Odatda hamma ham kundalik tutavermaydi. Ularning tanho ishonchi -xotira…
Xotira (ayniqsa, kuchli xotira) tirik tarixning o’zi! Mana (uzoqqa bormang), bu yilgi qishning ilk kunidanoq yoqqan birinvhi qorni oling. Keyin ustiga -ustak kun sayin, butun oy davom etgan bu qorli kunlarni endi uzoq vaqtlar kum eslab yurmaydi deysiz, hamma eslaydi.
Qarang, qishning bir oyi.
O’tdi rosa qor, bilan.
Yurtim dala, qir, soyi,
Kutgan edi zor bilan…
O’zining sho’x -shan bolalik qishlarini eslamagan kishi bo’ladimi: tepalik, chena, qir- adir, <<qor bo’ron>> o’yinlari, qiyqiriklar… Qor! Oppoq. Yumshoq qor! Bir olam quvonch bag’ishlaydi kishiga.
Bayramlarning ko’pchiligi odatda bahor, kuz oylariga, ba’zan yoz fasliga to’g’ri keladi. Qishning esa eng katta bayrami -Yangi yil! Tag’in u boshqa katta -kichik bayramlar singari yil oralig’ida oylarning muayan sanalarida kelguvchi bayramlardan emas. U har ikki yil o’rtasida ko’prik bo’lib, ikkalasiga ham baravar shodlik, shodonlik baxsh etguvchi, bayramlarni boshlab berguvchi bayram!
Aniqrog’I, xayrlashayotgan yil uchun u butun to’rt faslda qilingan barcha (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy va hokazo) ishlarning pirovard yakuni bo’lsa, kirib kelgan Yangi yil uchun amalga oshirilajak yumushlar, adog’iga etmay qolgan ishlar yoxud piydevori qo’yilayotgan ulug’vor rejalar, tinchlik, obodlik, faravonlik istiqbolidir. Yangi yil -yangi umid deydilar, axir.
Bugun abadiylikka ketgan 2002 yilning to’rt fasli davomida bosib o’tilgan yo’lni xotirlamay, yangidan yurajak so’qmoqlarga nazar tashlamay, ertangi kunlarga umid bog’lamay bo’ladimi!
Xo’sh, kechagina yil taqvimi (calendar) dan so’ngi varag’I yirtilgan 2002 yil -mustaqillikning o’n birinchi yilida biz uchun eng muhimi nima bo’ldi?
Eng muhimi -xalq xo’jaligining deyarli barcha sohalarini ijobiy siljishlar bilan yakunladik. O’tkazilayotgan islohotlar iqtisodiyotga makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Yilning uch choragi natajalariga ko’ra, yalpi ichki mahsulot 103, 0 foiz, sanoat tovarlari 107, 8, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 101, 7 , chakana Tovar aylanishi 103, 6, aholiga pullik xizmat ko’rsatish 112, 0 foiz o’sishga erishildi.
2002 yilda ayniqsa, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining bosh yo’li -ijtimoiy sohaga alohida e’tibor berildi. Masalan, sohani moliyalashtirish xarahatlari deyarli 732, 6 milliard so’mni, ijtimoiy himoya tadbirlari uchun qilingan sarf esa 142, 4 milliard so’mni tashlkil etdi. Ko’rib turibsizki, bu xarajatlar birgina ijtimoiy hayotimizning o’ziga davlat byujetidan ajratilayotgan madlag’ning 45, 4 foizni tashkil etmoqda.
To’g’ri, biz bu ko’rsatkichlarga osonlikcha emas, juda katta kuch -g’ayratlar bilan erishdik. Muammolar, etishmovchiliklar bo’ldi. Lekin biz ularning chorasini, echimini topdik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha yondashuvlar izlab, tub iqtisodiy islohotlarga oid g’oyat muhim loyihalar, ishlanmalar, qonunlar va qonunosti hujjatlar yaratdik. Ko’pgina sohalarda istiqbol sarhadlariga chiqib ololdik: sanoatda ishlab chiqarish sur’atlari o’sdi, qishloq xo’jaligida mahsulot xarid qilish ko’paydi, foyda olish rejalari bajarildi. Eksport hajmi oshib, respublikamiz xazinasiga valyuta iqimining kirib kelishi ko’paydi. Yuzlab yangi qo’shma korxonalar faoliyat boshladi.
Yaqinda mamlakatimiz parlamentining navbatdagi sesiyasida Yangi yilda ijtimoiy soha aholini ijtimoiy himoyalashga yo’naltirilgan bydjet xarajatlarning 52, 8 foizidan 54, 3 foizigacha oshishi rejalashtirilganligi aytib o’tildi. Ijtimoiy ta’minot, sog’liqni saqlash, maorif, madaniyat va fan sohalariga 953, 6 milliard so’m mablag’ ajratiladigan bo’ldi. Bu -o’tgan yilga nisbatan 221 milliard so’m (yoki 30, 2 foiz ) ko’p deganidir.
Yangi yilda zamin, tabiat, atrof -muhit, pirovardida -Inson haqida har qachongidan ko’proq, kengroq o’ylar va rejalarni ixtiyor qilayotirmiz. Holbuki, endilikda zamin haqida o’ylaganimizda -davlat va xalq nuqtai nazaridan yondashishni o’rgandik. Kelajakka -o’gil- qizlarimizga, nabirayu evara -chevaralarimizga ozod va obod yurtni qoldirishni maqsad -muddao qildik.
…yangi -2003 yilda odatdagidek eng muhim umidimiz-Tinchlik! Va yana Tinchlik! Muchal taqvimiga ko’ra, u -Qo’y yili. Qo’yni jannatdan chiqqan jonivor deyishadi. Yilimiz ham qo’ydek tinch, yuvosh va Jannati yil bo’lsin. Darvoqe, bu borada biz xayrlashgan yilimiz adog’iga siyosiy va ma’naviy jihatdan juda katta yutuqlar bilan keldik. Birgina biz emas, butun insoniyat erishdi bu yutuqqa! Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda jahon xalqarining Afg’onistonda davom etgan bir necha o’n yillik boshboshdoqliklarga chek qo’ydi. Birgalikdagi bu kurshda O’zbekiston oldingi saflarda turdi. Narkobiznesga qarshi kurashda dunyoning eng nufuzli minbarlaridan turib, barchaga Manzur va maqbul tashabbuslar bilan chiqdi… Chunki, jahon tinch bo’lsa -er -tinch, osmon tinch, eri osmon tinch bo’lsa -jahon tinch!
Yangi yil -Yangi umid! Yurtboshimiz Yangi yilga ana shunday umidlar bilan qarayotgan xalqimiz kayfiyatidan kelib chiqqan holda 2003 yilni $$<<Obod mahalla yili >>$$ deb nomladi. Uni istiqlolimizdan so’ng o’ziga xis o’ziga mos ravishda yangi -yangi orzular ila nomlangan har bir yil -$$<< Inson manfaatlari yili>>$$, $$<<Oila yili>>$$, $$<<Sog’lim avlod yili>>$$, $$<<Onalar va bolalar yili>>$$, $$<<Qariyalarni qadrlash yili>>$$, singari shukuhli, saranjom -sarishtali, fayzu farishtali, osoyishta yil bo’lishini ezgu niyat qildi. Yurtimiz el -elatlariga mehr -oqibat, ahli jipslik, omadu o’nglik, qut -barakq tiladi.
Bu bejiz emas. Xalqimizning azaliy udumlari, urf -odatlari, an’analari, bir so’z bilan aytganda, milliy qadriyatlarimizning asl maskanlari -mahallalar zimmasida bugungi kunda ulkan tarbiyaviy (madaniy, ma’rifiy, ma’naviy ) vazifalar tiribdi., axir.
<<barchangiz yaxshi bilasiz, -deya ta’kidladi Davlatimiz Rahbari, -<<Otang -mahalla, onang -mahalla>> -degan hikmatda juda katta ma’no bor.
Agar biz bu iboraning haqiqiy mazmunini so’zda emas, amalda namoyon etmoqchi bo’lsak, shu mahallada yashaydigan kim bo’lmasin -beva -bechora yoki nogiron bo’ladimi, yolg’iz qolgan qariya bo’ladimi -bularning barchasiga nafaqat moddiy yordam berishimiz, avvalo, mehr -e’tibor qaratishimiz zarur,>>
Shu ma’noda mamlakatimizning davlat byudjetida $$<<Obod mahalla yili>>$$da fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralari faoliyatini moliyalashtirish uchun 12, 8 milliard so’m yoki 2002 yilga nisbatan 1,3 baravar ko’p mablag’ sarflash rejalashtirildi. Ikki yoshgacha go’dagi bo’lgan onalarga beriladigan nafaqa miqdori ham minimal ish haqiga qaraganda amaldagi 170 foizdan 200 foizgacha qaddar oshishi ko’zda tutildi.
…Ha, Obod mahalla yilidan umidlarimiz ko’p. Belgilagan rejalarimiz ham g’oyat ulug’ va qutlug’… Ularning hammasi xayrli, ehsonli va savobli ishlar hamdir.
Bugun Yangi yilning ilk fayzli tongida <<O’zbekiston ovozi>> gazetasining barcha muxlislarini, Siz aziz yurtdoshlarimizni Yangi yil bilan qutlaymiz. Eng go’zal va eng tiniq tilaklar yo’llaymiz. Yangi yilimiz muborak bo’lsin!
Total words
882
Unique words
643
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
7
TTR
0.729
Hapax
536
Distribution
Top frequency chart
Dataset