🔍

Article

Qariyalar Hamisha E’zozga loyiq

By Mirsharif Muhsimov, O’zbekiston Respublikasida xizmat … • in 2002

Biru Oyu Biri Quyosh
Keksalar-xonadonimiz, oilamiz ko’rki, quvonchi! Ular bilan hayotimiz fayzli, nurafshon, qut -barakali, barkamol. To’y hashamlar, yig’inu ma’rakalarda ham izzat -ikromlar avvali, shubhasiz, qariyalarga… Farzandlarimiz tanglayini ko’targan mo’tabar onaxonlaru ularga chiroyli ismlar qo’ygan nuroniy otaxonlar ham shu keksalar. Ardoqli o’g’il -qizlarimizning yorug’ jahoni, sevinch va ovunchog’i ham shu keng va mehribon qariyalar!...
Qariyalarimizning obro ’e’tibor topib, ko’rk bo’lib yurishlari har birimiz uchun bebaho boylik, katta davlat Ular bilan suhbatlashganda taskin topasan kishi, ko’ngling to’q, dimog’ing chog’ bo’lib, qalbing tog’dek ko’tarilib ketadi. Og’ir va mushkul yumushlarni bajarayotib, ana shu nuroniy siymolarni eslaganda kuchingga kuch, g’ayratinga g’ayrat qo’shiladi.
Ota -ona shamsu qamar-oy bilan quyosh, farzandlar esa yulduzlar! Qatrada quyosh aks etganidek, farzandlar istiqbolini ham ota -ona mehri oftobdek yoritib turadi. Birinchi ustoz, birinchi murabbiy, birinchi nasihatgo’y -bu ota -ona -tabarruk keksalarimiz! Quyosh nurudek saxovatli, to’lin oydek yorug’, asaldek asil, buloq suvidek musaffo, dengiz to’lqinlaridan ham qudratli bo’lgan ota -onalar -qariyalar mehr -shavqati, saxovatining mezoni yo’q.
Zero, otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l, maqolining zamirida ham haqiqiy insorparvarlik his -tuyg’ulari yotadi. O’zini bilgan farzand ona sutini oqlash uchun, ota mehri oldida ta’zim qilish uchun padarini boshida, modarini esa qo’shqo’llab yurishga intiladi. Ha, keksalar qalbini mehr oftobi bilan isitish, nozik ko’ngillariga yo’l topib, ularning hurmat -e’tiborini qozonish har bir yoshning farzandlik burchi.
Inson bolas iota -ona mehrisiz yashay olmaydi. Ota -ona har birimiz uchun eng aziz, eng mo’tabar va eng ulug’ zot. Dunyoga kelgan kuningdanoq boshing ustida parvona bo’ladigan oliy zot -bu ona! Qanchadan -qancha tunlarni mijja qoqmay o’tkazgan onaning yoqimtoy chehrasini, quyoshdan ham haroratli va momiqdan ham mayin qo’llarini unitish mumkinmi axir! Aslo! Farzandimizning kamoli deb butun borlig’ini baxshida etgan ota- onaning qaynoq mehri. Sermashaqqat mehnatini nima bilan o’lchash yoki tenglashtirish mumkin?! Hech narsa bilan! Shuning uchun ham biz o’zimizni ota -ona oldida bir umr qarzdor, deb hisoblaymiz.
<<Bir voqea hali -hali esimda, -deb yozgan edi adib [Inoyat Mahsumov]. -Ko’rpa qavib o’tirgan onam bilan xolam ayvon tokchasining labida turgan qaychini olib kelishimni buyurishdi. Tokchaga bo’yim etmasdi.
-Cho’z bo’yingi, cho’z! Ana, etay deb qoldi,- deb qiziqtirishardi ular. Men bo’yimni cho’za -cho’za murg’ak oyoqlarimni tagsichga qo’yib. Amallab qaychini oldim. Sevinib ketgan edim. Onam esa:
-Ana, qo’li tokchaga etdi, bolam katta bo’lib qoldi. Ana, toyim qaychi keltirib berdi, dastyor bo’lib qoldi, -deb erkalardi.
-Kel o’glim, qani bir achom qilaylik, -deb onam va xolam galma -gal bag’irlariga bosib, u yuzimdan o’pishardi.
Yishim etmishga borib qolgan bo’lsa ham bu betakror damni hech esimdan chiqazmayman. Marhuma onamning mehribonliklarini eslab, hali-hali quvonaman.
Avvalari buni bir erkalash deb o’ylab yurar edim. Keyin tushunsam, bu mehnatga rag’batlantirish ekan!>>
Shunday, farzand ota -onasiga faqat [Rahmat] keltirishi, padari buzrukvori va onajonisining qadriga etishi, uni halol mehnati bilan oqlashi ham qara ham farz.
Donalar, ota -ona -keksalar qadrini, izzat -hurmatini ular hayot vaqtida bajo keltir, so’ng pushaymon bo’lmaysan, deydilar. [Shayx Sa’diy] marhum otasini eslab, yozgan edi:
Ul damki. Boshimda otam bor edi.
Boshim uzra tojim -jig’am bor edi.
Darhaqiqat, onaning bir qo’li beshikni, ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi. Deb bekorga aytmaganlar.
Shuning uchun ham keksalarimiz har doim izzat- hurmatda va ehtiromda bo’lib kelishgan.
Ularning zkovati va donoligi oldida bosh egilgan, ta’zim bajo keltirilgan. <<Qari bilganni pari bilmas>>, <<Otalar so’zi -aqlning ko’zi >>, <<Qari bor uyning zari bor>>. <<Qari kelsa oshga, yosh kelsa ishga>>, deyilishi bejiz emas.
Qarilikka Kim Eshik Ochar?...
Kishi ulg’ayib, o’zida bebaho hayot tajtibasini jo etgan keksalar haqida Nosir Xisrav chiroyli gap aytgandi:
Tutgil qarilarning titroq qo’lin,
Qarigach bulursan qarilik yo’lin.
<<Uyda kattalarni hurmat qil, agar katta bo’lmasa, tosh qo’yib, uni katta singari arman xalq maqolida.
Qariyalarimizni ulug’lovchi voqea -hodisalar har qadamimizda uchrab turishi tabiiy. Ayniqsa, o’zbegimning tabiati shunday dalolat beradi. Yurtboshimiz tomonidan 2002 yil-Qariyalarni qadrlash yili deb e’lon qilinishi ana shu ezgulikning, mehribonlikning namunasi emasmi?!
Aytin-chi, kim ham qarilikni bo’yniga olishni istaydi? Lekin bu tabiat qonuni, xohlaymizmi- xohlamaymizmi, bir kunmas bir kun keksalik ostona hatlab kirib keladi.
Umuman, qarilik qanday kichadi? Bu haqda tibbiyot ilmi nima deydi? Chindan ham erta qarish va uzoq umr ko’rish masalasi insoniyatni eng ko’p qiziqtirib kelayotgan g’oyat muhim muammolardan biri. Donolar odam qirq yoshda bunyod bo’ladi, deb bekorga aytishmagan. [Ibn Sino]ning fikriga ko’ra, qarilik qirq yoshdan boshlanar ekan. Ana shu ulug’ allomamiz oltmish yoshli kishini qariya, deb atagan.
Chindan ham uzoq umr ko’rish masalasi barcha davr kishilarini katta hayajonga solib, ularni jiddiy to’lqinlantirib kelganligini tarix sahifalaridan ham ko’rsa bo’ladi. Jumladan, bu haqda qadimiy $$Misr$$ va $$Xitoy$$ ierogliflari, $$Hindiston$$ va $$Gretsiya$$ning ko’hna yodgorliklari hikoya qiladi. Elladada kishilarga qon quyish orqali go’zal yoshligini qaytirib beruvchi sehrgar Medey to’g’risida afsona paydo bo’lganligi ham balki shundan.
Bundan uch yuz yil avval [Frensiz Bekon] inson umrini uzaytirishning ikki usulini aytib o’tgan edi: keksalikning oldini olish va davolash yoki davom etayotgan hayotning o’zini o’zgartirish kerak. Shunday qilib, inson umrini cho’zish mumkin. degandi.

Total words

769

Unique words

565

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

4

TTR

0.735

Hapax

477

Distribution

Top frequency chart

Dataset