Muhtaram [Szyan Szemin]' janoblari, Mamlakatlarimiz tarixidagi muhim sana - o‘zaro diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganligining o‘n yilligi munosabati bilan Sizga tabrik maktubi orqali murojaat qilish menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Eng avvalo, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi davomli o‘zaro to‘g‘ri tushunishning chuqurlashib borayotgani hamda ikki tomonlama hamkorlikning doirasi faollashib va doimiy ravishda kengayib borayotganini alohida qoniqish bilan ta'kidlashni istar edim.
Prinsipial mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha $$Xitoy Xalq Respublikasi$$ bilan siyosiy muloqot va amaliy o‘zaro harakatda yuqori darajaga erishilgani hamda behad samarali tajriba uzoq muddatli sheriklik uchun salmoqli zamin mavjudligidan dalolatdir.
$$O‘zbekiston$$ XXR bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirishga $$Markaziy Osiyo mintaqasi$$da xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashning muhim omillaridan biri sifatida qaraydi. $$O‘zbekiston$$ va $$Xitoy$$ xalqlarining tinchlikda yashashga bo‘lgan intilishlari xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, milliy ayirmachilik va giyohvand moddalar agressiyasiga qarshi kurashda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama ko‘rinishda, shu jumladan, $$Shanxay Hamkorlik Tashkiloti$$ doirasida o‘zaro sa'y-harakatlarni birlashtirish uchun muhim rag‘bat kasb etadi.
Shunisi quvonarliki, Uzbekiston bilan Xitoy ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro harakat maydonlari izchillik bilan kengayib bormoqda, $$O'zbekiston bozori$$da faoliyat ko‘rsatayotgan $$Xitoy$$ kompaniyalari soni tobora oshib borayotir. Bu sohada mamlakatlarimiz hali ishga solinmagan ulkan salohiyatga ega va ularni ro‘yobga chiqarish bizning yaqin kelajaqdagi umumiy vazifalarimizdir.
Utgan o‘n yil davomida o‘z ildizlari bilan qadim o‘tmishga borib taqaladigan ijtimoiy aloqalarimiz sezilarli darajada faollashdi, fan va madaniyat, maorif sohalaridagi almashuvlar kengaymoqda. Biz Buyuk ipak yo‘li an'analari faol ravishda qayta tiklanishi jarayonining guvohi va ishtirokchilaridirmiz. Aminmanki, kelajakdagi o‘zaro munosabatlarimiz ko‘p jihatdan aynan ushbu muhim sohadagi umumiy rejalarning muvaffaqiyatli amalga oshishiga bog‘liqdir.
Janobi Oliylari, Fursatdan foydalanib, $$O‘zbekiston$$ bilan $$Xitoy$$ o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga astoydil umid qilaman, shuningdek, Siz janobi Oliylaiga va butun Xitoy xalqiga muvaffaqiyat va farovonlik tilayman.
Samimiy hurmat bilan,
[Islom Karimov], $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidenti $$Toshkent shahri$$.
Article
XITOY XALQ RESPUBLIKASI RAISI SZYAN SZEMIN JANOBI OLIYLARIGA
Total words
279
Unique words
219
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
12
TTR
0.785
Hapax
195
Distribution
Top frequency chart
Dataset