^^Ozoda Nursaidova^^, $$<<Oltin Xumo>> mukofoti$$ sovrindori:
-Bu yil men uchun ijodiy yangiliklarga boy, omadli yil bo’ldi. Dastlab may oyida $$<<Xalqlar do’stligi>> saroyi$$da bir haftalik konsert dasturimni taqdim etdim. So’ngra $$Germaniya$$ ,$$Misr$$, $$Isroil$$, $$AQSH$$, $$Rossiya$$ va bir qator $$MDH davlatlari$$da gastrolda bo’lib, o’zbek san’atining dovrug’ini yanada oshirish uchun astoyidil harakat qildim. Jannatmakon diyorimizda ilk bor o’tkazilgan $$<<Oltin Xumo>> qo’shiqlar tanlovi$$da qatnashish baxtiga musharraf bo’ldim. Tanlovda $$<<O’zbegim, elim>> nomli ashula$$m yilning eng yaxshi qo’shig’I, deya e’tirof etildi. Bundan tashqari, buy il birvarakayiga -audio, video va SD albomlarim muxlislar e’tiboriga havola etildi…
Har inson ezgu -umidlardan ayro yashay olmagani kabi, mening ham ulkan orzularim bor. Imkon qadar orzularim, umidlarim yo’lida izlanaman, ijod qilaman. Xalqimiz, tinglovchilarimiz uchun yangi ashulalar yaratishga harakat qilyapmiz. May oyida yangi dasturimni taqdim etish orzusidaman. Buning uchun hozirdan tinimsiz ijod qilayapman. Oltita yangi ashulam tayor. Misrda suratga olingan videoclip ham tomoshabinlar e’tiborida…
Istagim -yurtimiz tinch, xalqimiz sog’va omon bo’lsa bas!
[Obid Asomov], taniqli askiyachi, $$O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist$$:
-[Obid]jon, aytishlaricha, bi yil Yangi yilni boshqacharoq kutib olayotganmishsiz. Ya’ni, bolalarbop tomoshalar ko’rsatar ekansiz. To’g’rimi?
-To’g’ri bo’lganda qandoq. Bolalarni juda yaxshi ko’raman. Agar bilsangiz, <<Mejdu prochem>>, bolalar dunyodagi eng samimiy tomoshabinlar-da. $$<<Qiziqchilar archasi>> deb nomlangan katta shou$$ -tomoshani tayorlashdan maqsadimiz ham shu -bolajonlarni yana bir bor kuldirish, shodlik ulashishdir. Hamma o’ylaydiki, ha, nima, bolani kuldirishoson, aldasang bo’ldi. Yo’q, Bolani kuldirish juda qiyin, bola shunchaki kulishni yoki jilmayishni, xaharxanda kulishni bilmaydi. Ular kulsalar chin dildan kuladilar. Va chindan kuldirish kerak… Shuhdanam bolalardan do’stlarim mo’l -ko’l!
-Ayting -chi, <<qiziqchi [Obid]>> Hayotda qachon jiddiy? Hammani kuldiradi-yu, o’zi qachon kuladi?
-Bilasizmi, odamlarni kuldirayotgan san’atkor, aslida ularning g’am -tashvishi bilan yashaydi. Qiziqchi jiddiy inson bo’lmasa, tomoshabinni hech qachon kuldirolmaydi. Qachon kulasiz, deysizmi? Kunning istalgan paytida kula olaman, ovqatdan oldinmi, keyinmi, baribir. Har holda tushlikdan keyin kulish huzurbahshroq. Tomoshadan oldin, umuman, hamma narsadan oldin jiddiyman.
-Yangi yilni qanday kutib olsa, yil bo’yi shunday kayfiyatda yuradi, degan gap Sizga ham to’g’ri keladimi?
-Bir safar Yangi yilni osmonda, parvozda, ya’ni ijodiy safardan qaytayotib samolyotda kutib olganman. Lekin yil bo’yi erda yurganman, oddiy odamlar orasida. Men har doim Yangi yilni ezgu istaklar, yorug’ niyatlar bilan kutib olaman. <<Xudo xohlasa, kirib kelayotgan yangi yil eng yaxshi yil bo’ladi!>> degan qat’iy istakni ko’nglimga tugib qo’yaman. Va, albatta, shunday bo’lishi uchun ko’p mehnat qilaman. Menimcha, <<qiziqchi [Obid] Yangi yilni boshqalardan o’zgacha kutmaydi. El qatori bayramni oila davrasida kutib olaman. Xalqimiz doim yaxshilikka ergashib yashaydi. Zero, shunday oilamiz, mahallamiz, elimiz, yurtimiz obod.
Yangi yilda o’zbeklarning mehmoni bo’lamiz
Dunyoda ayomlar ko’p. Lekin Yangi yil bayrami o’zgacha. Uni barcha xalqlar uchun umumjihatlik tomoni shundaki, turli joylarda garchand turlicha odatlar asosida nishonlasa-da, har bir kishi bu bayramni o’z oilasi, yaqinlari davrasida kutib oladi. Bugun mamlakatimizda mehmon bo’lishi aynan yangi yil kirishiga to’g’ri kelgan xorijliklar, sayohlardan shodiyona kechasini yurtimizda qay tarzda nishonlashni niyat qilishginini so’radik
$$Tomaro (Yaponiya)$$
-Yangi yil bayramni $$O’zbekiston$$da ilk bor kutib olayapman. $$O’zbekiston$$ menga juda yoqdi. Toshkent go’zal, Shahar ekan. Sayohatga bir o’zim chiqqanman. Yangi yilda har doim oilam davrasida bo’lardi. Hozir ular Tokioda. Shuning uchun ham bayramni biror- bir Yaponiya milliy taomlari tayorlanadigan restoranda qarshi olishni niyat qildim.
$$Elze Shligel(Avstraliya)$$:
-Olamizda shkllangan bir an’anaga ko’ra, biz yangi yilni har doim biror -bir ko’nglimizga yoqqan, iloji bo’lsa, antiqa emakxonada kutib olardik. Lekin negadir, keying besh -olti yil davomida Yangi yil bayrami arafasida ba’zan sayohlik, ba’zan ish yuzasidan chet ellarda bo’lishimga to’g’ri kelyapti. Hamma yurtimizda bu bayramni kutib olish o’ziga xos tarzda ajoyib o’tar ekan. $$O’zbekiston$$da har kim bayram kuni o’z uyida -oilasi davrasida bo’lishi menga juda yoqdi. Bayram- xursandchilikni oiling bilan qarshi olsang, qanday soz. Yurtingizga oilam bilan kelganman. Bizni bugun kechqurun bir do’stimiz uyiga taklif etgan. Demak, 2003 yil kirib kelishi chog’ida oilam bilan birga o’zbek xonadonninig mehmoni bo’lamiz.
$$Antonimo (AQSH)$$:
$$O’zbekiston$$da birinchi bor bo’lishim. Bu erda Yangi yil bayrami qish fasliga to’g’ri kelib, hammayoq oppoq qor, ichkarida bayram ekanligi, ayniqsa, ajoyib. Bunda qandaydir ramziy ma’no borga o’xshaydi.
$$AQSH$$da o’zbeklarning mehmondo’stligini, o’zbeklarga xos taomi -palov haqida eshitgan edim. Ammo, bugungidek yorqin tasavvurga ega emas edim.
Bugun, yangi -2003 yilni palovni zo’r tayorlaydigan bir restoranda kutib olaman. Yurtimga qaytganimdan so’ng, do’stlarimni biror -bir bayram munosabati bilan uyimga taklif etib, o’zbekchasiga mehmon qilmoqchiman.
Total words
676
Unique words
472
Annotated anthroponyms
5
Toponyms
20
TTR
0.698
Hapax
377
Distribution
Top frequency chart
Dataset