Bedor, beorom, bedil kezib yuraman – bitta so‘zning ortidan hamon. O‘sha aytilmagan birgina kalom, hali topilmagan bokira tuyg‘u, taxayyul taxtida tug‘ilgan tug‘yon bizni bog‘lab turadi asli. Yetganim Ozodlik, orzuim yorug‘ Osmon, ketayotganim Oydin yo‘l, hayotim mazmuniga aylangani, $$«O‘zbekiston ovozi»$$, Oppoq olamim uzra yelib borayotgan xayolning uchqur Oti. Bir-birimizga istagimiz Omad. Ozodlik haqida millatning hur bolalariga saboqlar yangi 2002 yi-limizda ham muntazam yoritib boriladi. Ozodlik qadri, uni bizga bergan bekiyos tuyg‘ularning sadosi sizning ko‘nglingizga ham ko‘chib o‘tadi. Osmon - yorug‘ osmon, tinchlik ramzidir, Tongda uyg‘onib ilk bor tikilganimiz osmondir. Musaffo bo‘lsin deb iltijo qiladiganimiz osmondir. Tinchlik haqidagi maqolalar, suhbatlar gazetaning o‘lmas mavzularidir.
Oydinlik – istiqlol yo‘li. Uning ilk bobi mustaqillikning o‘n yili, o‘n birinchi yili, ta'bir joiz bo‘lsa bekatida bizni nima kutmoqda? "Biz istiqlolga nima berdik? Istiqlolning asrlarga teng yillari bizga nimalar berdi? Ushbu savol
barchamizdan bu yilda ham javob kutadi.
Ovoz – “O‘zbekiston ovozi”. Xalqimizni uyg‘oqlikga undaydi. Donishmandona so‘zlarini aytadi. Mamlakatimizning turli kentlarida, tumanlarida, qishloqlarida uyg‘oq ovoz bilan o‘zgarishlar qilayotgan zamonamiz qahramonlari haqida ocherklar, lavhalar yaratiladi. «O‘zbekiston ovozi» barchamizni ruh, tafakkur uyg‘oqligiga chaqiradi.
Ot - erkning timsoli. U mudom insonga hamroh bo‘lib jangu jadallarda sadoqat ko‘rsatgan. Ot [Jaloliddin Manguberdi], [Spitamen], buyuk va qudratli sohibqiron [Amir Temur]ning Vatan uchun, ozodlik uchun kurashlari ishtirokchisi. Yangi yilimiz Ot yili. Ot uchqurlik, qo‘rqmaslik, qut-baraka, sadoqat ramzidir. Ushbu yil yurtimiz iqtisodiyoti, ma'naviyatida yuksalish 'yili bo‘lishi shubhasizdir.
Omad - barchamizdan yuz o‘girmasin. Men sizga- siz esa menga omad tilang. Gazetxon va gazeta uchun 2002 yilimiz omad olib kelsin. Men esa sizning ko‘nglingizdagi o‘sha birgina so‘zni izlashga umrimni baxshida etishga tayyorman. Shoir aytganidek: Ammo men uni bitmagunimcha, Bitib sizga taqdim
etmagunimcha. Bir lahza halovat bilmasman, Tinmasman, tinmasman, tinmasman aslo.
Total words
266
Unique words
216
Annotated anthroponyms
3
Toponyms
1
TTR
0.812
Hapax
181
Distribution
Top frequency chart
Dataset