🔍

Article

Oilasi Quchog’ida Kutib Oldilar

By Abdig’ani Nabiev, Qibray tuman prokurori • in 2003

Amnistiya akti qo’llanilgan qibraylik fuqaro yangi yil arafasida oilasi bag’riga qaytdi.
Konstitutsiyamizning 10 yilligi munosabati bilan qabul qilingan $$O’zbekiston Respublikasi$$ Prezidentining <<Amnistiya to’g’risida>> gi Farmoni hukumatimizning adolatli va kechirimli siyosat yurg’izayotganligini yana bir bor namoyon qildi.
Farmon ijrosini afv etish akti qo’llanilishi mumkin bo’lgan, ammo javobgarlik va jazodan yashirinib yurgan shaxslarni yana ijtimoiy faol hayotga qaytarish ishiga qaratilmoqda. Zotan, bunday shaxslar yashirinib yurishlari tufayli ish va osuda hayotdan mahrum holda yanada og’irroq, yanada mudhishroq jinoyatlarga qo’l urishlari mumkin. Bu esa fuqarolarimiz tinchligi, jamiyatimiz barqarorligiga rahna soluvchi omillardan biridir.
Shu holatlarni inobatga olib tuman prokuraturasi ijtimoiy xavfi uncha og’ir bo’lmagan va Farmon tasarrufiga kiruvchi jazodan yashirinib yurgan shaxslarning ota -onalari bilan ularning qarindoshlari, yoru -birodarlari, mahalla oqsoqollari ishtorokida uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etdi. Ularga Farmonning mohiyati va mazmuni tushuntirildi.
Olib borilgan ushbu tadbir natijasida av fetish tog’risidagi qo’llanilishi mimkin bo’lgan jazodan yashirinib yurgan shaxslardan bir nechtasi tuman prokuraturasiga o’z xohishlari bilan keldilar. Bunday insonlarning kelishi hamon davom etmoqda.
Ularga o’z navbatida salbiy xatti -harakatlar sodir etmasliklari, bu harakatlar ularning o’zlari, ota-onalari uchun tashvishli natijalarga olib kelishi mumkinligi uqtirilyapti.
Natijada tuman bo’yicha yangi yil arafasida 26 shaxsga nisbatan amnistiya tog’risidagi Farmon qo’llanildi. Ular yangi yilni o’zlarining uyida, qadrdonlari davrasida kutib oldilar.

Total words

198

Unique words

157

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

1

TTR

0.793

Hapax

129

Distribution

Top frequency chart

Dataset