O'zbek kurashi bir necha ming yillik tarixga ega. Asrlar osha u xalqimizga kishilarni jismoniy chiniqtirish vositasi bo'lib xizmat qilib keldi. Biroq mustamlakachilik yillarida boshqa ko'pgina qadriyatlarimiz singari o'zbek kurashi ham qatag'onga uchradi,rivojiga yo'l berilmadi.
Mustaqillik tufayli o'zbek kurashi yana o'z qaddini tikladi. Bugungi kunda uni jahon tan oldi va juda tez sur'atlar bilan nufuzi oshib boryapti. Mamlakatimizda sportni ommaviylashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qilinishi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tuzilishi unga bo'lgan etiborni yanada kuchaytirdi. O'zbek kurashi jahon maydonlariga chiqqan bo'lsa-da, uni targ'ib etish, undan yosh avlodni tarbiyalashda muhim vosita sifatida foydalanish dolzarb vazifa bo'lib qolaveradi. Ayniqsa, o'tgan yildagi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy sport targ'ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroridan so'ng u yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu manoda $$[Abu Ali ibn Sino] nomidagi tibbiyot nashriyoti$$ yaqinda bosmadan chiqargan $$“Kurash” nomli qo'llanma$$ diqqatga sazovordir. $$Xalqaro Kurash Akademiyasi$$ rahnamoligi ostida tayyorlangan ushbu sport ommaviy nashrida kurash uchun harakatli o'yinlar jamlangan. Qo'llanma asosan jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari tizimini takomillashtirishga oid muommmolarni hal etish masalalariga bag'ishlagan. Unda harakatli o'yinlar kurashga xos usullar bilan boyitilgan bolib, maktablarda jismoniy tarbiya darslarida ko'zga tashlanuvchi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, o'quv jarayonini faollashtirishga oid takliflar kiritilgan. Qo'llanmada taqdim etilgan harakatli o''yinlar kurash usullarini eslatadi va ular ko'proq kichik va katta yoshdagi maktab o'quvchilariga mo'ljallangandir.
Mualliflar - pedagogik fanlari doktori, professor $$Fikrat Kerimov$$, texnika fanlari nomzodi [Norqul Yusupov] kurash bo'yicha yirik mutaxassislardir. Ular o'zbek sporti tarixida birinchi marta uch tilda o'zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan ommabop qo'llanmani yaratdilar. Bu esa risolaning qadri va ahamiyatini yanada oshirgan. Shu bois $$Republika Xalq ta'limi vazirligi$$ Ta'lim markazining ilmiy-metodik kengashi ushbu nashrni o'quv qo'llanmasi sifatida tavsiya etdi: Binobarin, u jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini faollashtirishga xizmat qilishi bilan shu kun ta-lablariga juda mos keladi. Qo'llanmani fan va texnologiyalar markazi bosmaxonasi jamoasi yuqori poligrafik did bilan xalqaro andozalarga to'la javob bera oladigan tarzda chop etgani taqsinga loyiq. [Norbobo SHAKAROV]
Article
Kurash tarbiya maktabi
Total words
302
Unique words
245
Annotated anthroponyms
3
Toponyms
5
TTR
0.811
Hapax
214
Distribution
Top frequency chart
Dataset