Yurtimizda uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar rivojida
o‘ziga xos o‘rin tutgan 2001 yilning so‘nggi haftasi ham jamiyatimiz hayotiga daxldor, alohida e'tiborni talab etadigan voqealarga boy bo‘ldi. $$O‘zbekiston$$ Prezidenti tashabbusi bilan uyushtirilgan $$Markaziy Osiyo davlatlari$$ rahbarlarining $$Toshkent sammiti$$, shubhasiz, ana shunday voqealar sirasiga kiradi. Milliy manfaatlari mushtarak, davlat va jamiyat qurilishining mas'uliyatli davrini boshdan kechirayotgan mintaqa davlatlari rahbarlarining do‘stona muloqotlari an'ana tusini olgan esa-da, mazkur sammit birmuncha jihatlari bilan avvalgi uchrashuvlardan farq qiladi. Gap shundaki, davlat rahbarlarining bugalgi uchrashuvi dunyoda tub o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan, jahonning siyosiy manzarasi yangilanayotgan pallaga to‘g‘ri keldi. Azaldan ziddiyatli va murakkab-bo‘lib kelgan dunyo bugun yangicha qadriyatlar asosida nafas olmoqda. Tobora globallashib, shiddatli tus olib borayotgan davrimizda har bir davlat, har bir millat,
har bir shaxsdan doimiy izlanish, muttasil taraqqiyot va munosabatlarni zamonaviy asosda tashkil etish talab etiladi. Ana shu ma'noda tezkor zamonamiz o‘tmishi va istiqboli bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan, xalqaro siyosiy va iqtisodiy tizimning faol ishtirokchilariga aylanib borayotgan $$Markaziy Osiyo davlatlari$$ hamkorligini yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Keng ko‘lamli hamkorlik istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik,
iqtisodiy integratsiya kabi muhim masalalar muhokama etilgani bilan ham Toshkent sammiti alohida ahamiyat kasb etadi. Bugun taraqqiyparvar dunyo hamjamiyati insoniyatning tinch turmushiga rahna solayotgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash atrofida jipslashmoqda. Ko‘plab manfaatlar va madaniyatlar kesishgan $$Markaziy ^^Osiyo^^$$ mintaqasi davlatlari ham o‘z hayotida bir necha bor terrorchilik xurujiga ro‘baro‘kelgan. Ana shu sababli ham mintaqah davlatlari bumudhish baloga qarshi kurashish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Sammit davomida aksilterror koalisiyasini qo‘llab-quvvatlash, $$Afg‘oniston$$da tom ma'noda barqarorlik o‘rnatish va mamlakatda tinch hayot tarzini vujudga keltirish borasidagi mintaqa davlatlarining mushtarak pozisiyasi yana bir bor ochiq-oydin bayon etildi. Prezidentlarning bu boradagi aniq pozisiyasi sammit hosilasi bo‘lgan $$Toshkent Bayonoti$$da ham o‘z aksini topdi. Davlat rahbarlari urushdan keyingi tiklanish davrida $$Afg‘oniston$$ning muvaqqat hukumatidan o‘z yordamlarini ayamasliklarini bildirdilar. $$Toshkent Bayonoti$$da, shuningdek, munosabatlarning yangi ufqlarini ochish, xususan, transport kommunikasiyasi, suv-energetika zahiralaridan foydalanish, atrof-muhit muhofazasi, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, madaniy-ma'naviy sohalarda, narko-biznes, diniy ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik kabi illatlarga qarshi kurashishning birgalikdagi samarali tizimini ishlab chiqish borasida yaqin hamkorlik qilish kabi
masalalarga ham alohida e'tibor qaratilgan. Sammit ishida davlat rahbarlari har jabhada hamkorlikni yanada jadallashtirish tarafdori ekanliklarini bildirib, $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidenti [Islom Karimov] taklifini bir ovozdan ma'qullagan holda, Markaziy ^^Osiyo^^ Iqtisodiy Hamjamiyati (MOIH)ni $$«MarkaziybOsiyo$$ Xamkorligi» tashkiloti(MOH)ga aylantirish to‘g‘risida kelishib oldilar. Ta'kidlandiki, yangi tashkilot hech qanday harbiy maqsadni ko‘zda tutmay, nafaqat iqtisodiy sohada, balki jamiyat hayotining barcha sohalarida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Sammit davomida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga doir ko‘plab takliflar o‘rtaga tashlandi, madaniy aloqalarning bugungi ahvoli atroflicha muhokama etildi. Bir so‘z bilan aytganda, Toshkent sammiti qardosh davlatlarning mushtarak. munosabatlarini ifoda etibgina qolmay, farovon hayot, inson manfaatlari ustuvorligiga asoslangan demokratik jamiyat qurish uchun intilayotgan xalqlarning tarixiy aloqalarini yangi bosqichga ko‘tardi.