$$Xitoy Xalq Respublikasi$$ va $$O‘zbekiston Respublikasi$$ o‘rtasida diplomatiya aloqalari o‘rnatilganligining 10 yilligi munosabati bilan $$Xitoy hukumati$$ va $$Xitoy xalqi$$ nomidan, shuningdek, shaxsan o‘z nomimdan Siz Janobi Oliylariga hamda Siz orqali $$O‘zbekiston hukumati$$ va o‘zbek xalqiga qizg‘in tabrik va eng ezgu tilaklarni yo‘llayman. Diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan Kundan boshlab o‘n yil davomida ikki mamlakat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik yanada rivojlanib va chuqurlashib bordi. Mustaqillikni, suverenitet va davlat xavfsizligini saqlashga hamda o‘z mamlakati iqtisodiyotini rivojlantirishga har ikki tomon to‘g‘ri tushunish bilan yondoshadi va ikkinchi tomon sa'y-harakatini qo‘llab-quvvatlaydi, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun uzluksiz chora-tadbirlar ko‘radi va bunda muhim muvaffaqiyatlarga erishildi. Tuzilishi jarayonida har ikki mamlakat ishtirok etgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotida bo‘lgani singari boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida ham biz, ikki tomon izchil hamkorlik olib borgan holda «uch ofat»ga qarshi kurash, mintaqa xavfsizligi va barqarorligini saqlash, umumiy gullab-yashnashga ko‘maklashish ishiga faol hissa qo‘shdik. Do‘stona yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish ikki mamlakat xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, bizning mintaqamiz xavfsizligi va barqarorligiga qulaylik yaratadi.
10 yillik yo‘l davomida $$Xitoy$$ va $$O‘zbekiston$$ o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi va ularni yanada rivojlantirishning katta imkoniyatlari mavjud. $$Xitoy$$ tomoni $$O‘zbekiston$$ tomoni bilan birgalikda siyosiy ishonchni
mustahkamlash yuzasidan sa'y-harakatlarni davom ettirishga, o‘zaro manfaatli hamkorlikka ko‘maklashish va ikki tomonlama munosabatlarni uzluksiz rivojlantirishni rag‘batlantirishga tayyordir.
Siz Janobi, Oliylariga mustahkam sog‘liq va barcha eng ezgu niyatlarni tilayman.
$$Xitoy$$ va $$O‘zbekiston$$ o‘rtasida do‘stlikning mustahkamlanishi va kengayishini tilayman.
Article
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV JANOBI OLIYLARIGA
Total words
233
Unique words
162
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
11
TTR
0.695
Hapax
127
Distribution
Top frequency chart
Dataset