🔍

Article

Fermer - hamkori bilan kuchli

By Muhabbat Bekchonova • in 2004

$$XORAZM FERMER XO‘JALIKLARI$$
VA XUSUSIY TADBIRKORLAR XORIJLIK HAMKORLAR KO‘MAGIDA
So‘nggi yillarda viloyat tadbirkorlari yuqori navli urug‘lik kartoshka yetishtirishga keng e’tibor berishyapti. Bunda ularga chet ellik hamkorlarining yordami katta bo‘lmoqda. Masalan, $$Germaniya$$dagi $$“Agroaktsiya” muruvvat tashkiloti$$ning madadi bilan mamlakatimizdagi mintaqaviy vakolatxona bu yerdagi dehqon-fermer xo‘jaliklari hamkorligini 1997- yilda boshladi. Suv tanqisligi ro‘y bergan yillar sharoitida ham fermerlarga Yevropa Ittifoqining beg‘araz muruvvat yordamlarini uyushtirishda mazkur tashkilot bosh-qosh bo‘lgan. Qurg‘oqchilikdan qiynalgan 1800 ga yaqin dehqon-u fermerlarga 8 tonna erta pishar kungaboqar va shuncha miqdorda erta pishar makkajo‘xori urug‘i hamda ko‘plab mineral o‘g‘itlar yetkazib berildi.
“Agroaktsiya”ning yana bir ko‘magi viloyatdagi 96 ta fermer va dehqon xo‘jaliklariga iste’mol uchun, 78 dehqon xo‘jaligiga esa 102 tonna elita navli kartoshka urug‘i yetkazib berganligi. Oldinlari hashaki navlardan 50–60 sentner atrofida kartoshka olgan xo‘jaliklar endi 200 sentnergacha hosil olishyapti.
$$Germaniya$$lik hamkorlar shu kunlarda voha dehqonlari va fermerlarini toza ichimlik suvi bilan ham ta’minlash rejasini amalga oshirishga kirishdilar. Bu tadbir jarayonida 150 ga yaqin yangi quduq qazilib, yana shuncha quduqlar qayta ta’mirlanadi.
Voha fermerlarining xorijlik hamkorlari bilan aloqalari yaqin yillarda yanada keng ko‘lam olishi shaksiz. Chunki, fermer hamkori bilan kuchli.

Total words

179

Unique words

147

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

4

TTR

0.821

Hapax

122

Distribution

Top frequency chart

Dataset