan har bir shaxs jamiyatning huquqiy immunitetini buzmasligi, aksincha, o‘zining ijobiy hissasini qo‘shmog‘i lozim. Bu, avvalo, huquq-tartibot idoralariga, ularning adolatiga bog‘liq.
Total words
352
Unique words
290
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
2
TTR
0.824
Hapax
250
Distribution
Top frequency chart
Dataset