🔍

Article

Eng ezgu va samimiy tilaklar

By Erkin Xolbobo, <<O’zbekiston ovozi >> … • in 2003

Professional boksda muvaffaqiyat qozanayotgan hamyurtlarimiz [Muhammadqodir Abdullaev], [Ruslan Chagaev], [Quvonchbek Tayg’onboev] hamda ularning lasvegas ($$AQSH)$$ lik murabbiyi []Kenni Adamslar] Yangi yilni $$O’zbekiston$$da kutib oldilar. Biz bayram arafasida poytaxtimizdagi $$<<Dinamo >> sport majmui$$da mashg’ulotlar o’tkazayotgan bokschilarimiz va ularning murabbiyi bilan uchrashib, o’tgan yil taassurotlari, yangi yil rejalari bilan qiziqdik.
[Muhammadqodir Absullaev], $$Sidney olimpiadasi$$, $$Osiyo$$ va jahon chempioni:
-O’tgan 2002 yilning ko’p kunlarini las -vegasda o’tkazdim. Okeanortida o’tgan har bir daqiqa hayotimga mazmun bag’ishladi. Professional boksdagi janglarim sonini o’ntaga etkazib, barchasini g’alaba bilan yakunladim. Noyabr oyida navbatdagi uchrashuvimni o’tkazishim lozim edi. Biroq, taniqli bokschi, ukamiz [Ruslan Chagaev]ning nikoh to’yi munosabati bilan o’n birinchi jangimni kechiktirdik. So’nggi ikki oyni oilam, do’stu borodarlar davrasida o’tkazdim. Bundan xursandman. Yaqinda yana bir kuchli bokschimiz [O’tkirbek Haydarov] uylandi. Uning to’yida qarnashdim.
Oxirgi paytlarda havaskorlar boksidagi murabbiyim [Mars Qo’chqorov] bilan o’rtamizga biroz sovuqchilik tushib, munosabatlarimiz yomonlashgandi. Yil yakunida o’tkazilgan <<Boks kuni>> tadbirida ustozim bilan yasharib oldik. Oddiy qilib aytganda, o’tgan yil hayotimda o’chmas iz qoldirdi. Muhimi, professional boks ringida barcha janglarimni muvaffaqiyatli yakunlab, o’z muxlaslarimni xursand qildim.
Oldinda esa jiddiy sinovlar kutib turibdi. $$O’zbekiston$$da 9 yanvarga qadar mashg’ulotlarda qatnashaman. So’ngra, Avstraliyaga jo’nab ketaman. Melburunga etib borgacgh, $$Avstraliya$$ iqlimiga moslashib 19 yanvarda Janubiy afrikalik [Filipp Xolidey]ga qarshi jang o’tkazaman. Keyin Las -Vegasda navbatdagi janglarga tayorgarlik ko’ramiz. Yangi yildagi eng katta maqsadim- IVF versiyaning 63, 8 kg vazn toifasida oltin kamarni qo’lga kiritish. O’ylaymanki, muxlislarimni quvontiraman.
[Ruslan Chagaev], $$Osiyo$$ va jahon chempioni:
-O’tgan yilda rejalashtirilgan barcha ishalrimni to’liq bajardim. Professional ringda reyting ochkolari uchun o’tkazilgan hamda jangda g’alaba qildim. O’tgan yilda onamning katta orzu -havaslaridan biri ushaldi. Men sevgan qizimga uylandim. Shuning bilan birga do’stimiz [O’tkirbek Haydarov]ning ham nikoh to’yida qatnashdim.
Yangi yilda ham o’z an’anamni davom ettirmoqchiman. 19 yanvarda $$Avstraliya$$da bo’ladigan navbatdagi uchrashuvda amerikalik bokschiga qarshi ringga chiqaman.
[Quvonchbek Tayg’onboev], $$^^Osiyo^^$$ va jahon chempionatlari sovrindori, professional boks bo’yicha 69 kg , vaznda Tinch okeani va Okeaniya mintaqasi chempioni:
-WBO yo’nalishidagi janglarim soni yigirmataga etdi. O’z vazn toifam bo’yicha qit’alalaro chempionlikni qo’lga kiritdim. Quvonarlisi, yangi yilni oilam davrasida qarshilayapman. Qizchamiz ^^Tamara^^ bir yoshga to’ldi. Yangi yilning dastlabgi oyida [Muhammadqodir] va [Ruslan] kabi Melburnda navbatdagi jangimni o’tkazaman. Raqib ismini hozircha aniq bilmayman. Lekin u amerikalik bokschi bo’ladi. Nasib qilsa, ushbu jangni o’z foydamga hal etsam, yana sanoqli uchrashuvdan so’ng jahon chempionligi uchun ringa chiqaman.
[Kenni Adams], murabbiy:
-$$O’zbekiston$$ga kelmasimdan oldin, $$Toshkent$$ va bu serquyosh o’lka haqida mutlaqo boshqacha tasavvurda edim. Ikki yilda uch marotaba tashrif buyurgach, bu go’zal o’lkani sevib qoldim. Yangi 2003 yilni $$O’zbekiston$$da qarshilayotganimdan afsuslanmayman. O’tgan yilda shogirdlarim bilan ko’zkangan barcha ishlarni a’lo darajada amalga oshirdik. Agar [Ruslan]ing to’yi o’rtaga tushmaganida, yigitlar reyting ochkolarini yanada oshirib olishardi. Lekin bundan xafa emasman. Axir aytishadi-ku, xayrli ishning ertasi yaxshi, deb.
Yangi yildan esa umidlarimiz katta. Shogirdlarim oltin kamar uchun ringga chiqishadi. [Muhammadqodir]ga bergan va’dam bo’yicha, u yangi yilda oltin kamar sohibi bo’lsa, men albatta, Andijonga mehmonga boraman. Chunki, oltmish ikki yoshda $$Toshkent$$dan to’rt yuz kilometrlik masofani avtomashinada bosib, $$Andijon$$ga borishi uchun jo’yali bir sabab kerak- da!(kuladi.)
Ha, darhaqiqat, yangi yildagi jiddiy bahslarga taraddud ko’rayotgan bokschilarimiz va ularning murabbiyi bilan suhbatimiz samimiy kechdi. Ularning yuzidagi tabassum, ko’tarinki kayfiyatini ko’rib, biz ham bokschilarimizga yangi yilda omadlar tiladik. Suhbatimiz so’ngida bokschilarimiz ishqibozlarga o’z dasxatlari tushirilgan yangi yil tilaklarini taqdim etishdi.

Total words

525

Unique words

381

Annotated anthroponyms

18

Toponyms

15

TTR

0.726

Hapax

305

Distribution

Top frequency chart

Dataset