$$Istiqlol yillari$$da sho’rolar zamonida odatiy holga aylangan ekologik zug’um, bolalarning ommaviy tarzda butufos kabi og’ulardan zaharlanishi, kamqonlik va shunga o’xshash boshqa xastaliklarga chalinishiga chek qo’yildi. Lekin, dedi Prezident, achchiq, bo’lsa ham bir haqiqatni tan olishimiz kerak: sog’lom avlod tarbiyasi ko’proq bir yoqlama, ya’ni tibbiyot yo’nalishida olib borilmoqda. Vaholanki, sport azal- azaldan ham jismoniy , ham ma’naviy etuklik omili bo’lib kelgan. Xalqimiz bejiz, sog’lom tanda sog’lom aql, demaydi.
Sportning milliy genofondni yaxshilash, ijtimoiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etish, millatning g’urur -iftixorini ko’tarish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va boshqa talay sohalardagi ahamiyati benihoya kattadir. Bir misol: O’zbek kurashining dovrug’I bugun etti iqlimga taralmoqda. Demak, sportning milliy qadriyatlarimizni tiklashda ham beqiyos o’rni bor.
Prezident Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Sport faqat poytaxt yoki viloyat markazlaridagina rivojlanmay, eng olis qishloqlarga, chekka hududlarga ham etib borishi va u, albatta, ommaviy bo’lishi kerak. Bu ishga bolalarni faqat tilda emas, dilidan yaxshi ko’radigan, ularga murabbiylik qilishdan tolmaydigan, bir so’z bilan aytganda, fidoyi mutaxassislarni jalb etish o’ta muhimdir.
Joylarda bolalar uchun sport inshootlari qirishda palapartishlikka aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bu ish ilmiy jihatdan chuqur asoslangan holda zamonaviy loyihalar bo’yicha rejali amalga oshirilishi kerak. Bu borada bizga keng ko’lamda olib borilayotgan lisey va kollejlar qurish tajribasi qo’l kelishi mumkin.
Bolalar sportini rivojlantirishga homiylar ishtirokini qo’llab -quvvatlaymiz, dedi Prezident. Bu yordam farzandlarimizning kamoli uchun astoyidil jon kuydirgan chin vatanparvar insonning beminnat himmati tarzida namoyon bo’lishi kerak.
Majlisda $$O’zbekiston Respublikasi$$ Bosh vazirining birinchi o’rinbosari [K. To’laganov]ning $$Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi$$ faoliyatini tashkil etish borasida oshirilayotgan ishlarga oid axboroti tinglandi.
Viloyat hokimlariga joylatdagi vaziyat bilan chuqur tanishish, bolalar sportini rivojlantirishning imkoniyatlarini obdon o’rganib, aniq takliflar berish tavsiya etildi.
Bolalar sportini rivojlantirish faqat daxldor idoralar, mutaxassislarninggina emas, barchaning va har bir kishining muqaddas burchidir, dedi Prezident pirovardida. Men bu tadbirning umumiliy harakat darajasiga ko’tarilishini istar edim.
Farzandlarimizda 5-7 yoshdan boshlab sportga mehr uyg’otsak, sport bora -bora ularning doimiy hamrohiga aylanadi. Sport bilan shug’ullangan odam o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish yo’lida sobitqadam bo’ladi. Kelajagiga ishonch bilan qaraydi. Sog’lim kishi har bir kunidan olam -olam zavq oladi, ta’bir joiz bo’lsa, qanot chiqarib, uchib yurgandek bo’ladi.
Farzandlarimizning parvozlari hamisha baland bo’lsin!
Total words
349
Unique words
280
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
3
TTR
0.802
Hapax
246
Distribution
Top frequency chart
Dataset