Qish fasli avtotransport haydovchilari uchun birmuncha muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ob-havoning goh yog‘inli, goh tumanli kelishi yo‘llarda ko‘rish holatini murakkablashtirmoqda. Yo‘llar va ko‘chalarni qalin tuman qoplab, transport qatnovini qiyinlashtirmoqda. Bunday kezda haydovchilar nihoyatda hushyor va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilgan holda harakatlanishlari lozim.
Lekin yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri baholamagan holda katta tezlikda yurish, oraliq masofani saqlamaslik, maxsus yoritish chiroqlaridan to‘g‘ri foydalana bilmaslik tufayli yo‘l-transport hodisalari yuz bermoqda. Kuni kecha $$Guliston$$–$$Toshkent$$ yo‘nalishida avtohalokat sodir bo‘ldi. Qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan "Neksiya" rusumli avtomashina bilan “ZIL” avtomashinasi to‘qnashib ketdi, natijada halok bo‘lganlar va og‘ir tan jarohati olganlar bor.
Bu baxtsiz hodisa batafsil tekshirib chiqilganda, avtofalokatga haydovchilarning yo‘lni tuman qoplaganiga qaramay katta tezlikda mashina boshqarganliklari sabab bo‘lgani ayonlashmoqda. Bunaqa misolni yana keltirish mumkin. Gap shundaki, yo‘llarni tuman qoplagan bir paytda katta tezlikda yurish va oraliq masofani belgilangan miqdorda saqlash qoidasiga rioya etilmaslik oqibatida kishilarning jabr ko‘rayotganliklarini eslatib o‘tish bilan birga, yana bir bor ta’kidlab o‘tmoqchimiz: hozir qish payti. Shubhasiz, yo‘llar va ko‘chalarda qatnov murakkablashadi. Tuman qoplashi ham tabiiy hol. Ayniqsa, tungi va ertalabki paytlarda shaharlararo hamda tog‘li yo‘llarda tuman tushgan kezda yo‘l-transport hodisalarining yuz bermasligi uchun haydovchilar yo‘lga chiqishdan avval boshqaruvidagi transport vositasining texnik holatini uning tormozlanish hamda yoritish qismlarini yana bir karra tekshiruvdan o‘tkazib, so‘ng yo‘lga chiqishlari lozim. Yo‘lda tezlikni oshirmaslik, oraliq masofani qat’iy saqlashlari, yoritish va signal berish tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalana bilishlari kerak. Katta tezlik tuman qoplagan yo‘lda avtofalokatning bosh sababchisi. Shunday ekan, haydovchilar o‘zlarining ham, boshqalarning ham hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklari uchun tuman paytida nihoyatda ehtiyot bo‘lib, past tezlikda yurishlari zarurligini eslatib qo‘ymoqchimiz.
Yo‘llarni va ko‘chalarni tuman qoplagan kezda YTH sodir bo‘lmasligining bosh omili tezlikni kamaytirish va yoritish chiroqlaridan oqilona foydalana bilishdir.
Total words
270
Unique words
199
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
2
TTR
0.737
Hapax
158
Distribution
Top frequency chart
Dataset