🔍

Article

Dolzarb vazifalar ijrosiga bag'ishlanadi

By Bekzod Norboyev • in 2004

$$O'zbekiston respublikasi davat bojxona qo'mitasi$$ hay'atining kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda mamlakatlarimizga spirt, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqununiy kirib kelishi hamda sotilishining oldini olishda bojxona organlari nazoratini kuchaytirishga oid masalalar muhokamma qilindi.
Qo‘mita raisi [B. Parpiyev] boshqargan mazkur yig‘ilishda ta'kidlanganidek, Prezidentimiz farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, davlatimiz rahbarining bevosita bojxona tizimi oldiga qo‘ygan vazifa va ko‘rsatmalarining ijrosini ta‘minlash yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Mamalakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, ichki iste'mol bozorini va mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish borasidagi ishlar yanada takomillashtirildi. Davlat budjetiga 291, 8 milliard sum miqdorida to'lovlar undirilishiga erishildi va belgilangan yillik reja 102, 3 foizga bajarildi. Bu 2002-yildagiga nisbatan qariyb 100 milliard sum ko'p demakdir.
Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmatidan ma'lum qilishicha, 2003-yilda mamlakatimiz hududiga noqonuniy olib o'tilayotgan qariyb 101 ming litr spirt va alkogol ichimliklar, 233,5 million sumlik tamaki mahsulotlari ushlab qolingan.
Afsuski, bojxonachilarning boshqa huquq- tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda quryotgan chora-tadbirlariga qaramasdan, respublikamiz bozorlarida, savdo va ovqatlanish tarmoqlarida kontrabanda yo'li bilan keltirilgan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining sotish hollari kamayapti.
Yig'ilishda viloyatlardagi bojxona boshqarmalari rahbarlarining muhokama etilgan masalalar yuzasidan hisobotlari tinglandi. Ayrim bojxona boshqarmalari faoliyati keskin tanqid qilinib, ishni eplay olmayotgan boshqarma boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.

Total words

193

Unique words

162

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

1

TTR

0.839

Hapax

142

Distribution

Top frequency chart

Dataset