🔍

Article

Malakali kadrlar armiyamiz tayanchi

By O’zA muxbiri Zohir Tosgxo’jaev yozib … • in 2003

Davlatimiz Rahbari [Islom Karimov]ning ikkinchi chaqiriy $$OLiy Majlis$$ining To’qqizinchi Sessiyasidagi ma’ruzasida mamlakat $$Qurolli Kuchlar$$ini isloh qilish jarayonida armiyamiz uchun malakali kadrlar etishtirish muhim masala ekanini ta’kidlangan. $$O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi$$ning $$<<Jar>> sport -sog’lomlashtorish majmui$$da harbiy diplomatiya, yurisprudeniya va jangovar san’at maxsus sinflari tashkil etilgani ana shu masalani ijobiy hal etishga qaratilgan muhim qadamlardan biridir.
-Mamlakatimizda kelajak avlodni har tomonlama barkamol qilib voyaga etkazish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan, -deydi <<Jar>> majmui boshlig’I [Abdusalom Isoxo’jaev]. -Bu borada Prezidentimizning $$<<O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi$$ni tashkil etish tog’risida>>gi Farmoni. Kadrlar tayorlash milliy dasturi kabi muhim Hujjatlarning hayotga keng tatbiq etilayotgani fikrimizga yaqqol dalil bo’la oladi.
<<Jar>>da harbiy diplomatiya, yurisprudeniya va jangovar san’at maxsus sinflarini ochish taklifi $$Toshkent Shahar hokimligi$$, $$xalq ta’limi vazirligi$$, $$Ichki ishlar vazirligi$$ tomonidan qo’llab -quvvatlangach, poytaxtimizdagi 38 -maktab binosining bir qismini zamon talablari darajasida ta’mirladik. Ochilgan yangi sinflarda lingafon, kompuyuter xonalarini yangi texnika bilan jihozladik.
Dastlabgi yili maxsus sinflarga Toshkent shahri va viloyatidan 347 bola hujjat topshirdi. Boroq bolalalrning jismoniy imkoniyatlari, sog’lig’ini tekshirish uchun <<Jar>>-dagi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan tibbiy -diagnostika sog’lomlashtirish markazida 41 o’quvchi tibbiy ko’rikdan o’tolmadi. Saralanganlari ona tili va adabiyot, matematika hamda psixologiyadan test, jismoniy tarbiyadan normativlar topshirdi. Natijada 50 o’quvchi 5- sinfga, yana shunchasi 6 -sinfga qabul qilindi.
Kursantlarga yozgi, qishki mavsumda va bayramlarda kiyiladigan maxsus kiyimlar -uniformalar berilgan. Ular yotoqxona va besh mahal issiq ivqat bilan ta’minlanadi.
O’quv jarayoniga kelsak, bolalarning kun tartibi ertalabgi badantarbiya bilan boshlanadi. Keyin tushlikkaxha o’qish. Bunda ular umumiy o’rta ta’lim dasturiga kiritilgan fanlardan tashqari, yurisprudeniya, harbiy diplomatiya, boshlang’ich jangovar harbiy tayorgarlik, falsafa, chet tillarini ham o’zkashtirishlari lozim. Darslar yakunlangach, kursantlarimiz qo’l janggi, dzyudo, kurash va suzish mashg’ulotlarida qatnashish uchun <<Jar>-dagi sport zallari, suv havzasi, trenajyor xonalariga keladi. Albatta, bularning barchasi ham ma’nan, ham jismonan rivojlanish bo’sag’asida turgan farzandlarimizning har tomonlama kamol topishida muhim omildir.
Bu yerda umumiy o’rta ta’lim va maxsus dasturlar bo’yicha etti yil o’qigan bolalar $$O’zbekiston$$ Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati Tasarrufidagi harbiy ta’lim muassasalariga hamda huquqshunoslik, harbiy kafedrasi bo’lgan boshqa oliy o’quv yurtlariga kirishi mumkin.
Bitiruvchilarimiz o’z tengdoshlari qatori umumiy o’rta ta’lim dasturidagi fanlarni o’zlashtirish bilan birga harbiy diplomatiya, yurisprudeniya, psixologiya, falsafani mukammal biladigan tayor kadr bo’lib etishadi.

Total words

354

Unique words

281

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

9

TTR

0.794

Hapax

241

Distribution

Top frequency chart

Dataset