🔍

Article

SOVET XALQIGA YANGI YIL TABRIGI

By KPSS Markaziy Komiteti, SSSR Oliy … • in 1977

Aziz oʻrtoqlar, doʻstlar!
Vatanimizda yangi 1977 yil boshlanmoqda. Shu tantanali damlarda biz qilingan hamma ishlarga, har birimizning esimizda qolgan va qalbimizga yaqin boʻlgan hamma narsalarga fikran nazar tashlaymiz.
1976 yil Vatanimiz solnomasiga sovet jamiyatini rivojlantirishdagi tarixiy marra, zoʻr xalqaro ahamiyatga molik voqea – partiya XXV syezdi yili boʻlib kiradi. Oʻrtoq [Leonid Ilyich Brejnev]ning syezdda $$KPSS Markaziy Komiteti$$ nomidan qilgan Hisobot dokladida syezd qarorlarida $$[Lenin] partiyasi$$ning kollektiv aql-zakovati va irodasi, xalqimizning fikri-zikri va muddaolari ifodalangan.
Million-million kishilarning ish samaradorligi va sifatini oshirish yoʻlidagi yuksak siyosiy aktivligi, zarbdor mehnati, sotsialistik musobaqa keng quloch yoyganligi – sovet kishilari syezd oʻrtaga qoʻygan vazifalarni bajarishga ahd qilganliklarining eng yaqqol dalilidir. 1976 yilning oʻzida planlar oshirib bajarilganligi hisobidan mamlakat bir necha milliard soʻmlik qoʻshimcha sanoat mahsuloti oldi. Yangidan-yangi fabrikalar, zavodlar va elektr stansiyalar ishga tushirildi, yangi temir yoʻllar, neft va gaz quvurlari, shaxtalar va koʻmir razrezlari ishlab turgan korxonalar safiga qoʻshildi. Vatan ishchilar, injenerlar, texniklar, olimlarning mehnat zafarlari bilan faxrlanadi hamda ularga chuqur hurmat va minnatdorchilik bildiradi.
Qishloq xoʻjaligida erishilgan ajoyib muvaffaqiyat bizni quvontirdi. Kolxozchilar va sovxozlarning xodimlari mamlakatning butun tarixi davomida eng moʻl don hosili oldilar, paxta va boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish hamda tayyorlashda kattagina muvaffaqiyatlarga erishdilar. Qishloq mehnatkashlariga, gʻalla uchun olib borilgan qizgʻin jangda gʻolib kelgan, dala va fermalarda gʻayrat bilan mehnat qilayotgan hamma kishilarga shon-sharaf va ofarin!
Mehnatkashlarning moddiy va madaniy farovonligini oshirishning XXV syezd belgilab bergan programmasi izchillik bilan bajarilmoqda. Ularning ish haqi oshmoqda, ijtimoiy isteʼmol fondlari koʻpaymoqda. Million-million yangi kvatiralarda chiroqlar porladi. Necha yuzlab maktablar, kasalxonalar, bolalar bogʻcha va yaslilari, kutubxona va klublar qurildi, sogʻliqni saqlash va maorif, fan va madaniyat rivojlanmoqda.
Bizning hamma yutuqlarimiz yagona ahil oila boʻlib jipslashgan $$Sovet Ittifoqi$$ ishchilar sinfi, kolxozchi dehqonlari, sovet ziyolilari, barcha xalqlari qilgan samarali mehnatning natijasidir. Aziz vatandoshlar, ulugʻ Vatanimiz baxt-saodati yoʻlidagi shavkatli mehnatingiz uchun sizlarga shon-sharaflar boʻlsin!
Oʻrtoqlar! Tugab borayotgan yil Sovetlar mamlakati, sotsialistik hamdoʻstlik mamlakatlarining iqtisodiy qudrati yanada oʻsgan, ularning jipsligi va xalqaro obroʻ-eʼtibori mustahkamlangan yil boʻldi. Bu yil jahon Kommunistik va ishchilar harakatining yangi muvaffaqiyatlari yili, milliy mustaqillikni kurashib qoʻlga kiritgan yosh davlatlarning muhim gʻalabalari yili boʻldi. Bu yil tinchlik, demokratiya va sotsializm uchun aktiv kurash yili boʻldi. Sovet Ittifoqi, qardosh sotsializm mamlakatlari, yer yuzidagi barcha tinchliksevar kuchlarning kuch-gʻayrati tufayli, agressiv doiralarning qarshiligiga qaramay, yer yuzida tinchlikni yanada mustahkam va barqaror qilishga erishildi.
Kommunistik partiya, Sovet davlati tinchlik va xalqaro hamkorlik uchun, xalqlar ozodligi va mustaqilligi uchun bundan buyongi kurashning $$KPSS XXV syezdi$$ qabul qilgan programmasini izchiliik va sabot bilan amalga oshirmoqdalar. Sovet Ittifoqi, sotsializm mamlakatlari keskinlikni yumshatishni yanada chuqurlashtirishga, yalpi tinchlikni mustahkamlashga, zamonamizning eng muhim vazifasini hal etishga – qurollanish poygasini toʻxtatishga qaratilgan muhim tashabbuslar bilan maydonga chiqdilar.
$$Sovet kishilari$$ yangi yilga qadam qoʻya turib, qardosh sotsializm mamlakatlarining xalqlariga, kapitalistik davlatlarning ishchilari, dehqonlari va mehnatkash ziyolilariga, $$Osiyo$$, $$Afrika$$, $$Latin Amerikasida$$gi rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqlariga – xullas imperializm, irqchilik, reaksiya va agressiyaga qarshi kurashayotgan barcha kishilarga, tinchlik, insoniyatning sotsial taraqqiyoti yoʻlidagi barcha kurashchilarga qizgʻin qutlovlar yoʻllaydilar.
Aziz oʻrtoqlar!
Yangi 1977 yilda biz va chet ellardagi doʻstlarimiz bilan birga $$Ulugʻ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi$$ning 60 yilligini nishonlaymiz. $$Sovet xalqi$$ shu katta bayramni Kommunistik partiya va uning $$Leninchi Markaziy Komiteti$$ tevaragida mahkam jipslashib kutib olmoqda. Mamlakatda ijodkorlik, bunyodkorlik muhiti vujudga keltirilgan, bu muhitda sovet tuzumining, sovet turmush tarzining chinakam demokratik xarakteri tobora toʻliqroq namoyon boʻlmoqda. Mehnatkashlar KPSSning lenincha ichki va tashqi siyosatini, partiya Markaziy Komitetining, oʻrtoq [L. I. Brejnev] boshchiligidagi Siyosiy byuroning faoliyatini yakdillik bilan toʻla-toʻkis maʼqullamoqdalar va qoʻllab-quvvatlamoqdalar. Partiya bilan xalqning buzilmas birligi – komunizm sari muttasil olgʻa qilayotgan harakatmizning yangidan-yangi muvaffaqiyatlari garovidir.
Aziz oʻrtoqlar, doʻstlar!
$$Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti,$$ $$SSSR Oliy Soveti Prezidiumi$$ va $$SSSR Ministrlar Soveti$$ sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy tabriklaydilar!
Ishchilar va kolxozchilarni, sovet ziyolilarini, revolyutsiya, urush va mehnat veteranlarini qizgʻin tabriklaymiz!
Ajoyib xotin-qizlarimizni, shonli sovet yoshlarini, shavkatli jangchilarimizni tabriklaymiz!
Shu daqiqalarda domna va martenlar yonida, elektr stansiyalarning pultlari yonida, boshqa korxonalarda ishlab turgan kishilarga, sevikli Vatanimiz chegaralari posbonligida turgan kishilarga samimiy qutlovlar yoʻllaymiz!
Yangi yilda barcha sovet kishilari baxtiyor boʻlsinlar!
Aziz oʻrtoqlar, hammangizga sihat-salomatlik, mehnatda, oʻqishda, ijodda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin, baxt-saodat sizlarga yor boʻlsin!

Total words

659

Unique words

465

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

14

TTR

0.706

Hapax

387

Distribution

Top frequency chart

Dataset