Mana, Yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan navbatdagi inshoot qurilishi ham nihoyalab qoldi, deydi faxr bilan bu yerda bunyodkorlik ishlari boshlanganidan buyon samarali mehnat qilayotgan tajribali elektr-gaz payvandchi [Nikolay Anorboev].
— Uzunligi 660 metr. Bitgach ko‘rasiz, ajoyib ko‘prik bo‘ladi. $$Qoraqalpog‘iston$$ va $$Xorazm$$liklar uchun juda katta qulaylik yaratiladi. Eng asosiysi, mamlakatimiz xalq xo‘jaligi yuklari ilgarigidek qo‘shni Turkmaniston orqali emas, o‘z temir va avtomobil yo‘llarimizdan tashiladi. Bu iqtisodiyotimizga benihoya katta daromad, tejam va foyda keltiradi...
Ha, $$Xorazm$$ning $$Hazorasp tumani$$ hududida $$Amudaryo$$ ustiga qurilayotgan yangi ko‘prik ahamiyatini oddiy ishchiki, shunchalar tasavvur qiladi, iqtisodchilar va mutaxassislar ta’rifiga-ku gap yo‘q. Darvoqe, 20 milliard so‘mlikdan ziyod loyiha qiymatiga ega mazkur inshoot qurilishi shu kunlarda adoqlab qolayozdi. Hozir bu yerda 700 nafardan ko‘proq ishchi-xizmatchilar, mutaxassislar uch smenada ish olib borishayapti. Ular orasida Toshkentdagi 7-ko‘priksozlik trestining 13, 14, 67, 68-«Osiyo ko‘prik» mexanizatsiyalashgan ko‘chma jamlamalari jamoalari ham peshqadamlar safida bormoqdalar.
Inshoot qurilishida quruvchilar uchun hamma sharoit muhayyo. Oshxona va choyxona kecha-kunduz uzluksiz ishlab turibdi. Uch mahal ovqat bepul. Dam olish va madaniy hordiq chiqarish tadbirlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Yana shuni aytish kerakki, $$Miskin–Pitnak temir yo‘li$$ va avtomobil qatnovini bog‘lovchi mazkur ko‘prik Vatanimiz ahliga ko‘rsatilayotgan muhim ijtimoiy qulayliklardan biri bo‘lib, uning ayni $$«Mehr va muruvvat yili»$$da ishga tushishi o‘ziga xos ramziy ma’no ham kasb etadi.
[Yunus Ziyodov],
«O‘zbekiston ovozi» muxbiri