🔍

Article

O‘zbekiston xalqiga Yangi Yil tabrigi

By Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti • in 2003

Aziz vatandoshlarim, yurtdoshlarim!
Barchamiz mana shu lahzalarda oila, yoru birodarlarimiz davrasida jamiljam bo’lib, bayramona dasturxonlaratrofida to’planib, o’tib borayotgan eski bilan xayrlashib, kirib kelayotgan yangi yilni kutib olish uchun tayorgarlik taraddudini ko’rmoqdamiz.
Mana shu fayzli va unitilmas oqshomda men ham ko’pchilik qatorida siz qadrdonlarimni bag’rimga bosib, Yangi yil bayramingiz bilan qizg’in muborakbod etaman vas hu qutlug’ ayom arafasida barchangizga ehg ezgu, samimiy tilaklarimni, cheksiz mehr-hurmatimni bildirishdan baxtiyorman.
Haqiqatan ham, hayajonli, shukuhli ushbu daqiqalarda har birimiz yakuniga etayotgan yilda boshimizdan kechirgan, bir- biriga o’xshamaydigan kunlarni beixtiyor xayolimizdan, ko’z o;ngimizdan yana bir bor o’tkazamiz. Bamisoli daryodek o’tib borayotgan vaqtning hayotimizda qoldirgan izi va ta’siri, umrning g’animatligi haqida o’ylaymiz.
Shu damlarda, avvalo, barchamizni shu kunlarga etkazib, mushkulimizni oson, yo’limizni ravon qilib. O’z panohida saqlab, asrab kelayotgani uchun Parvardigorimizga shukronalar aytishimiz o’rinlidir.
Biz bugun bir yil davomida bosib o’tgan, hayot quvonchlari va tashvishlari, orzu va umidlarimizdan iborat davrini kuzatar ekanmiz, uni ijobiy baholashimiz, xalqimiz ta’biri bilan aytganda, berganiga rozi bo’lishimiz tabiiy, deb o’ylayman.
Ko’pmillatli yurtimizda yil davomida tinchlik va osoyishtalikni, totuvlik va hamjihatlikni saqlab, o’z uyimizni hozirgi kunda butun dunyoda eng katta xavf bo’lmish xalqaro terorizmday mudhish xatardan asrab, ostonamizda balo -qazo bo’lib turgan yovuz kuchlardan xalos bo’lganimiz-barchamizga, avvalambor qariyalarimiz, ayollarimiz va bolalarimizga erkin nafas olish va kelajakka ishonch bilan qarash uchun zamin bo’ldi, deb ta’kidlash zarur.
Xalqimizga mansub bo’lgan mehr -oqibat, o’zaro hurmat, saxovat ba muruvvat kabi fazilatlarning bugun jamiyatimizda tobora kengayib, kuchayib borayotgani hayotimizning ma’no -mazminini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.
Bu borada yurtimizda 2002 yilni Qariyalarni qadrlash yili, deb e’lon qilganimiz, mo’tabar keksalarimizni e’zozlash, hurmat -ehtiromini joyiga qo’yish, tashvish -yumushlarini imkon qadar engillashtirish, jamiyatimizda ularning o’rni va ta’sirini yuksalatirish maqsadida amalga oshirgan ishlarimiz ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilgani hamda bu savobli sa’y -harakat va intilishlarimizni faoliyatimizning uzviy bir qismiga aylantirish zarurligi haqida alohida to’xtalib o’tish o’rinli, deb bilaman.
Keyingi yillarda hayotimizni yuksaltirish, odamlarning turmush darajasini yaxshilash yo’lida, ochiq aytish kerakki, bugun barchamiz boshimizdan kechirayotgan ro’zg’or tebratishdagi iqtisodiy qiyinchilik va etishmovchiliklarni bartaraf etish uchun olib borayotgan islohotlarning samarasini oshirish borasida ko’pgina ishlar qilinmoqda.
Ushbu yo’nalishda iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohalarni erkinlashtirish hisobidan ko’zlagan marralarimizga etish, hayotimizni faravonlikda hech kimdan kam bo’lmaydigan darajaga ko’tarish, avvalo, iste’mol tovarlari, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab, ichki bozorni o’zimizning sifatli mollarimiz bilan to’ldirish, shu orqali aholini, birinchi galda, yoshlarimizni ish bilan ta’minlash, buning uchun chet el sarmoyalarini keng jalb etish, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning xalqaro maydonda munosib o’rin egallasi -bilarning barchasi kelgusi yillarda ham bizning asosiy maqsad -muddaolarimiz bo’lib qolishi shubhasiz.
Muxtasar qilib aytganda, yakuniga etayotgan yilda Vatanimizning dunyoda obro’ -e’tibori, nufuzini yanada oshirish borasida, ichki va tashqi siyosatda, barcha sohlarda qo’lga kiritgan marralarimiz bilan har qancha faxrlansak, g’ururlansak arziydi, albatta.
2003 yilni mamlakatimizda $$<<Obod mahalla yili>>$$ deb e’lon qilganimiz zamirida ham mana shunday noyob, faqat bizning xalqimizga xos o’zini oz’I boshqarish tizimini, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan, fuqarolik jamiyatining asosi bo’lmish mahalla misolida, millati, tili va dinidan qat’I nazar, yurtimizda istiqomat etayotgan barcha insonlarning Vatani -O’zbekiston deb atalmish yagona uyimizni yanada obod va faravon qilish maqsadi mujassam ekanini aytishimiz zarir.
Mana shunday qarash va intilishlar odamlarimiz, ayniqsa unib -o’sib kelayotgan yoshlarimizning ongi va tafakkiriga chuqur kirib borsa, ularning faolligini oshirishga, hayotda befarq bo’lib yashamaslikka undasa, ular mana shu tuproq, mana shu Vatan meniki, uning taqdiri va kelajagi mening va oilamning taqdiri va kelajagi bilan chambarchas bog’langan deb yasaydigan bo’lsa, barcha ezgu tilaklarimiz va orzu umidlarimiz ro’yobga chiqishi muqarrar, inshoollo.
Qadrli va aziz vatandoshlarim!
Barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.
Yangi yil har bir yurtdoshimiz, har bir oilaga baxtu saodat, tinchlik va fayzu baraka olib kelsin.
Man shu tabarruk ayomda qilayotgan barcha yaxshi niyatlarimiz ijobat bo’lsin!
Vatanimiz tinch, xalqimiz hamisha omon bo’lsin!
Yangi yil hammamizga muborak bo’lsin!

Total words

609

Unique words

451

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

1

TTR

0.741

Hapax

374

Distribution

Top frequency chart

Dataset